Maxsus ta’LIm vazirligi


Voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə35/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91
kriminologiya modul

Voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi.

Voyaga yetmaganlar o’rtasida ilgari asosan kattalarga xos bo’lgan jinoyatlar, chunonchi: qurol va giyohvandlik vositalari bilan savdo qilish; fohishaxona saqlash yoki qo’shmachilik qilish; bosqinchilik; firibgarlik; o’g’rilik mol bilan savdo qilish tobora keng tarqalmoqda. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi doimo asosan gruppaviy xususiyatga ega bo’lgan. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan gruppaviy jinoyatlar ulushi kattalar jinoyatchiligining shunday ko’rsatkichidan taxminan 1,5-5 baravar ortiq va voyaga yetmaganlarning umumiy jinoyatchiligi tarkibida 20-80% ni tashkil etadi.
Yosh, ruhiyat va boshqa shaxsiy xususiyatlarga ko’ra ijobiy va salbiy tusdagi gruppaviy xulq-atvor voyaga yetmaganlar uchun tabiiy hol hisoblanadi.So’nggi yillarda g’ayrihuquqiy xulq-atvorli o’smirlar guruhlarining yiriklashuvi kuzatilmoqda. Jami guruhlar beshdan uch qismi ishtirokchilari yoshining har xilligi ularning mazkur faoliyatga moyilligini yanada kuchaytiradi, uning yanada faollashuviga turtki beradi. O’smirlar guruhlarining uyushgan jinoyatchilikka bo’ysunish jarayoni ham faol kechayotir. Bu guruhlar ishsiz, mayda tijorat bilan shug’ullanuvchi, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridan qaytgan va hayotda o’z o’rnini topa olmagan o’smirlar hisobiga to’lishi uchun ijtimoiy negiz kengayib bormoqda Kam ta’minlangan oilalardan bo’lgan o’smirlar xufyona iqtisodiyot va uyushgan jinoyatchilik tuzilmalariga tobora faolroq jalb qilinmoqda. Uyushgan jinoyatchilik sardorlari o’smirlarni o’z ta’siri doirasiga bajonidil kiritib, ularning professional jinoiy shakllanishi va o’sishini nazorat qilmoqdalar. Voyaga yetmagan jinoyatchilarning shaxsiy xususiyatlari ham diqqatga sazovor. Mazkur toifaga mansub jinoyatchilar orasida doimiy daromad manbaiga ega bo’lmagan (ishlamaydigan va o’qimaydigan) o’smirlar ko’pchilikni tashkil etishini deyarli barcha tadqiqotchilar qayd etadilar. Turli ma’lumotlarga ko’ra voyaga yetmagan jinoyatchilar orasida maktab o’quvchilari 38,3% ni, ishlaydiganlar - 11,4% ni, doimiy daromad manbaiga ega bo’lmaganlar – taxminan 30% ni tashkil etadi.

Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin