Maxsus ta’LIm vazirligi


Voyaga yetmaganlar xamda yoshlar jinoyatchiligining sabablari va shart-sharoitlari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə36/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
kriminologiya modul

3. Voyaga yetmaganlar xamda yoshlar jinoyatchiligining sabablari va shart-sharoitlari.
Huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkoniyat yaratuvchi sabablar va omillar muammosi har qanday kriminologik tadqiqotda u yoki bu tarzda ko’rib chiqiladi, chunki u kriminologiyaning muhim muammolaridan biridir. Uni ilmiy o’rganish nafaqat nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Jinoyat sabablari nima-yu, uning omillari deganda nimani tushunish lozim, degan masala bizning kriminologik adabiyotlarimizda, afsuski, hanuzgacha aniq hal qilinmagan.
Aksariyat hollarda bu tushunchalar adashtiriladi yoki bir-biriga tenglashtiriladi. Aytilgan holatlar voyaga yetmaganlar huquqbuzarliklarining sabablari va omillari muammosiga ham taalluqli. Ushbu masalaga nisbatan har xil yondashuvlar mavjud. Ayrim olimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari jumlasiga quyidagilarni kiritadi: yashash, o’qish yoki ish joyidagi muhitning salbiy ta’siri; o’qishni tashlab ketgan o’smirlar uzoq vaqt muayyan ish bilan shug’ullanmasligi; o’smirning noto’g’ri tarbiyalanishini belgilovchi shart-sharoit omillari; yoshi katta jinoyatchilarning dalolatchiligi; zo’ravonlik va qonunsizlikni ifodalovchi kitoblar va filьmlar ta’siri.
Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining omillari sifatida quyidagilar qayd etiladi: nazoratsizlik; umumiy ta’lim maktablari va kollejlarda ta’lim-tarbiya ishlarida mavjud kamchiliklar; ishga joylashtirishda hamda ishlab chiqarishda tarbiya ishlarini tashkil etishda mavjud kamchiliklar; madaniy hordiq chiqarishni tashkil etishdagi kamchiliklar; voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining oldini olish hamda unga qarshi bevosita kurash olib borish vazifalari zimmasiga yuklangan organlar faoliyatidagi kamchiliklar.
Ayrimlar voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining sabablari qatoriga quyidagilarni kiritadi: o’smirning kayfiyati va ruhiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi hayotdagi muvaffaqiyatsizliklar; ma’naviy va axloqiy mo’ljallarning beqarorligi; shaxslar jinoiy guruhi bilan yaqin aloqada bo’lish yoki muayyan sharoitda ular o’smirga salbiy ta’sir ko’rsatishi; ruhiyatining ayrim xususiyatlari; oila yoki jamoadagi noqulay shart-sharoitlar.S.S.Ostroumov va N.F.Kuznetsova fikriga ko’ra, oiladagi tarbiyada yo’l qo’yilgan xatolar huquqbuzarliklar sodir etishning sabablari emas, balki omillaridir. I.I.Karpets nazoratsizlikka ichkilikbozlik bilan bir qatorda jinoyatga shart-sharoit yaratuvchi omil sifatida qaraydi40.
Huquqbuzarliklarning sabablari va omillari tushunchalari materialistik dialektika kategoriyalarining muayyanlashtirilgan ko’rinishlari hisoblanadi. Demak, «sabab» va «omil» falsafiy kategoriyalarini tushunib yetmasdan kriminologiyada ularni ilmiy talqin qilish va qo’llash mumkin emas.Sababiy aloqalar – determinatsiya munosabatlari turlaridan biri. Determinatsiya – bu hodisalar o’zaro aloqasining shundan bir usuliki, bunda bir hodisaning yuzaga kelishi boshqa hodisalar bilan belgilanadi. Determinatsiya munosabati bir tomondan belgilovchi omillar (determinantlar)ni nazarda tutsa, boshqa tomondan – belgilangan natija (hosila)ni nazarda tutadi. Determinizm umumiy printsipiga ko’ra, voqealar muayyan tarzda yuz beradi va ular yuzaga kelishi mobaynida kechadigan jarayonlar belgilovchi omillar majmuidan tarkib topadi.Falsafiy adabiyotlarda determinatsiya jarayonining quyidagi tarkibiy qismlari farqlanadi: 1) shart-sharoit; 2) faoliyat;3) harakat (oqibat, natija).
Shart-sharoit deganda mazkur hodisa yoki uning xossalari yuzaga kelishi, mavjud bo’lishi, o’zgarishi yoki yo’qolishini belgilovchi muhim omillar majmui tushuniladi. U yoki bu hodisa ma’lum joyda tegishli shart-sharoit yuzaga kelgan holdagina yuz berishi mumkin va muayyan shart-sharoit mavjudligi tufayli mavjud bo’lishi mumkin.«Shart-sharoit» tushunchasidan «muhit» tushunchasini farqlash lozim. So’nggi zikr etilgan tushuncha nafaqat shart-sharoit sifatida amal qiladigan omillarni, balki mazkur hodisada ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan bilvosita omillarni ham o’z ichiga oladi. Bu qoida kriminologik tadqiqotlar uchun ayniqsa muhim, chunki ijtimoiy muhitda jinoyat sodir etilishiga imkoniyat kriminogen omillarni ham, bilvosita omillarni yoki kriminogen omillarga qarshi omillarni ham e’tiborga olish lozim. Shart-sharoitga aylanuvchi omillar belgilangan hodisa yuz bergunga qadar tasodifiy holatlar majmui sifatida mavjud bo’ladi.
Shunday qilib, o’z holicha mavjud bo’lgan muayyan omillar determinatsiya jarayonida o’zalari belgilayotgan hodisaga nisbatan shart-sharoitga aylanadi. Shart-sharoitning mavjudligi hodisa yuz berishi mumkinligini anglatadi. Qanday qilib imkoniyat borliqqa aylanadi, nimaning ta’sirida harakat (oqibat) paydo bo’ladi? Determinatsiya jarayonining mazkur unsuriga xos bo’lgan faoliyat – sabab ta’sirida. Demak, sabab shart-sharoitni harakatga aylantiruvchi faol asosdir. Sababni faqat uning oqibati orqali tushunish mumkin va aksincha, oqibatning tabiatini faqat uning sababi orqali aniqlash mumkin, chunki ular bir-birini taqozo etadi41.
Sabab-oqibat bog’lanishlarini aniqlashga nisbatan to’rt xil yondashuvni farqlash mumkin:
1)«Kanditsionalistik» (shartli) yondashuv sabab deganda mazkur oqibat uchun zarur va yetarli bo’lgan holatlar majmuini tushuniladi42.
2) An’anaviy yondashuv. Bunda tashqi ta’sir mazkur oqibatning sababi hisoblanadi. Kriminologiyada jinoyatlar ular sodir etilgan sharoit hamda boshqa shaxslar, shu jumladan jabrlanuvchilar xulq-atvori bilan bevosita bog’lanadi. Shuni ta’kidlash lozimki, kriminologiyada sababiyatning «an’anaviy» talqini tor xususiyatga ega bo’lib, deyarli hech qachon yakka holda qo’llanilmaydi, balki doim boshqacha yondashuvlar bilan to’ldiriladi.
3) An’anaviy-dialektik yondashuv keng tarqalgan va kriminologik adabiyotlarda ancha puxta ishlab chiqilgan yondashuv hisoblanadi. Unga ko’ra, mazkur oqibatni yuzaga keltiruvchi hamma narsa sababdir. Muayyan tashqi holatlar ta’sirida ob’ektda o’zgarishlar yuz berishi mumkin. Ayrim mualliflar salbiy ijtimoiy-ruhiy hodisalar va jarayonlarni jinoyatchilik va jinoyatning «bevosita» sababi deb hisoblaydi.
Bundan «Jinoyatchilik sabablari doim ijtimoiy-psixologik tabiatga ega bo’ladi», degan xulosa kelib chiqadi. Bu ijtimoiy-psixologik muammolar kriminologiyada ikki yo’nalishda, birinchidan, jinoiy xulq-atvor va jinoyatchilikning genezisini aniqlash nuqtai nazaridan, ikkinchidan, ko’rib chiqilayotgan hodisaga qarshi kurash, shu jumladan huquqbuzarliklarning oldini olish nuqtai nazaridan o’rganilishi lozim. Shaxsni kriminologik jihatdan o’rganishda uni ijtimoiy muhitga bog’lab tahlil qilish muhimdir, chunki jinoiy xulq-atvorni muhit yoki shaxsning o’zi emas, balki ularning o’zaro ta’siri yuzaga keltiradi.Binobarin, ijtimoiy shart-sharoitning jinoiy xulq-atvor bilan aloqasi murakkab xususiyat kasb etadi, bunda ijtimoiy shart-sharoit doim jinoyatda shaxs orqali namoyon bo’ladi.
Jinoyatchilikning ijtimoiy-psixologicheskix jihatlari to’g’risida so’z yuritganda, jinoyatchilik jinoyatlarning oddiy yig’indisi yoki majmui emasligini, u o’z qonuniyatlari, miqdor va sifat ko’rsatkichlariga ega ekanligini qayd etib o’tish lozim. Jinoyatchilikning asosiy sabablarini aniqlash uchun jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishini, uni belgilovchi aloqalar va munosabatlarni o’rganish va ularni jinoyatchilikka bog’lab tahlil qilish kerak. Jinoyatchilik mintaqaviy xususiyatlarga ham bog’liq bo’ladi. Binobarin, uni ham alohida o’rganish lozim. Mikromuhitni hisobga olish ham muhim ahamiyatga ega, chunki shaxs xulq-atvori, uning shakllanishi oilaga, uning do’stlari, tanishlari, qo’shnilari va hokazolar muhitiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi kattalar jinoyatchiligi bilan bir xil sabablarga ega, biroq ularning voyaga yetmaganlar jinoyatchiligiga ta’sir ko’rsatish mexanizmi ancha farq qiladi. Bu sabablar shaxsning shakllanishiga sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Mazkur tarbiya tashkiliy va stixiyali jihatlarni, tarbiya hamda tegishli ijtimoiy amaliyot ta’sirini o’z ichiga oladi.43


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin