Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə20/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot;
1.Kriminologiya: Darslik. Mualliflar jamoasi. - Toshkent: O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. 585 b.

2 –Mavzu: Jinoyatchilik sabablari. Jinoyatchi shaxsi tushunchasi,
uning tuzilishi va kriminologik tavsifi.

Reja
1. Jinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar.
2. Jinoyatchilik sabablari to’g’risidagi asosiy nazariyalari .
3.Jinoyatchilik sabablarini tavsiflach. Determinatsiyaning turlari
4. Jinoyatchi shaxs tushunchasi va uning belgilari.
5. Jinoyatchi shaxsi xaqidagi ta’limotlar.
6.Nazoratga olingan shaxslarning ijtimoiy-psixologik portretini o’rganish.
7.Jinoyat sub’ektining shaxsi va uning tarkibi. Jinoyatchilarni tasniflash.

1. Jinoyatchilik sabablari tushunchasi va uni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar.

Kriminologiyada sababiyat – eng murakkab muammolardan biridir. SHu sababli unga izchil va mufassal yondashish zarur.Xo’sh, sababiyatni bilishning asosiy metodologik qoidalari qaysi? Har qanday hodisalarning kelib chiqishini tavsiflovchi umumiy kategoriya «determinatsiya» (lotincha determinare – aniqlash) deb ataladi.Determinatsiya hodisalar, jarayonlar va holatlarning ob’ektiv tarzdagi mavjud bo’lgan bog’likligidir. Atrofimizda mavjud har bir hodisa ulkan dunyoga minglab rishtalar bilan bog’lanadi va pirovardida umumiy universal aloqa va o’zaro bog’lanishlarning yagona jarayonini vujudga keltiradi. Dialektika qonuni mavjud barcha narsalar va hodisalar muttasil harakatda bo’ladi deb o’rgatadi. Har bir hodisaning harakati shu hodisa munosabatlarining ro’yobga chiqish jarayonidir. Borliqning umumiy bog’lanishi ob’ektiv dunyo faoliyati va rivojlanishining eng universal qonuniyatlaridan biridir.


Har bir hodisa, ob’ektiv borliqning istalgan predmeti va jarayoni voqealarning umumiy zanjiridagi muayyan bir bo’g’in, lahzadir.Materiya harakatining asosiy shakllariga muvofiq odatda borliqning nisbatan mustaqil jabhalari farqlanadi. Bu jabhalarning har birida borliq hodisalarining umumiy bog’lanishi o’ziga xos tarzda, chunonchi: elementar zarralar shaklida, mexanik, fizik, kimyoviy, biologik va nihoyat, ijtimoiy ko’rinishda namoyon bo’ladi. Hodisalarning umumiy bog’lanishi o’z cho’qqisiga faqat o’zining ijtimoiy ko’rinishidagina yetadi. Shu boisdan bu ko’rinish uning eng oliy shakli hisoblanadi. Determinatsiyaning bir qancha turlari mavjud: holatlar bog’lanishi, funktsiyalar bog’lanishi, korrelyatsiya, sababiyat va hokazo. Sababiy bog’lanish determinatsiyaning asosiy turi yoki determinatsiya haqidagi ta’limotning o’zagidir. Sababiyat determinatsiyaning ichki mazmunini, uning mohiyatini tashkil etadi.
Sababiy bog’lanish ham umumiylik, muqarrarlik, zamon va makonda uzluksizlik kabi o’ziga xos xususiyatlarga egadir. O’z tabiatiga ko’ra sababiyat – irsiy bog’lanishdir, chunki sabab muayyan oqibatga olib keladi.Hodisalarning sababiy bog’lanishi shundan iboratki, bir hodisa muqarrar tarzda boshqa hodisani keltirib chiqaradi. Har qanday hodisa o’z sababiga ega bo’ladi, ya’ni sababsiz hodisalar bo’lmaydi. Har qanday hodisa biron-bir sabab bilan belgilanadi. Xuddi shuningdek, biron-bir oqibatni keltirib chiqarmaydigan sabab ham mavjud emas. Sababiyat nafaqat bir-biriga ta’sir ko’rsatuvchi muayyan hodisalarni tavsiflaydi, balki hodisaning o’zgarishiga sabab bo’ladigan muayyan mexanizmni ham ifodalaydi.Sababiyat kategoriyasi nafaqat sababni, balki shart, natija (oqibat)ni, ular o’rtasidagi bog’lanishni hamda sabab va oqibat o’rtasidagi teskari aloqani ham qamrab oladi. Har qanday sabab har xil shartlar bilan ta’sirga kirishadi. Sabab va shart o’rtasidagi farq nimada ko’rinadi? U – shartlidir.Biroq, oqibatni keltirib chiqaradigan sabab oqibat kelib chiqishi uchun zarur bo’lgan hodisaning muayyan tarzda rivojlanishini ta’minlaydi.Falsafada bog’liq, zarur va yetarli shartlar farqlanadi.
Sabab paydo bo’lish joyi va vaqtining tafsilotlari bilan bog’liq shartlar hisoblanadi.Oqibat ro’y berishi uchun zarur bo’lgan shartlar zarur shartlar deb topiladi.
«Barcha zarur shartlar majmui yetarli shartlarni tashkil etadi, - deb yozadi V.N.Kudryavtsev. – Yetarli shartlar va sabab mavjud bo’lsa, oqibat muqarrar tarzda ro’y beradi»9.Atroflicha tahlil qilganda sabab va shart o’rtasidagi farq nisbiy ekanligi anglashiladi. Sababning irsiy xususiyatigina sabab oqibatni keltirib chiqarishini, shart esa bunga imkoniyat yaratishi, ya’ni ko’maklashishini ko’rsatadi. Buni faqat muayyan holat bo’yicha aniqlash zarur. Sabab va oqibat muayyan qonuniyatlar bilan bog’liq.
Qonuniyatlar dinamik va statistik bo’ladi.Dinamik qonun – bir xilda, biron-bir istisnosiz amalga oshuvchi hodisalar turkumi qonunidir (masalan, butun olam tortishish qonuni).Ijtimoiy hodisalar sohasida ko’proq statistik qonuniyatlar namoyon bo’ladi. Bu yerda bir emas, juda ko’p sababiy bog’lanishlar mavjud bo’lib, ular jamuljam holda ommaviy hodisalarni (masalan, jinoyatchilikni) vujudga keltiradi.Jamiyat – o’z-o’zidan rivojlanuvchi hodisa, har qanday rivojlanish esa – qarama-qarshiliklar kurashidir. Bu umuman tizimning va uning muayyan elementlarining xossalari o’rtasida qarama-qarshilikni nazarda tutadi.Ijtimoiy sabablarning o’ziga xos xususiyati shundaki, ular narsalar yoki moddiy jismlar sifatida amal qilmaydi, balki holat, jarayon, munosabatlar ko’rinishida namoyon bo’ladi.Metodologiyada «munosabat» kategoriyasi barcha hodisalarning o’zaro bog’lanish vaqti, deb ta’riflanadi. Bu bog’lanishning muayyan shakli ijtimoiy munosabat sifatida amal qiladi.Ijtimoiy mavjudot sifatidagi bosh bo’g’inni tashkil etuvchi inson faoliyati bilan bog’liq ijtimoiy munosabatlar alohida xususiyatga egadir. Odam o’zi yaratgan narsalar bilan muayyan munosabatlarga kirishadi. Bilish sub’ekti o’zini o’zi kuzatadi va o’ziga odam sifatida qaray boshlaydi, boshqa odamga esa o’ziga o’xshash mavjudot sifatida munosabatda bo’ladi.
Inson ongining ijtimoiy tabiati va bilish jarayonida ijtimoiy ongni o’rganish zarurligi shu bilan izohlanadi. Ijtimoiy munosabatlar odamlar o’rtasida ham amaliy (shu jumladan bilish), ham ma’naviy hayot faoliyati jarayonida yuzaga keladi. Shuning uchun ham ijtimoiy munosabatlar tizimida eng avvalo ishlab chiqarish munosabatlari farqlanadi. Ushbu munosabatlar boshqa ijtimoiy munosabatlar (siyosiy, huquqiy, diniy, axloqiy va h.k.) mazmunini belgilaydi.Ijtimoiy munosabat mazmuniga ko’ra ham, tarkibi jihatidan ham murakkab hodisadir.
Ijtimoiy munosabatning asosiy elementlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
-jamiyat,davlat va ularning qonun-qoidalari, tuzilmalari, vakillari;
-odamlarning har xil birlashmalari va jamoalari, alohida shaxslar; moddiy borliq predmetlari hamda har xil shakllarda, shu jumladan huquqiy shaklda namoyon bo’luvchi ijtimoiy munosabatlar ishtirokchilari o’rtasidagi bog’lanish.
Har qanday shaxs muayyan jinoyatni sodir etar ekan, ijtimoiy munosabatning u yoki bu elementlariga tajovuz qiladi,ularning o’zaro bog’lanishini buzadi va shu tariqa munosabat ishtirokchilarining manfaatlariga bevosita yoki bilvosita zarar yetkazadi.Ko’rib turganimizdek, sababiy bog’lanish inson, ayniqsa, uning ongi bilan uzviydir. U inson xulq-atvorining motivi yoki maqsadi ko’rinishida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy hayot sohasidagi sababiy bog’lanishning muhim xususiyati ana shundan iborat.Yuqorida aytilganlardan ba’zi bir xulosalar chiqarish mumkin.
Birinchidan, g’ayriijtimoiy hodisalar, shu jumladan jinoyatchilik faqat ijtimoiy munosabatlar doirasida o’z sabablariga ega bo’ladi, shu sababli asosan ijtimoiy xususiyat kasb etadi. Umuman olganda, bu hayotning iqtisodiy sharoitlarini, inson psixologiyasini, uning ehtiyojlari, manfaatlari, xulq-atvor motivlari va maqsadlarini, kichik va katta ijtimoiy guruhdagi odamlarning o’zaro munosabatlarini (oila, ishlab chiqarish munosabatlari, yaqin muhitini), qarashlari, e’tiqodlari, qadriyatlari va mo’ljallarini qamrab oladi. Binobarin, jinoyatchilik sabablari muammolari ijtimoiy institutlar nuqtai nazaridan o’rganilishi lozim.
Ikkinchidan, jinoyatlar va jinoyatchilikning biron-bir yagona sababini ko’rsatish metodologik jihatdan noto’g’ri bo’lar edi. Sabab – kompleks hodisa. To’g’ri, bu yerda hal qiluvchi, asosiy, tub hamda ikkinchi darajali, yuzaki, tashqi va ichki, ob’ektiv va sub’ektiv sabablar farqlanishi mumkin.
Uchinchidan, binobarin, jinoyatchilik sabablari muammosiga bir tomonlama emas, balki ko’p tomonlama yondashish ham mumkinki, uni tushuntirish bilan bog’liq izlanishlar tarixi buni tasdiqlaydi.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin