Maxsus ta’LIm vazirligi


Jinoyatchilik ko’rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə18/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91
kriminologiya modul

5. Jinoyatchilik ko’rsatkichlari, tarkibi, tuzilishi.
Jinoyatchilikning holati. Jinoyatchilik uch asosiy ko’rsatkich holati (darajasi), tarkibi va dinamikasi bilan o’lchanadi. Bundan tashqari, jinoyatchilikning yetkazilgan zarar hajmi yoki miqdori va xususiyati kabi qo’shimcha ko’rsatkichlari ham farqlanadi. Ba’zan jinoyatchilikka qarshi kurash xarajatlari ham jinoyatchilik ko’rsatkichlari qatoriga kiritiladi. Jinoyatchilikning holati tushunchasiga ikki: tor va keng nuqtai nazardan yondashish mumkin. Keng ma’nodagi jinoyatchilikning holati tushunchasi nafaqat uning darajasini, balki tarkibi va dinamikasini ham qamrab oladi.Tor ma’nodagi jinoyatchilikning holati tushunchasi muayyan davrda, tarixiy bosqichda jinoyatchilik darajasini aks ettiradi.
Xo’sh, jinoyatchilikning holatiga nima kiradi? Jinoyatlar majmuimi yoki barcha jinoyatchilar majmuimi? I.I.Karpets: «Jinoyatchilikning holati – sodir etilgan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslar miqdoridir»7, deb yozgan edi. Jinoyatchilikning holati tushunchasiga umumiy ta’rif berilgan holda ushbu yondashuvga qo’shilish mumkin. Lekin adabiyotlarda jinoyatchilikning holati tushunchasini muayyanlashtirishga urinishlar (shu jumladan jinoyatchilik darajasini aniqlash yo’li bilan) kuzatiladi.
Professor G.A.Avanesov shunday deb yozadi: «Jinoyatchilik darajasi muayyan hududda sodir etilgan jinoyatlar miqdoridan kelib chiqib, shu hududda yashaydigan aholi soniga nisbatan hisoblanadi». Daraja ko’rsatkichlari faqat nisbiy raqamlarda ifodalanadi. Jinoyatchilik darajasini yanada aniqroq aniqlash uchun butun aholini emas, balki vakillari amaldagi jinoyat qonunchiligiga muvofiq jinoyat uchun javobgarlikka tor tilishi mumkin bo’lgan yosh guruhlarinigina hisobga olish zarur8.
Ayrim mualliflar jinoyatchilikning holati va darajasini aniqlashda muayyan hududda ma’lum vaqt davomida sodir etilgan jinoyatlar va ularni sodir etgan shaxslar to’g’risida so’z yuritadilar.Jinoyatchilikning holatini aniqlashda muayyan davr ichida (falon yilning falon oyidan falon yilning falon oyigacha) sodir etilgan jinoyatlar emas, balki muayyan sanaga (davrga) qadar sodir etilgan jinoyatlar ko’rsatkichi olinsa, o’rinliroq bo’ladi deb o’ylaymiz. Bu nafaqat jinoyatchilikning muayyan sanaga qadar bo’lgan holati to’g’risidagi masalani yechish, balki jinoyatchilikning muayyan sanaga qadar bo’lgan holatini jinoyatchilikning muayyan davrdagi dinamikasidan farqlash uchun ham zarurdir.Jinoyatchilikning holati sodir etilgan barcha jinoyatlar va ularni sodir etishda aybdor shaxslar miqdori bilan belgilanadi. Jinoyatchilikning holatini mutlaq miqdorda ham, koeffitsient miqdorida ham aniqlash mumkin.
Jinoyatlar miqdorini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
a) sud hukmi bilan yuritish tugallangan jinoyatlar;
b) aybdor shaxslar jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan (amnistiya bo’yicha yoki jinoiy jazo tarbiyaviy yo’sindagi majburlov choralari yoki tarbiyaviy yo’sindagi choralar yoxud ma’muriy ta’sir choralari bilan almashtirilishi munosabati bilan) jinoyatlar;
c) ochilmagan, lekin mavjud ma’lumotlarga ko’ra sodir etilgan jinoyatlar.
Jinoyatchilarning umumiy miqdorini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
a) mahkumlar haqidagi ma’lumotlar;
d) jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilingan shaxslar haqidagi ma’lumotlar.
Yig’ma tushuncha bo’lgan jinoyatchilikning holati nafaqat miqdoriy belgilar, balki sifat belgilari, chunonchi: tarkibiy xususiyatlari, jinoyatlardan ko’rilgan zarar, iqtisodiy, uyushgan, takroriy yoki boshqa jinoyatchilik darajasi bilan ham - tavsiflanishi mumkinki, bu jinoyatchilik tarkibini tahlil qilishda mufassalroq o’rganiladi. Jinoyatchilikning darajasi bir qancha koeffitsientlar bilan aniqlanadi. Koeffitsientlar har xil bo’lishi mumkin, lekin ular orasida jinoyatchilik, aniqrog’i – jinoyatlar koeffitsienti va aholining kriminogen zararlanganlik (kriminogenlik) koeffitsienti muhim o’rin egallaydi.
Jinoyatchilik koeffitsienti hisobga olingan barcha jinoyatlar umumiy miqdori va tanlangan mintaqa aholisining muayyan massa (miqyos)ga bo’lingan umumiy miqdori nisbati sifatida aniqlanadi.Massa yoki miqyos –koeffitsient hisoblanayotgan aholining asosiy miqdori. Odatda jahon kriminologiya amaliyotida u 100 ming kishiga teng deb olinadi. Ammo massa (miqyos) harakatchan kategoriya bo’lib, muayyan ma’muriy yoki boshqa hudud (muayyan kontingent, mintaqa, respublika, o’lka, viloyat, tuman, shahar)da yashovchi aholining umumiy miqdoriga qarab o’zgarishi mumkin.Masalan, T. shahrida 1999 yilda mingta jinoyat ro’yxatga olingan. SHahar aholisi 3 million kishidan iborat. Jinoyatchilik koeffitsienti (har 100 ming aholiga) taxminan 333 ni tashkil etadi.
Jinoyatchilik koeffitsientini hisoblash formulasi: Jinoyatlar miqdori x 100 ming (massa)
K* = _____________________________________
Butun aholi miqdori
Aholining kriminogen jihatdan zararlanganlik (kriminogenlik) koeffitsienti jinoyatchilar (muayyan davrda jinoyat sodir etgan shaxslar) umumiy miqdori va tanlangan massa (miqyos)ga bo’lingan ushbu hududda yashovchi jinoiy javobgarlik yoshiga (O’zbekiston Respublikasi JK bo’yicha – 14 yoshga) to’lgan barcha shaxslarning nisbati sifatida aniqlanadi. Masalan, o’sha T. shahrida 1999 yilda 900 jinoyatchi – jinoyat sodir etgan shaxslar ro’yxatga olingan. Shahar aholisi, 14 yoshga to’lmagan shaxslardan tashqari, 200 kishidan iborat. Bunda aholining kriminogenlik koeffitsienti har 100 ming kishiga nisbatan 450 ga teng bo’ladi.
V.V.Luneev «XX asr jinoyatchiligi» kitobida 1994 yil jahonning turli mamlakatlarida ro’yxatga olingan jinoyatchilik koeffitsientlari (har 100 ming aholiga nisbatan) haqida quyidagi ma’lumotlarni keltiradi:

Finlyandiya -14798


SHvetsiya-12620
Daniya-10524
Kanada-10351
Germaniya-8037
Frantsiya-6782
Vengriya-3789
Bolgariya-2522
Polьsha-2351
Rossiya-1778
Yaponiya-1490
Portugaliya-988
Xitoy-127
AQShda eng og’ir 8 jinoyat bo’yicha jinoyatchilik koeffitsienti 53714 ni tashkil etadi.
Iroqlik olim M.Raishahriy keltirgan ma’lumotlariga ko’ra, bir yilda (1989) Yer yuzida ro’yxatga olingan jinoyatlarning umumiy miqdori 500 millionga yetgan. Agar shu sur’at saqlanib qolsa, XXI asrning birinchi yarmida bu raqam milliarddan oshib ketishi mumkin. V.Luneev ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi 25 yil ichida jahonda jinoyatchilik har 100 ming aholiga nisbatan 4 baravar ko’paygan.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin