4. Voyaga yetmaganlar xamda yoshlar jinoyatchiligining oldini olish choralari va sub’ektlari. Voyaga yetmaganlar o’rtasidagi huquqbuzarliklarning oldini olishning kriminologik muammolarini o’rganish voyaga yetmaganlar ijtimoiy kategoriyasining mazmuni, uning shakllanishi, rivojlanishi va jamiyatdagi o’rni, voyaga yetmaganlarning ideallari, qadriyatlari, mo’ljallari va faol hayotiy pozitsiyasining shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi ijtimoiy omillarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va omillarni bartaraf etish yoki ularni neytrallashtirishga qaratilgan davlat va jamiyat chora-tadbirlari majmuini tushunish odat tusini olgan44.Ko’pgina kriminologlar jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarning umumiy va maxsus profilaktikasini farqlaydilar, shuningdek kriminologik profilaktikaning turli vazifalari va darajalarini qayd etadilar45.O’tkazilgan tadqiqotlar aksariyat voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining shakllanishi yo’lidagi birinchi bosqich shaxs tarbiyasining og’irligi hisoblanishini ko’rsatadi. Kriminologik jihatdan bu tushuncha g’ayriijtimoiy shaxsning axloqsiz shaxs hamda qisman huquqbuzar shaxsi kabi tiplariga mos keladi.
Tarbiyasi og’ir o’smir – bu axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj bo’lgan voyaga yetmagan shaxs. Uni axloqan tuzatish va tarbiyalash mazkur shaxs jinoyatchiga aylanishining oldini olish, shuningdek uning jamiyat bilan normal aloqalarini tiklash, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi. Har bir voyaga yetmagan tarbiyasi og’ir shaxsning xulq-atvori o’ziga xosdir; u o’smir shaxsi shakllanishining ob’ektiv va sub’ektiv omillari bilan belgilanadi. Bu tarbiya va profilaktika ishlarida individual yondashuv yetakchilik qilishi lozimligini anglatadi.Afsuski, amalda tarbiyasi og’ir o’smirlarga nisbatan asosan og’zaki ta’sir ko’rsatish vositalari (tanbeh, hayfsan va sh.k.) qo’llaniladi. Tarbiyasi og’ir o’smirga juda to’g’ri, xayrixoh munosabatda bo’lish, uning potentsial imkoniyatlariga ishonch bildirish muhimdir.
Maktab bolalar va o’smirlar hayoti va xulq-atvori uchun mas’ul pedagogik markazga aylanishi lozim. Agar jinoyatlarni profilaktika qilishning ixtisoslashmagan sub’ektlari zararli ta’sir manbalarini bartaraf etishga qaratilgan tarbiya va profilaktika choralarini o’z vaqtida ko’rmasalar, tarbiyasi og’ir o’smir pedagogik va ijtimoiy beqarorlikning navbatdagi bosqichiga o’tishiga sababchi bo’ladilar.Bu bosqich o’smirning oiladagi, maktabdagi, ishdagi munosabatlari yanada yomonlashuvi, u ijtimoiy jihatdan ijobiy muhitdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadi. Oiladagi nazoratsizlik, o’quv yoki mehnat jamoasi ta’siridan chetda qolish o’smirda mas’uliyatsizlik va boshboshdoqlik tuyg’usini mustahkamlaydi. Dastlabki huquqbuzarliklarning jazosizligi qonun talablariga bepisandlik, atrofdagilar fikri bilan hisoblashmaslik odatini rivojlantiradi.
Agar jinoiy xulq-atvor genezisining birinchi bosqichida jinoyatlarni profilatika qilishining ixtisoslashgan sub’ektlari (voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar va inspektsiyalar, maxsus maktablar va h.k.) tegishli choralarni ko’rmasalar, bu o’smirning g’ayriijtimoiy moyilliklarini yanada chuqurlashtiradi. Voyaga yetmaganlar jinoiy xulq-atvorining etnologiyasini o’rganish hozirgi sharoitda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashda jinoyatlar profilaktikasi asosiy o’rinni egallashi lozimligini ko’rsatadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini profilaktika qilish –bu xulq-atvori axloqiy va huquqiy normalar chegarasidan chetga chiqayotgan, lekin hali jinoiy tus olmagan voyaga yetmaganlar shaxsini axloqan tuzatish va qayta tarbiyalash borasidagi maxsus faoliyat. Bu yerda g’ayriijtimoiy xulq-atvorning uch turi (axloqqa zid, g’ayrihuquqiy va jinoiy xulq-atvor)dan dastlabki ikkitasi profilaktika ob’ekti sifatida amal qiladi.SHunday qilib, profilaktika o’z mazmuniga ko’ra barcha voyaga yetmaganlarga qaratilgan umumiy tarbiyaviy choralar bilan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan jinoyat- huquqiy choralar o’rtasida oraliq bo’g’in hisoblanadi.Umumiy profilaktika choralari asosan beqaror oilalarning salbiy ta’sirini neytrallashtirish, muhtoj o’smirlarga davlat va jamoat yordamini ko’rsatish (vasiylik va homiylik o’rnatish, mehribonlik uyi, maktab-internatga yuborish, o’qishga yoki ishga joylashtirish), voyaga yetmaganlarga ta’lim-tarbiya berish bilan shug’ullanuvchi muassasalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish, o’smirlarning dam olishini oqilona tashkil etish, voyaga yetmaganlar qonun hujjatlariga rioya etishi ustidan nazorat olib borish va hokazolarni nazarda tutadi.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish bilan bog’liq barcha choralar uning bosh vazifasini amalga oshirish – boshlangan shaxs buzilishini to’xtatishga, uning ayrim salbiy xususiyatlariga barham berishga, shuningdek mikromuhit kriminogen omillarining ta’siriga chek qo’yishga qaratilishi lozim. Profilaktika chora-tadbirlari tarbiyasi og’ir o’smirlar g’ayriijtimoiy xulq-atvorning yanada xavfliroq shakllariga o’tishini to’xtatishlari, ular kelajakda to’g’ri yo’lga kirib, faol hayotiy pozitsiyani egallashlarini ta’minlashi lozim. Jiddiy kamchilik shundan iboratki, voyaga yetmaganlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoat tashkilotlarining profilaktik ta’siri doirasiga asosan huquqbuzarliklar sodir etganlaridan keyin tushadilar.
O’smirlarning g’ayriijtimoiy moyilliklarini dastlabki bosqichda profilaktika qilish choralarini qo’llashga nisbatan yuzaki yondashish hollari mavjudligini ham qayd etib o’tish lozim. Masalan, voyaga yetmaganlar bilan ishlash inspektsiyalari va komissiyalar asosan tarbiyasi og’ir o’smirlarning o’ziga ta’sir o’tkazadi. Ularning beqaror ota-onalariga nisbatan esa, nari borsa ma’muriy choralar ko’rish bilan kifoyalanadi. Vaholanki, bu choralar o’z holicha o’smirning mikromuhitini sog’lomlashtira olmaydi. Ko’pincha bu o’smir bilan o’tkazilgan tarbiya ishlarining barcha natijalarini chippakka chiqaradi. Bu sohada qonuniylikka rioya etilishi ustidan prokuror nazorati choralari ham muhim ahamiyatga ega. Nazoratni tashkil etishga nisbatan yuzaki yondashuv shunga olib kelmoqdaki, ayrim qarorlar bajarilmayapti yoki o’z vaqtida va to’liq bajarilmayapti.
“O’zbekiston Respublikasining Prokuratura to’g’risida”gi qonuni prokuratura organlari zimmasiga huquqni muhofaza qilish organlarining jinoyatchilikka va boshqa huquqbuzarliklarga, shu jumladan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va huquqbuzarligiga qarshi kurash faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini yuklaydi.
Bu profilaktika ishining barcha ishtirokchilari kuch-g’ayratini birlashtirishni nazarda tutadi va ayni vaqtda prokurorlarning nazorat funktsiyalarini bajarish majburiyatini soqit etadi. Prokuraturaning vazifasi – jinoyatlarning oldini olish, voyaga yetmaganlarni tarbiyalash uchun mas’ul xodimlar o’zlariga yuklangan qonuniy vakolatlarni qanday amalga oshirayotgani ustidan nazoratni kuchaytirish. Voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar shug’ullanadigan muhim masala – voyaga yetmaganlarni ishga joylashtirish masalasi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ma’ruza doirasida biz voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining eng muhim masalalarinigina yoritishga harakat qildik. Biroq yuqorida aytilganlarning o’zidan ko’rinib turibdiki, profilaktika faoliyatini yanada takomillashtirish – huquqiy jamiyat rivojlanayotgan sharoitda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga qarshi kurashning samaradorligini oshirishning muhim vositasidir.