Maxsus ta’LIm vazirligi



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə38/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
kriminologiya modul

Asosiy adabiyot:
1.Abdurasulova K-P- Kriminologiya: Darslik. / Mas’ul muxarrir: yu.f.d.,prof. M.X,.Rustambaev. - Toshkent: TDYuI, 2008. 154-164 b.

6- Mavzu. Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning kriminologik tavsifi va oldini olish.
Reja
1. Oilada sodir etiladigan jinoyatlar tushunchasi, turlari, holati va tuzilishi.
2. Oilada sodir etiladigan jinoyatlarda jinoyatchi shaxsning kriminologik tavsifi.
3. Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning sabablari va ularni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar.
4. Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish choralari va sub’ektlari.


  1. Oilada sodir etiladigan jinoyatlar tushunchasi, turlari, holati va tuzilishi.

Oiladagi jinoyatlar muammosi oilaviy kriminologiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Oiladagi jinoyatlar deganda oilada uning bir a’zosi boshqa a’zolarga qarshi sodir etuvchi jinoyatlar tushuniladi46. Bunda er-xotin o’rtasidagi munosabatlar yuridik jihatdan qonuniylashtirilgan yoki qonuniylashtirilmaganligi ahamiyatga ega emas.Oilada har xil (g’arazgo’ylik, jinsiy va boshqa) jinoyatlar sodir etiladi. Biroq ularning orasida bir oila a’zosi boshqa oila a’zosiga nisbatan zo’rlik ishlatib sodir etadigan jinoyatlar, shu jumladan farzandkushlik hamda bolalarga qarshi boshqa jinoyatlar ko’pchilikni tashkil etadi.
Oiladagi jinoyatlar zamirida odatda oila a’zolari o’rtasidagi ichki janjal yoki oila a’zolari va u yashaydigan muhit o’rtasidagi janjal yotadi. Bugungi kunda oiladagi jinoyatlar orasida xotinga (erga) qarshi zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar va farzandkushlik ayniqsa mufassal o’rganilgan47.Oilada zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar –olamshumul ijtimoiy muammo. Chet elda oilaviy munosabatlar kriminologiyasining bu yo’nalishi ko’pincha «uydagi zo’ravonlik» («oiladagi zo’ravonlik») deb ataladi48. Bu muammoning olamshumulligi shu bilan belgilanadiki, turli mamlakatlarda zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning aksariyat qismi aynan oilada sodir etiladi. Oila doirasida jinoyatlar ko’pincha er (xotin) tomonidan xotinga (erga) nisbatan sodir etiladi.
Jahonda o’tkazilgan tadqiqotlar bolalarga nisbatan zo’rlik ishlatish aksariyat odamlar tomonidan ma’qullanishidan dalolat beradi. Masalan, Germaniyada o’tkazilgan Xori so’rovi (1968) aholining 85% bolalarni do’pposlashni tarbiya vositasi deb hisoblashini ko’rsatadi. Oradan ikki yil o’tgach, bu ko’rsatkich biroz kamaydi (75%). AQShda har yili 18 yoshga to’lmagan har ming kishiga nisbatan jismoniy, jinsiy zo’rlik ishlatish va shafqatsizlik bilan munosabatda bo’lish bilan bog’liq 5,7 holat to’g’ri kelishi aniqlangan (1979–1980 yillar). Mutaxassislar bergan bahoga ko’ra, AQShda har yili 0,5-2,5 mln. qariya zo’rlikdan jabr ko’radi.
Oilada qariyalarga zo’rlik ishlatilishiga sabab bo’ladigan omillar orasida qariyalarga qarovchi shaxslar zo’rlik ishlatish tabiiy hol sanalgan muhitda o’sib ulg’ayganligi; avlodlar o’rtasidagi ziddiyat; gerontologik muammolar (kasallik, qarilik) qayd etiladi. Oilada jinoyatlar ko’pincha er (xotin) tomonidan xotinga (erga) nisbatan sodir etiladi. Badanga og’ir shikast yetkazishga Gorbacheva N.Yu.ni O’zR JKning 104-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblash bo’yicha ish misol bo’lishi mumkin.Gorbacheva N.Yu. 1998 yil 4 iyulь kuni mast holatda o’z uyida pul taqchilligi bahonasida eri bilan janjallashib qolgan. Gorbacheva N.Yu. badanga shikast yetkazish maqsadida stol ustida turgan oshpichoqni olib, erining qorin sohasiga tiqqan. Eri Sattorov I.A. kasalxonaga olib kelingan. Sud-tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko’ra, Sattorov I.A.ning qorin sohasida hayot uchun xavfli bo’lgan va ushbu belgiga ko’ra badanga og’ir shikastlar qatoriga kiruvchi sanchilgan-kesilgan yara va oshqozonning jarohatlanishi aniqlangan. Ish Toshkent shahar Akmal Ikromov tuman sudida 1998 yil 8 sentyabrda ko’rib chiqildi. Gorbacheva N.Yu. O’zR JKning 104-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topildi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Xususiyati va og’irlik darajasi har xil bo’lgan jinoyatlar zo’rlik ishlatib sodir etiladi. Ularning orasida hayot va sog’liqqa qarshi jinoyatlar (ayniqsa, odam o’ldirish va qasddan badanga og’ir shikast yetkazish), shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar yetakchilik qiladi.Masalan, Rossiyada har yili taxminan 12000 oilada odam o’ldirish jinoyatlari sodir etiladi, shulardan 60% ga yaqinini erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi tashkil etadi, bu mamlakatda sodir etiladigan barcha odam o’ldirishlarning 25% dan ko’proqdir49.


  1. Yüklə 268,88 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin