o‘zbekiston respublikasi
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
nAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor:_____ D.Xolmatov
2021 yil “___” __________
|
KRIMINOLOGIYA
moduli dasturi (sillabus)
5 KREDIT (ECTS)
-
Bilim sohasi:
|
200000
|
–
|
Ijtimoiy soha, biznes va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
240000
|
–
|
Huquq
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5240100
|
–
|
Yurisprudensiya: davlat-huquqiy faoliyat
|
Modulga oid ma’lumotlar
Modul kodi: _________________
Modul nomi: Kriminologiya
Cemestr / O‘quv yili: 4 / 2021-2022 (kechki ta`lim)
Kafedra nomi: Davlat huquqi va boshqaruvi
Soatlar / kreditlar soni: 5 kredit (50 soat)
Modul muallifi/ Professor- o‘qituvchi: Boymirzayeva Raximaxon Xoshimjonovna - katta o‘qituvchi, Raxima_xon@gmail.com
Qabul soatlari: tasdiqlangan reja-grafik asosida.
Tasdiqlangan: universitet Kengashining 20___ yil “____”__________dagi ____ - son qarori.
Namangan – 2021
Kirish
«Kriminologiya» fanini o’qitishdan maqsad jinoyatchilik, uni vujudga keltiruvchi shart-sharoit va sabablar bilan bog’liq muammolarni o’rganish, shuningdek; jinoyatchilikni kamaytirishga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni o’rgitishdir. «Kriminologiya» ijtimoiy huquqiy fan bo’lib, jinoyatchilik va jinoyatchi shaxsi; jinoyatchilikni vujudga keltiruvchi omillar; jinoyatchilikka qarshi kurash va uning oldini olishga qaratilgan nazariy va amaliy qoidalar yig’indisi xisoblanadi.
«Kriminologiya» fanining asosiy vazifasi jinoyatchilik, jinoyatchi shaxs, jinoyatchilikning sabablari, jinoyatchilikning oldini olish qoidalarining mazmunini ochib beri shva jinoyatchilikni ijtimoiy nazorat qilishning asosiy yo’nalishlari bo’yicha talabalarga bilim berishdan iboratdir. Shuningdek, hozirgi zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali huquqshunoslarni tayyorlash ham kriminologiyaning vazifalaridan xisoblanadi.
«Kriminologiya» fani jinoyatchilikka qarshi kurash, uning sabablari, jinoyatchilikni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlarni o’rganish va bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish uchun mo’ljallangan. Shuningdek, jinoyatchilik qonuniyatlarini, jinoyatchi shaxsini o’rganish asosida jinoyatchilikni oldini olish bo’yicha nazariy va amaliy takliflar va tavsiyalar berishni nazarda tutadi.
I. MODULNING TAVSIFI
Mazkur modul kriminologiyaning hozirgi holati va uning O’zbekiston Republikasi huquq tizimida tutgan o’rni, kriminologiyaning mohiyati , shuningdek uning muhim institutlari mazmuni va ahamiyati , kriminologiyaning nazariy asoslarini amaliyotda qo’llash, jinoyatchilik , jinoyatchi shaxs, uning tavsifi, jinoyatchilikning sabablari , uni oldini olish, jinoyatchilikni oldini olishni sub’ektlari faoliyati, xalqaro hamkorlik va alohida turdagi jinoyatchilikning turlarini kriminologik tavsifi hamda ularni oldini olishga doir masalalarni tahlil qilish qoidalarni o’rganishga bag’ishlangan.
Modul “Jinoyat –huquqiy faoliyat” bakalavrlik yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun 4- semestrda o‘zbek tilida olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |