Maxsus talim vazirligi samarqand davlat universiteti inson resurslarini boshqarish fakulteti


Yalpi ichki xususiy investisiya xarajatlari (I)



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə13/104
tarix21.12.2023
ölçüsü1,7 Mb.
#187502
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104
Yalpi ichki xususiy investisiya xarajatlari (I):
a) asbob-uskunalar, mashinalarni yakuniy sotib olishga;
b) korxonalar, inshootlar, turarjoy binolarini qurishga sarflangan;
v) tovar zaxiralari o’rtasidagi farqlar yoki zaxiralarning o’zgarishi.
Tovar va xizmatlarning davlat xaridi (G).
Bu guruh xarajatlariga mahalliy va markaziy boshqaruv hokimiyati idoralari tomonidan korxonalarning pirovard mahsulotlari va resurslari xaridi (avtomobil yo’llari va pochta muassasalari qurilishi, davlat korxonalarida to’lanadigan ish haqi) xarajatlari kiritiladi. Lekin shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bu xarajatlarga davlat transfert to’lovlari kiritilmaydi.
Sof eksport (Ne): mamlakatning import va eksport operasiyalari bo’yicha xarajatlar o’rtasidagi farq.
YaMMni xarajatlar orqali hisoblash formulasini quyidagicha tasvirlash mumkin:
YaIM =C + I + G + Ne
YaIMni daromadlar (taqsimot usuli) bo’yicha hisoblash. YaIMni daromadlar bo’yicha aniqlashda yakuniy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida rezident-ishlab chiqarish birliklari tomonidan, qo’shilgan qiymatlar hisobidan, to’langan dastlabki daromadlar qo’shib chiqiladi.
YaMMni daromadlari yig'indisi ko’rinishida hisoblashda asosan quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
-sof bilvosita soliqlar (Tn) – bilvosita soliqlar(qo’shilgan qiymat solig'i, aksizlar, bojxona bojlari) va subsidiyalar hajmlari o’rtasidagi farq;
- yollanma ishchilarning ish xaqlari (W) - xususiy va davlat kompaniyalarining yollanma ishchilarga hisoblagan barcha turdagi mehnat haqi to’lovlarining nominal miqdori plyus ish beruvchilar tomonidan ish haqi fondiga nisbatan hisoblanib to’lanadigan ijtimoiy sug'urta ajratmalari.
- Korporasiyalarning yalpi foydasi + nokorporativ korxonalar daromadi (R).
R= Korporasiyalarning sof foydasi (R1 ) + nokorporativ korxonalar sof daromadlari(R2) +amortizasiya (A);
YaIMni daromadlar ko’rinishida yalpi qo’shilgan qiymatni ko’rsatilgan uch guruhga bo’lib topish mumkin:

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin