Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə34/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot:
1.Abdurasulova K.R. Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muharrir: yu.f.d.,prof. M.Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 145-151 b.

5- Mavzu. Voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va oldini olish.
Reja
1. Voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi tushunchasi turlari, holati va tuzilishi.
2. Voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi.
3. Voyaga yetmaganlar xamda yoshlar jinoyatchiligining sabablari va shart-sharoitlari.
4. Voyaga yetmaganlar xamda yoshlar jinoyatchiligining oldini olish
choralari va sub’ektlari.



  1. Voyaga yetmaganlar va yoshlar jinoyatchiligi tushunchasi turlari, holati va tuzilishi.

Hozirgi davrda voyaga etmaganlar jinoyatchiligi to’g’risida etarli darajada statisgak materiallar to’plangan va uni tahlil qilishning usullari ishlab chiqilgan. Bularning barchasi voyaga etmaganlar jinoyatchiligining ahvolini to’g’ri baholash, undaga miqdor va sifat ko’rsatkichlaridagi (strukturasi va boshqa ko’rsatkichlarini ham) o’zgarishlarni bilish imkonini beradi. Ayrim vaqtlarda alohida hududlardagi jinoyatchilikning mikdor va sifat ko’rsatkichlarida, shuningdek, jinoyat sodir etuvchi shaxslar va turli xil jinoyatlar tarkibida aniq bo’lmagan ma’lumotlar bo’lishiga qaramay voyaga etmaganlar jinoyatchiligining aniq ahvolini bilish imkoniyati bor.
Umuman O’zbekistonda jinoyat statisgikasi ma’lumotlariga ko’ra, aniqlangan jinoyat sodir etgan voyaga etmagan shaxslarning jinoyatchiligi 1990-yilgacha nisbatan bir tekisda, ya’ni har besh yilda 48 foizga o’sib kelgan. 1991 yildan bunday tendentsiyada jiddiy o’zgarish yuz berdi. Voyaga etmaganlarning ro’yxatlarda qayd qilingan jinoyatchiligi o’sishi 1995-1996 yillarda 8 foizni tashkil etgan. Agar solishtirib ko’rganda shu vaqt ichida voyaga etmaganlarning jinoyatchiligi Rossiya Federatsiyasida 20 foizga; Ukrainada 16,8 foizga; Ozarbayjonda 18,1 foizga; Qozog’istonda 14,9 foizga; Turkmanistonda 9 foizga; Belorusiyada 9,8 foizga o’sgan.
O’zbekistonda 1998 yili 50 ming jinoyatchi hukm qilingan bo’lsa, shundan 2 mingdan ortig’i voyaga etmaganlar bo’lgan, bu 4 foizni tashkil etadi. 1996 yili 51.602 jinoyatchi jazoga hukm qilingan bo’lsa, shundan 2.023 tasini voyaga etmaganlar jinoyatchiligi xar doim guruh bo’lib sodir etish xususiyatiga ega bo’lgan. Voyaga etmaganlar tomonidan guruh bo’lib sodir etiladigan jinoyatlarning hissasi katga yoshdagilar tomonidan guruh bo’lib sodir etiladigan shunday jinoyatlarga nisbatan 1,55 marta ko’p va voyaga etmaganlar tomonidan sodir etiladigan umumiy jinoyatlarning 20 foizdan 80 foizgachasini tashkil etadi.
Muayyan yoshdagilik, ruhiy va boshqa ijobiy yoki salbiy xususiyatdagi guruh huquqining bunday o’ziga xos xususiyatlari chetga chiqish bo’lmay, balki voyaga etmaganlar uchun xos bo’lgan xulqiy me’yor hisoblanadi.
Keyingi yillarda huquqqa xilof bo’lgan xulqli guruhlarning mustaxkamlanish jarayoni yuz berganligi kuzatilmoqda. Taxminan shunday guruxlarning beshdan uch qismida guruh ishtarokchilari har xil yoshdagilardan iborat bo’lib, bu hol ularning barqarorligini, uzoq muddat mobaynida jinoiy faoliyat olib borishini ta’minlaydi, guruhning qisqa vaqtda bir necha jinoyatlarni amalga oshirish qobiliyatini oshiradi, jinoiy tadbirkorlik bilan, tezkor va qat’iy harakatlar qilishni ta’minlashda muhim omil xisoblanadi.
Jinoiy uyushmalar va uyushgan guruxlar tomonidan o’smirlar guruhini o’zlariga bo’ysundirishning faol jarayoni yuz bermokda. Ishsiz va mayda tijorat bilan shug’ullanadigan o’smirlar, ozodlikdan mahrum bo’lish joylaridan bo’shab kelgan voyaga etmaganlar, hayotda o’z o’rnini topolmaganlar, kam ta’minlangan oilalardagi o’smirlar hisobiga bunday guruhlarning ijtimoiy bazasi yanada kengaymoqda. Maxfiy iqtisodiyot va uyushgan jinoyatchilik strukturasiga bunday shaxslar faol jalb qilinmoqda. Uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma rahbarlari o’zlarining ta’sir doirasiga o’smirlarni ko’proq jalb qiladilar va ulardagi jinoyatchiga xos bo’lgan xulqning shakllanishini diqqat bilan kuzatib boradilar.
Jinoyat sodir etilishiga olib keladigan sharoit va sabablar muammosi har qanday kriminologik tadqiqot ishida u yoki bu darajada o’rganiladi. Chunki bu muammo huquq buzishlarni o’rganuvchi asosiy masala hisoblanadi. Uni illan munosabatlarining buzilishiga, ijtimoiy ijobiy muhitdan uzoqlashuviga olib kelishi mumkin.O’smirlarning oila tomonidan nazoratsiz qoldirilishi o’quv yoki mehnat jamoasining ta’siridan chiqib qolishi ularda mas’uliyatsizlik, hamma xulqlarni qilaverish mumkinligi hislarini mustahkamlashga sabab bo’ladi.Huquqbuzarlikni birinchi marta qilganda jazosiz qoldirish qonun talablarini inkor qilish, atrofdagilarning fikri bilan hisoblashmaslik odatlarining shakllanishiga sabab bo’ladi.
Agarda ana shu bosqichda jinoyatchilikning oldini olish sub’ektlari tomonidan muayyan choralar qo’llanmasa, o’smir ijtimoiy bilim va talablarni o’zida singdirishi qiyinlashadigan ahvolga tushib qoladi, o’z ehtiyojlarini qondirishning mumkin bo’lmagan, hatto qonunga xilof usullaridan foydalanishga o’tib olishi mumkin.
Voyaga etmaganlarning jinoiy xulqini etnologik o’rganish yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijalari shunday xulosaga olib kelmoqdaki, voyaga etmaganlar jinoyatchiligini hozirgi davrda oldini olishda e’tibor, eng avvalo, o’smirlar tomonidan jinoiy jazolanadigan huquq buzishlarning sodir etishi mumkinligining oldini olishga qaratilishi kerak. Jinoyat uchun jazolashga majbur bo’lgandan ko’ra, uning oldini olish uchun barcha chorani ko’rgan afzalroqdir.Voyaga etmaganlar jinoyatchiligining oldini olish, ular shaxsini tarbiyalash va axloqan tuzatish ijtimoiy faoliyatdir, axloqiy va huquqiy chetga chiqishning hamda uning jinoiy faoliyatga o’sib chiqishining oldini olishdir, voyaga etmagan kishi shaxsidagi endi shakllana boshlagan g’ayri ijtimoiy o’zgarishlarning oldini olib, to’g’ri yo’lga solishdir, shuningdek, unga ta’sir qiluvchi mikromuhitdagi salbiy va kriminogen faktorlarni bartaraf qilib, voyaga etmagan tomonidan jinoyat sodir etilishi oldini olishdir.
Ma’lumki, g’ayriijtimoiy xulq g’ayriaxloqiy, huquqqa hilof va jinoiy bo’ladi. Ana shulardan dastlabki ikkitasi jinoyatchilikning oldini olishning ob’ekti bo’la oladi.Har bir maktab o’quvchisidan tortib, yuqori mansabda ishlaydigan shaxslargacha bilishlari kerak.



  1. Yüklə 268,88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin