3.Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning sabablari va ularni vujudga keltiruvchi shart-sharoitlar.
Aksariyat mamlakatlarda oiladagi jinoyatlardan jabrlanganlar orasida erkaklarga qaraganda ayollar ko’pchilikni tashkil etadi. Biroq ayrim mamlakatlarda buning teskarisi kuzatiladi (masalan, Ugandada).Agar XX asr 70-yillarining ikkinchi yarmida jabrlangan ayollar bilan jabrlangan erkaklarning o’zaro nisbati taxminan 7,1 ni tashkil etgan bo’lsa, 90-yillarda bu nisbat 3,1 ni tashkil etdi, ya’ni ayollarning oiladagi kriminal faolligi oshdi.Oilada zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlardan biri – erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi jinoyatining uch turi farqlanadi57.
1) Tamagirlik niyatida erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi.
Odam o’ldirishning mazkur turi erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi bilan bog’liq jinoyatlarning atishi 5% ni tashkil etadi. Tamagirlik niyatida odam o’ldirishga aliment to’lashdan xalos bo’lish, turar joy maydonini egallash, meros olishni tezlashtirish niyati sabab bo’lishi mumkin. Erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi «nikoh firibgarligi» bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bunda firibgar qotil xotinning (erning) mol-mulkini egallash maqsadida nikohga kiradi,so’ngra uni o’ldirib, merosga ega bo’ladi.
2) Har xil yumushlardan xalos bo’lish niyatida erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi (taxminan 5%).Bunday yumushlar jumlasiga bemor yoki keksa xotinga (erga) surunkali qarash zarurati yoxud unga boshqacha tarzda bog’liqlikni kiritish mumkin.Bunday odam o’ldirishlar er (xotin) yangi nikoh tuzmoqchi bo’lgan hollarda (agar xotin (er) nikohni bekor qilishga rozi bo’lmasa) ham sodir etilishi mumkin. Bunday odam o’ldirishlar doim qasddan sodir etiladi, ular juda puxta rejalashtiriladi. Shu bois ularning yashirinlik darajasi juda yuqori.
3) Rashk zamirida erning (xotinning) xotinni (erni) o’ldirishi (50% dan ortiq). Bunday odam o’ldirishlar odatda xotin (er) eriga (xotiniga) xiyonat qilgani aniqlangan hollarda sodir etiladi. Ba’zan bunday odam o’ldirish shubha ta’sirida sodir etilishi ham mumkin. Toshkent viloyat sudi sudьyasi O.R. 1996 yil 7 noyabrda xotini –M.R. «buyurtmasi»ga ko’ra o’ldirilishi rashk zamirida odam o’ldirishga misol bo’lishi mumkin. R.lar oilasida surunkali janjallar 1993 yildan boshlandi, er-xotin o’rtasidagi jarlik yildan-yilga chuqurlashib bordi. 1995 yilda O.R. Xotinidan butunlay ko’ngli sovib, u bilan ajrashmoqchi bo’ldi. O.R. boshqa ayol bilan yashay boshladi.
Biroq M.R. bunga rozi bo’lmadi. 17 yil mobaynida turli jinoyatchilarga hukm chiqarib kelgan bu ayol eng og’ir «hukm»ni eriga chiqardi:
Ish O’zbekiston Respublikasi Oliy sudida ko’rib chiqildi.Aybdorlar o’z jazosini oldi58.Rashk zamirida odam o’ldirish ayollarga qaraganda erkaklar tomonidan ko’proq sodir etiladi.Xotinning eridan qasos olish maqsadida uni o’ldirish hollari ham diqqatga sazovor. Eridan surunkali kaltak yeb, xo’rlanib kelgan xotinlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga doim ham murojaat etavermaydi. Vaqti kelib ular o’z zolim eridan o’ch olish, undan xalos bo’lish yo’llarini izlay boshlaydi. Ba’zan ular erini o’ldirishga qaror qiladi. Bu mezonlardan foydalanib, hayot va sog’liqqa qarshi oiladagi jinoyatlarning boshqa turlarini, masalan, qasddan badanga shikast yetkazishni ham tasniflash mumkin.
Toshkent shahar Akmal Ikromov tuman sudida ko’rilgan R.A.ni O’zR JKning 105-moddasida nazarda tutilgan jinoyat sodir etishda ayblash bo’yicha ish qasddan badanga o’rtacha og’ir shikast yetkazishga misol bo’lishi mumkin.R.A. 1998 yil 5 may kuni soat 21.30 da uyiga mast holatda qaytib kelayotganida orqasidan uch noma’lum erkak ketayotgan xotinini ko’rib qolgan. Uyga kelgach, u R.A. xotinidan bu erkaklar kimligini so’ragan xotini ularni tanimasligini aytgan. Natijada rashk zamirida janjal chiqib, u mushtlashishga aylangan. H. qasddan xotiniga bir necha zarba bergan. Olingan jarohatlar natijasida H. Kasalxonaga yotqizilgan. Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko’ra, H.ning pastki jag’i ichdan singani aniqlangan.Oilada shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi jinoyatlar sodir etilishi ham mumkin. Bu yerda asosan ayollar jabrlanadi.
Bundan tashqari, oilada voyaga yetmagan bolalar (ko’pincha o’gay qizlar va o’g’illar)ning jinsiy daxlsizligi, ularning normal jismoniy va axloqiy rivojlanishiga qarshi jinoyatlar, voyaga yetmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish va boshqa shunga o’xshash jinoiy qilmishlar ham sodir etiladi. AQSh olimlarining baholashlariga ko’ra, 2 mln.ga yaqin amerikalik ayollar bolaligida shunga o’xshash jinoyatlardan jabrlangan.Bunday jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi juda yuqori, chunki ular o’smirning normal va xavfsiz rivojlanishiga tajovuz qiladi.Oilada zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar orasida farzandkushlik ham uchraydi. Ammo bu jinoyatning kriminologik tavsifi ancha keng masala bo’lgani uchun uni yuqorida alohida ko’rib chiqdik.
Dostları ilə paylaş: |