Maxsus ta’LIm vazirligi


Jinoyatchi shaxsi xaqidagi ta’limotlar



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə24/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91
kriminologiya modul

5. Jinoyatchi shaxsi xaqidagi ta’limotlar.
Kriminologiya fani shaxsning alohida toifasi sifatida «jinoyatchi shaxsini» o’rganadi, chunki jinoyatchi shaxsi uning ongi va idrok bilan sabab va oqibatni bir-biriga bog’lovchi markaziy bo’g’in hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsni o’rganish butun jinoyatchilikni, uning alohida turlarini, sabablar kompleksini tushunish uchun katta ahamiyatga ega.
Jinoyatchi shaxsi kriminalogik bilimlar vujudga kelgan davrda to hozirgi kungacha kriminalogiyaning markaziy muammosi bo’lib kelmoqda. Chunki jinoyatchi shaxsi jinoiy xatti-harakatning mohiyati bilan bog’liqdir. Bundan tashqari jinoyatchi shaxsini o’rganmasdan, uni hisobga olmasdan jinoyatchilikning, uning alohida turlarining, qolaversa muayyan jinoyatning oldini olishning ilmiy asoslangan chora-tadbirlarini ishlab chiqish va asoslab bo’lmaydi.
Jinoyatchi shaxsni o’rganish, jinoyatchilikni, uning ahvoli, tuzilishi, darajasi, yo’nalishini tahlil qilish uchun kerak. Jinoyatchi shaxsiga taalluqli barcha ma’lumotlarni jinoyatchilikning qonuniyatlarini to’liq va har tomonlama aniqlash mumkin emas.
Umuman jinoyatchlikning, alohida turdagi jinoyatlarning, muayyan jinoyatning oldini olishga oid kriminologik chora-tadbirlar yo’naltirilishi lozim bo’lgan turli toifadagi jinoyatchilarning o’ziga xos xususiyatlari va muayyan jinoyatchining individual o’ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda ishlab chiqiladi.
Jinoyatchi shaxsi tushunchasi keng ma’nodagi umumijtimoiy tushuncha bo’lgan inson shaxsi bilan bog’liqdir. Shuning uchun ham jinoyatchi shaxsi muammosi falsafadagi inson shaxsi haqidagi tahlimotga asoslangan holda o’rganilishi va hal qilinishi lozim.Biz o’rganayotgan kriminologiya jinoyatchi shaxsni falsafadagi inson shaxsi haqidagi tahlimot asosida o’rganadi.Falsafada shaxs – bu barcha ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan bog’liq bo’lgan va uning boshqa odamlar, butun ijtimoiy borliq bilan cheksiz aloqada, bog’lanishda ko’rinadigan insonning ijtimoiy mohiyatidir.
Kriminologiya jinoyatchi shaxsini o’rganishda inson shaxsi haqidagi quyidagi umumfalsafiy tahlimotlarga asoslanadi:

  • odam- shaxs;

  • inson shaxsini jamiyat ijtimoiy hayotining turli sohalarida mavjud bo’lgan, yuz berayotgan xilma-xil hodisa, voqea, aloqa va munosabatlardan uzib olib, ajratilgan holda o’rganish mumkin emas;

  • inson shaxs bo’lib tug’ilmaydi, balki u shaxs sifatida shakllanadi;

  • inson shaxs sifatida bir tomondan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarning maxsulidir, ya’ni u muayyan ijtimoiy muhitda hayot kechiradi, yo’llaydi, fikr yuritadi, harakat qiladi, uning ijtimoiy tajribasi, bilim boyliklari, dunyo qarashi, hulqi, xatti-harakati, turmush tarzi yashagan, yashab turgan ijtimoiy muhitning tahsiri va ijtimoiy munosabatlar natijasidir;

  • inson shaxs sifatida ijtimoiy muhitning sust mahsuli emas, ya’ni u ayni vaqtda o’zi yashayotgan ijtimoiy muhitga faol tahsir ko’rsatadi, uni o’zgartirish qobiliyatiga ham egadir;

  • har bir inson shaxsi individualligi jihatidan betakrordir;

  • inson shaxsi bu insoniyat taraqqiyotining mahsuli, u doimo harakatda va o’zaruvchandir;

  • shaxs va jamiyat dialektik dirilikdadir.

Yuqorida ko’rsatilgan barcha holatlar jinoyatchi shaxsini to’g’ri tushunishga, shunday shaxsning shakllanish «mexanizmini» ochib berishda muhim ahamiyatga ega. bundan tashqari shaxsdagi salbiy-ma’naviy xususiyatlarning va g’ayriijtimoiy qarashlarning manbaini ko’rsatib beradi, bunday xususiyat va qarashlarning jamiyatda saqlanib qolish, rivojlanish sabablarini tushuntirib beradi. Inson ongi tashqi ijtimoiy sharoitlar va hayotiy tajribasi bilan belgilangan bo’lishi bilan bir vaqtda ijtimoiy real voqelikka bevosita tahsir qiladi, muayyan vaziyatda o’zining qanday ijtimoiy yo’nalishini, yo’lni va harakat shakllini tanlashni belgilaydi.
Yuqorida ko’rsatilgan inson shaxsi haqidagi nazariy bilimlar jinoyatchi shaxsini tadqiq qilish va bu bilan bog’liq bo’lgan barcha muammolarni hal qilish uchun asos bo’ladi.Jinoyatchi shaxsi tushunchasi ikki mustaqil bo’lgan huquqiy «jinoyatchi» va ijtimoiy «shaxs» tushunchalarning birikmasidan tashkil topgandir. Shaxsning jinoyat sodir qilishi uni g’ayri ijtimoiy shaxs sifatida tahriflaydi, lekin uning barcha mohiyatini o’z ichiga olmaydi va tushuntirmaydi.
Jinoyatchi shaxsi ham, boshqa har qanday insoniy shaxs sifatida belgilangan ma’naviy-psixologik, yani qarashlar va ishonchlar, ehtiyoj va qiziqishlar, hayotiy maqsad va orzular, intelektual, emotsional va irodaviy o’ziga xos xususiyatlar tizimini o’z ichiga oladi.Kriminologiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsadidan kelib chiqqan holda jinoyatchi shaxsi tushunchasini hal qilishda jinoiy huquqiy va ijtimoiy nuqtai nazarlarni uzviy birgalikda hisobga olish kerak.
Jinoyatchi shaxsi ma’lum bir belgilangan vaziyatda uning sodir qilishini taqozo qiluvchi indevidning xususiyat va sifatlari majmuasi sifatida shu jinoyat bilan chambarchas bog’liqdir, ya’ni u jamiyat uchun ijtimoiy xavflidir. Shuning uchun ham kriminologik nuqtai nazardan ko’p tomonlama jinoyatchi shaxsiga berilgan quyidagi tahrif to’g’ri hisoblanadi. Jinoyatchi shaxsi – bu shaxsning ijtimoiy xavfli mohiyatini namoyon qiluvchi rivojlanishda va u yoki bu darajada jinoyat sodir qilishini belgilovchi ijtimoiy, shaxsiy, hayoti sharoitlari bilan uzviy bog’likda olingan, uning murakkab komplekt belgilarini, aloqalari, munosabatlari, ma’naviy va ruhiy dunyosini tahriflovchi keng va katta hajmli tushunchadir.
Kriminologiyada jinoyatchi shaxsi tushunchasi ma’nosi har doim ham tortishuvlarga sabab bo’lib kelgan. Biz o’rganayotgan kriminologiyada jinoyatchi shaxsini o’rganish bo’yicha dastlabki maxsus tadqiqotlar olib boriladigan boshlab to shu kunga qadar jinoyatchi shaxsi tushunchasi bo’yicha turli xil fikrlar mavjuddir. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek ularning ayrimlari jinoyatchi shaxsi tushunchasiga uning sodir qilgan jinoyatini asos qilgan holda, boshqa bir guruhi esa uning sodir etgan jinoyati bilan birga uning shu jinoiy xatti-harakatini sodir etishini belgilab bergan shaxsning g’ayri ijtimoiy xususiyatlari va belgilari asosida tahrif berishadi. Undan tashqari jinoyatchi shaxsi tushunchasi sodir qilgan muayyan shaxs xususiyat va belgilarini ifolaydimi yoki jinoyat sodir etgan barcha shaxslarga xos xususiyat va belgilarni o’zida aks ettiradimi degan savol bo’yicha ham yagona fiqr yo’q. Bizning fiqrimizcha jinoyatchi shaxs tushunchasi bu barcha jinoyat sodir etgan shaxslarning xususiyati va belgilarini o’zida aks ettirishi lozim. Lekin shuni qayd etib o’tishi kerakki, Kriminologiya muayyan jinoyat sodir etgan shaxslarni xususiyat va belgilarini o’rganish asosidagina jinoyatchi shaxsi tushunchasiga tahrif beradi.
Kriminologiyada jinoyatchi shaxsini o’rganish dialektikaning umumiylik, xususiylik, va alohida kategoriyalarga mos holda uchta asosiy darajada amalga oshiriladi. 1-darajada jinoyatchi shaxsining umumiy tushunchasi, uning asosiy belgilari va xususiyatlari; 2-darajada alohida toifadagi jinoyatchilar; 3- darajada muayyan jinoyatchi va unga muvofiq muayyan jinoyat ko’rib chiqiladi.
Kriminologiya uchun jinoyatchi shaxsini o’rganishning barcha uch darajasi ham muhim ahamiyatga egadir. Agar jinoyatchi shaxsini 1- darajada o’rganish umuman jinoyatchilikning oldini olish vazifalarini xalq qilishga xizmat qilsa, 2- darajada o’rganish esa ma’lum bir turdagi jinoyatlarning ma’lum bir toifadagi shaxslar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni oldini olishga, 3- darajada o’rganish esa muayyan shaxs tomonidan jinoyat sodir qilishning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishga yordam beradi.
Jinoyatchi shaxsini kriminologiyadan tashqari, kriminolistika, jinoyat huquqi, jinoyat protsessi, jazoni ijro etish huquqi, yuridik psixologiya, sud psixiatriyasi va boshqa fanlar ham turli xil nuqtai nazarda o’rganadi.Kriminologiya jinoyatchilikka qarshi kurashda bu fanlarning yutuqlaridan foydalanilgan holda jinoyatchi shaxsini o’rgansa ham, lekin uni faqat o’z predmeti doirasidagini amalga oshiradi. Jinoyatchi shaxsini tergov qilish, jazo tayinlash, jazoning ijrosini tahminlash bilan bog’liq masalalarni kriminologiya o’rganmaydi. Lekin kriminologik izlanishlar natijasida olingan jinoyatchi shaxsi haqidagi ma’lumotlar jinoyat huquqi, jinoyat protsessi, kriminalistika, jazoni ijro etish huquqi va boshqa maxsus fanlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Kriminologiya esa o’z vaqtida tergov, sud va jazoni o’tash jarayonida jinoyatchi shaxsi haqidagi yig’ilgan ma’lumotlar asosida uni o’rganandi.
Jinoyatchi shaxsini shunday yo’nalishda va darajada o’rganish asosidagina jinoyatchilikning sabab va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish, kuchsizlantirish, harakatiga to’sqinlik qilish uchun profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqish mumkin.Jinoyatchi shaxsining krminalogik tahrifi u yoki bu jinoyatni sodir qilgan shaxslarni tahriflovchi xususiyatlar yig’indisini insonning jamiyatga zid xatti-harakatlar bilan bevosita bog’liq bo’lgan, jinoyat sodir qilinishini taqozo qiladigan yoki osonlashtiradigan yohud uning sodir qilinishi sababini tushunishga yordam beradigan ijtimoiy turmush va amaliyotining turli tomonini va uning namoyon bo’linishini ifodalaydi. Jinoyatchi shaxsining tuzilishi faqat uni tashkil qiluvchi belgilarning turli xilligini, balki ularning xususiyatlarini, jinoiy xatti-harakatlarning kelib chiqishi, tutgan o’rnini, ularning o’zaro aloqasi va uzviy bog’likligini ko’rsatadi.
Kriminologiyada jinoyatchi shaxsi – bu jinoyat sodir qilgan shaxsni tahriflovchi ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xususiyatlar, hislatlar, belgilar, aloqalar, munosabatlar va boshqa xususiyatlar va xislatlar bilan birgalikda ijtimoiy xavfli xatti-harakatga tahsir qiluvchilar yig’indisi ekanligini bir qancha tizimchalardan tashkil bo’lgan tizim sifatida ko’riladi. har bir tizimcha jinoyatchi shaxsiga taalluqli bo’lgan nisbatan bir xil xususiyatlar, xislatlar, belgilar va munosabatlarning bir qismini o’z ichiga oladi.
P.S. Dagelning fikricha, jinoyatchi shaxsi tuzilishini inson shaxsining tuzilishiga mos kelishi kerak, shuningdek, uning asosiy ijtimoiy sifati bo’lgan ijtiomiy xavfliligini ko’rsatib berishi lozim. U jinoyatchi shaxsi tuzilishi sohalarini tahriflovchi quyidagi tizimchalarini ajratadi:

  1. Jinoyat sodir qilishda namoyon bo’lgan uning ijtimoiy xavfliligi;

  2. Ijtimoiy hayotning turli sohalaridagi uning ijtimoiy va g’ayri ijtimoiy aloqalari;

  3. Shaxsning manaviy-ruhiy va ruhiy tomonlari;

  4. Uning jismoniy xususiyatlari «jinoyatchi shaxsi» tuzilishini quyidagi kriminologik tizimchalarga ajratib ko’rsatadi:

  1. Ijtimoiy demografik va jinoiy huquqiy belgilari;

  2. Jamiyat ijtimoiy xayotining turli sohalardagi ijtimoiy ko’rinishi;

  3. Manaviy xususiyatlari;

  4. Ruhiy xususiyatlari.

Jinoyatchi shaxsini kriminologik tahlil qilishda olingan, unga tahluqli bo’lgan, barcha tizimchalarga kiruvchi individual xususiyat va belgilar jinoyatchilikning oldini olish chora tadbirlarini ishlab chiqishda va ularni samarali amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir. SHu maqsaddan kelib chiqib jinoyatchi shaxsi tuzilishini kuyidagi tizimchalarga ajratish to’g’riroq xisoblanadi:

  1. Ijtimoiy – demografik, kasbiy taalluqliligi.

  2. Aqliy etuklik darajasi, bilimi, mahorati, qobiliyati.

  3. Shaxsning ma’naviy, qadriyat yo’nalishi va intilishi, uning ijtimoiy o’rni va qiziqishi, ehtiyoji.

  4. Shaxsning ruxiy jarayoni,xususiyatlari va ahvoli.

  5. Jinoiy-huquqiy belgilari.

  6. Biofiziologik belgilari.

Shuni takidlab o’tish lozimki, jinoyatchi shaxsi faoliyatini rag’batlantiruvchi unga undaydigan, uning mazmunini ochib beradigan motivlar jinoiy xatti harakatni sodir etishda u yoki bu darajada anglagan bo’lishi yoki umuman anglamagan bo’lishi ham mumkin. Jinoyatchi shaxsini yo’naltirilganligida anglangan motivlar asosiy o’rin tutadi. Shuning uchun kriminologik tadqiqotlar mavzui bo’lib, shaxsning jinoiy xatti-harakatini asosiy sababi hisoblangan bunday xatti-harakatni keltirib chiqarishda ob’ektiv ravishda ishtirok etuvchi shaxsini ta’riflovchi quyidagi xususiyatlar tizimi hisoblanadi:

  1. Shaxsning extiyoji, qiziqishi, hohishi, istagi.

  2. Shaxsning qarashlari, e’tiqodi, iymoni qadriyatlardan xabardorligi, yo’l tutishi.

  3. Shaxsning unga ta’alluqli bo’lgan ijtimoiy, ya’ni rasmiy va norasmiy me’yorlarga bo’lgan fikri.

  4. Ijtimoiy, ma’naviy, huquqiy nuqtai nazardan shaxsni ahamiyatga ega bo’lgan faoliyati va bu faoliyatda jinoiy xatti-harakatning o’rni va roli.

Shuni qayd etish lozimga, erkaklar va ayollar jinoyatchiligi o’rtasidagi farq, faqatgina jinslarning o’ziga xos fiziologik xususiyatlari, jinoyat sodir qilishga biologik moyillik bilan emas, balki asosan ijtimoiy jarayonlarining mohiyati, u yoki bu jinsiy gurux uchun ular ko’rinishining o’ziga xos xususiyatlari, milliy urf-odatlar, an’analar va boshqalar bilan aniqlanadi.
Jinoyatchi shaxsi tuzilishini kriminologiyada tizim sifatida uning tarkibiga kiruvchi barcha tizimlarga xos bo’lgan xususiyatlar va belgilar bir-biri bilan uzviy bog’liq, ularning aksariyat ko’pchiligi o’zgaruvchan va doimo harakatda deb tadqiq qilinadi. Jinoyatchi shaxsi tuzilishida barcha tizimchalardagi xususiyatlar, ayniqsa aqliy, ma’naviy va ruxiy xususiyatlari shaxsdagi biologik va tashqi muxitdagi ijtimoiy omillar aloqasining mahsulidir. SHuning uchun kriminologiyada jinoyatchi shaxsidagi ijtimoiylik va biologiklik eng asosiy muammolardan biri bo’lib hisoblanadi va u vujudga kelgandan to hozirgi kungacha katta tortishuvlarga sabab bo’lib kelmoqda.
Shaxsni, shuningdek jinoyatchi shaxsini o’rganuvchi fanlarda shaxs tuzilishida biologiklik va ijtimoiylikning o’zaro nisbati bo’yicha turli xil fikrlar mavjud. Hozirgi kunda ham ko’pgina biologlar, jamiyashunoslar, tibbiyot hodimlari, huquqshunoslar,ruhshunoslar va boshqalar etiborini bu muammo o’ziga qilmoqda.Kriminologiya esa jinoyatchi shaxsida ijtimoiy va biologik omillarning o’zaro nisbati masalasini o’rganish, ayniqsa zo’rlik ishlatish orqali sodir etiladigan jinoyatlarni, retsidiv, voyaga etmaganlar, yuqori xavflilik manbaidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan ehtiyotsizlik jinoyatlarini yana ham chuqurroq tushuntirish maqsadida, shuningdek jinoyatchining shaxsiy o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda barcha turda va shaklda jinoyatlarning oldini olish samaradorligini yana oshirish ehtiyoji va mavjudligi uchun ham zarardir. Jinoyatchi shaxsi tuzilishida ijtimoiylik va biologikni o’zaro nisbatini, ularning aloqasini bir-biriga bog’liqligini o’rganish aniq metadologik yondashishni tahminlashni talab qiladi.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin