2.Zo’rlik ishlatib jinoyat sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifi.
Jinoyatchilikning umumiy tarkibida tahlil qilinayotgan jinoyatlar ulushi uncha katta emas (1995 yilda ular jamuljam holda jinoyatlar umumiy sonining 6% dan ko’prog’ini tashkil etdi). Masalan, tamagirlik niyatida qasddan odam o’ldirish uchun hukm qilingan shaxslar soni 1992 yilga nisbatan 1993 yilda 34,5% ga, bosqinchilik uchun hukm qilinganlar soni –85,7% ga, tovlamachilik uchun hukm qilinganlar soni – 65% ga, zo’rlik ishlatish yo’li bilan sodir etilgan talonchilik uchun –84,8% ga ko’paygan. Ayni vaqtda, 1995 yilda sudlanganlik ko’rsatkichlarining ma’lum darajada pasayishi bz bergan. Tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlar asosan katta shaharlarda sodir etiladi64.
Toshkentda mazkur jinoyatlar uchun 1991 yilda hukm qilinganlar soni 6,8% ni, 1992 yilda – 6,9% ni, 1993 yilda – 7,1% ni, 1994 yilda – 7,6% ni tashkil etgan; mazkur jinoyat uchun hukm qilinganlar umumiy sonining yetti foizdan ko’prog’i Samarqand, Nukus, Navoiy va Farg’ona shaharlarida javobgarlikka tortilgan.Quyidagi jadvalda jinoiy qilmishlar sodir etilgan joylar keltirilgan:
-
Tamagirlik
niyatida
zo’rlik
ishlatib
jinoyat so-
dir etilgan
joy
|
bosqin-
chilik
|
tovlamachilik
|
zo’rlik
ishlatib
sodir
etilgan ta-
lonchilik
|
tamagirlik
niyatida
odam o’ldi-
rish
|
banditizm
|
SHahar
|
83
|
82.5
|
91.5
|
86.5
|
1000
|
Ishchilar
shaharchasi
|
9.0
|
10.5
|
5.0
|
9.0
|
-
|
Qishloq
|
8.0
|
7.0
|
4.0
|
4.0
|
-
|
Aholi
yashaydigan
joydan
tashqarida
|
-
|
-
|
0.5
|
0.5
|
-
|
jami
|
100%
|
100%
|
100%
|
100%
|
100%
|
Statistika ma’lumotlariga ko’ra, 1996 yilda O’zbekiston aholisi 23 mln. kishini tashkil etgan. Jami aholining 40% dan ko’prog’i shaharlarda, 60% ga yaqini qishloqda yashaydi65. Tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatib jinoyat sodir etgan o’smirlar masalasiga kelsak, ularning 87% shaharlarda yashagan. Bunda tahlil qilinayotgan jinoyatlar uchun hukm qilingan voyaga yetmagan shaharliklarning aksariyatini viloyat markazida yashovchi o’smirlar tashkil etgan. Hukm qilingan qishloqlik o’smirlarning eng katta ulushini shaharlar va tuman markazlari yaqinida joylashgan qishloqlar va shaharchalarda yashovchilar tashkil qilgan.
Qishloqda tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatib sodir etiladigan jinoyatlarning kamligi, bizning nazarimizda, o’smirlar va yoshlar bu yerda ota-onasi, qarindoshlari va tanishlarining doimiy nazorati ostida bo’lishi bilan izohlanadi. Bu yerda maktab bilan ota-onalar ham yaqinroq aloqa qiladi, ko’rsatib o’tilgan omillar jinoyatlarning oldini olish, ularni ilk alomatlari namoyon bo’lgan zahoti to’xtatish imkonini beradi. Boz ustiga, qishloqda begona shaxslar kam, hamma bir-birini taniiydi, bu esa o’g’irlangan molni yashirish va sotishda muayyanti qiyinchiliklar tug’diradi.O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi statistik ma’lumotlarining tahlili ko’rsatib o’tilgan ijtimoiy xavfli qilmishlar ko’proq Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlarida sodir etilishini ko’rsatdi. Bu viloyatlarda tuman va viloyat sudlarida har yili 30-50 jinoyat ishi ko’riladi. O’zganing shaxsiy buyumlarini egallash maqsadida bosqinchi
lik, o’zganing mulkini talonchilik yo’li bilan zo’rlik ishlatib egallash kabi, ko’chada sodir etiladi: mazkur jinoyatlarning 83% shaharlar va shaharchalarning ko’chalarida sodir etilgan. Kriminologik tadqiqotlar zo’rlik ishlatish yo’li bilan talonchilik hamda bosqinchilik jinoyatlari asosan jamoat joylarida, chunonchi: ko’chalarda – 39,5%, korxonalar hududida – 5%,davlat, jamoat, kooperativ, har xil tadbirkorlik tashkilotlari va muassasalarida – 19%, avtostantsiyalar, vokzallar, aeroportda – 3,9%, xiyobonlar, bog’larda – 8%, bozorlarda – 2,5%, uylar, oilaviy, yoshlar va ishchilarning umumiy yotoqxonalarida – 18%, boshqa joylar (kafe, restoranlar, poezd vagonlari, barlar, garajlar, hojatxonalar)da – 4,1% sodir etilishini ko’rsatadi.
Yo’llarda taksi haydovchilari va avtotransport egalarini talash va ularga nisbatan bosqinchilik hujumlari uyushtirish, fuqarolarga ularning turar joyiga kirib hujum qilish ham tarqalgan. Talonchilik, bosqinchilik hamda tamagirlik niyatida odam o’ldirish xususiy shaxs tomonidan oson pullanadigan va iste’mol qilinadigan joylarda ko’p sodir etiladi. Jami hollarning 49% da tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatish jinoyatchi yashaydigan yerda, 51% - boshqa aholi yashaydigan joyda, shulardan 7% - qo’shni davlatlar: Qozog’iston, Tojikiston, Qirg’iziston, Turkmaniston, Rossiyada sodir etilgan. Binobarin, jinoyatchilar o’zlarini tanib qolishlaridan qo’rqib, boshqa davlatda jinoyat sodir etgan. Bosqinchilik hujumlari, talonchilik ko’proq qishda sodir etiladi – 29%; bahorda, yozda va kuzda bu jinoyatlar ulushi tegishli ravishda 26%, 24% va 21% ni tashkil etadi. Mazkur jinoyatlar ko’proq qishda sodir etilishi qulay shart-sharoit mavjudligi bilan izohlansa kerak: qishda qorovullar sovuqdan qochib, postni tashlab ketadi yoki qorovulxonada elektr isitgichni yoqib o’tiradi va h.k.
Qishda fuqarolar ancha qimmat turadigan issiq kiyimlar (mo’yna telpak, po’stin,issiq palьto, etik va sh.k.) kiyadi.Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra, tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatish hollarining 13% soat 00 dan 09 gacha, 10% - soat 09 dan 15 gacha, 21% - soat 15 dan 19 gacha, 30% - soat 19 dan 22 gacha, 27% - soat 22 dan 24 gacha sodir etilgan. Xulosa qilib aytganda, ko’rsatib o’tilgan jinoyatlarning aksariyati (69%) kechqurun va tunda, ko’pincha soat 18.00 dan 24.00 gacha sodir etiladi.Tadqiqotlarimiz natijasiga ko’ra, jami holatlarning 59% da ruhiy zo’rlik, ya’ni zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish, 38% da – jismoniy zo’rlik ishlatilgan va faqat 3% da jinoyatchi jabrlanuvchining mulkini aldov yo’li bilan, jismoniy yoki
ruhiy zo’rlik ishlatmasdan egallagan. Bu jinoyatlarning har ikkitasidan birida jinoyatchilar og’zaki do’q-po’pisani o’qotar, sovuq qurol yoki qurol o’rnida ishlatilgan boshqa narsani ko’rsatish yo’li bilan mustahkamlagan.
Jinoyatchilar ishlatgan jismoniy zo’rlik xususiyati har xil:
qo’l bilan urish, tepkilash, bolta, pichoq, temir zanjir va boshqa narsalar bilan zarba berish, o’qotar qurol ishlatish va h.kAksariyat hollarda jismoniy zo’rlik qo’rqitish jinoyatchilarga istalgan natijani bermaganidan keyin ishlatilgan. Hukm qilinganlarning 59% zo’rlik ishlatish harakatlarini bir usulda amalga oshirgan (bo’g’ziga pichoq tiragan, jabrlanuvchiga boshqa chorasi yo’qligini anglatishga harakat qilgan, agar tushunmasa, qurol ishlatgan, bo’yniga sirtmoq solgan, orqadan kelib boshiga zarba bergan, oyog’idan osib qo’ygan, yerto’laga, muzlatgichga qamab qo’ygan), 33% har xil (jabrlanuvchining o’zini tutishiga qarab) ish ko’rgan va faqat 8% «ixtisoslashgan», ya’ni santexnik, tele-, radio-, audio-, video yoki telefon ustasi, JEK xodimi niqobida turar joyga kirgan. Tadqiqotlar har yuz holatdan yetmishtasida jinoyatchilar turar joyga pochtal`on, vrach, sug’urta idorasi, maishiy xizmat ko’rsatish, militsiya xodimi niqobida, yigirma oltitasida – tanishlar, qarindoshlar niqobida yoki ularning nomidan, qolgan hollarda – zo’rlik ishlatib, eshik yoki derazani buzish yo’li bilan kirganligidan dalolat beradi66.
Zo’rlik ishlatib talonchilik, bosqinchilik va tovlamachilik sodir etishda jinoyatchilar ko’pincha o’z do’q-po’pisalarini amalga oshirganlar. Masalan, har bir o’n bir holatning birida jabrlanuvchiga odatda hayot uchun xavfli og’ir shikast, deyarli har olti holatdan birida – o’rtacha og’ir va yengil shikast yetkazilgan. Aksariyat hollarda (89%) jismoniy zo’rlik mulk egasi bo’lgan jabrlanuvchiga va har yuz holatdan o’n bittasida mulk egasi bo’lmagan shaxslarga, ruhiy zo’rlik esa – nafaqat mulk egasiga, balki uning yaqinlari: ota-onasi, buvasi, buvisi, xotini, eri, bolalariga (29%) nisbatan ishlatilgan.
Jinoiy jazoga loyiq qilmishlar predmetini chet el valyutasi, pullar, qimmatli qog’ozlar, avtomashina, audio va videoapparatura, magnitofonlar, shuningdek mo’yna telpak, gilam, po’stin, charm kamzul, zargarlik buyumlari, spirtli ichimliklar, oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etgan. Har ikki jinoyatdan birida jinoyatchilar pullarni, har o’n jinoyatdan birida –valyutani, har uch jinoyatdan birida – billur idishlar va kiyim-kechaklarni egallaganlar. O’g’irlangan buyumlar orasida kumush, tilla sirg’alar, uzuklar va boshqa zargarlik buyumlarining ulushi 31% ni, spirtli ichimliklar (konьyak, brendi, viski, aroq, shampan vinosi, musallas) ulushi – 9% ni tashkil etgan. Ko’rsatilgan jinoyatlarni sodir etishda olib qo’yilgan shaxsiy buyumlar qiymati ancha katta bo’lgan. Ko’p miqdorda sodir etilgan tamagirlik niyatidagi zo’ravonlik jinoyatlari 51,5% ni, juda ko’p miqdorda sodir etilgan shunday jinoyatlar –15,5% ni tashkil qilgan.Tadqiqotlar jinoyatchilar odatda jinoyatga oldindan tayyorlanmasligini ko’rsatadi – 74, 5%; barcha jinoyatlarning 25,5% dagina qurol, avtotransport oldindan qidirib topilgan, jinoyat sodir etish uchun ob’ektlar tanlangan, rejalar tuzilgan, vazifalar taqsimlangan va h.k. Mahkumlarning 36% o’z harakatlarini yashirin tarzda boshlagan, ya’ni ular o’g’rilik yo’li bilan o’zganing mulkini egallashga harakat qilgan, harakatlari oshkor bo’lganidan keyingina bosqinchilik hujumiga yoki zo’rlik ishlatib talonchilik qilishga kirishgan. Jinoyatchilarning 9% ga yaqini qurol yoki giyohvandlik vositalarini egallash maqsadida jinoyat sodir etgan. Har yuz jinoyatdan yetmish to’qqiztasida o’qotar qurol, yigirma bittasida – sovuq qurol yoki boshqa narsalar qurol sifatida ishlatilgan.
Tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatish asosan odamlar ko’z o’ngida sodir etiladi. Biroq, tadqiqotlarda «Jinoyat sodir etishingizga chetdan biror odam to’sqinlik qilish niyatida aralashganmi?», degan savolga so’ralganlarning faqat 5% “ha” deb,95% - “yo’q” deb javob bergan.1993 yilda o’tkazilgan tadqiqotlar jinoyatchi talonchilik,bosqinchilik va tovlamachilik kabi jinoyatlarni odamlar ko’z o’ngida sodir etishda ularning bir qismi “och qornim – tinch qulog’im” mataliga amal qilib, xavfli tajovuzni to’xtatish bo’yicha faol choralar ko’rmasligiga umid qiladi. Ko’pgina mahkumlar agar fuqarolar ularning harakatlarini to’xtatishga harakat qilganlarida, jinoyatni sodir etishning iloji bo’lmas edi, deb qayd etganlar. O’z jismoniy holatiga ko’ra ko’z o’ngida sodir etilayotgan jinoyatlarni to’xtatishga qodir bo’lgan fuqarolarning aralashmasligi o’zi jabrlanishdan qo’rqish, jabrlanuvchining taqdiriga befarqlik bilan izohlanadi. Tadqiqotlarning natijalari tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatib sodir etilgan jinoyatlarning umumiy tarkibida so’nggi yillarda gruppaviy jinoyatlar ulushi ko’payib borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, 1977 yilda guruhga qo’shilib jinoyat sodir etgan shaxslar mahkumlar umumiy sonining 60-70% ni tashkil etgan bo’lsa, 1994 yilda bu ko’rsatkich 80% ga yetdi. Voyaga yetmaganlar har yuz holatdan yetmish oltitasida guruhga qo’shilib bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik sodir etgan.
Amaliyotni o’rganish muayyan shaxslarga nisbatan tovlamachilik cheksiz davom etishi mumkin emasligini ko’rsatadi. Pirovardida qarama-qarshi taraflar o’zaro kelishib, jinoiy faoliyatni amalga oshirish vazifalarini o’rtada taqsimlaydi67.Bizning ma’lumotlarimizga ko’ra, talonchilik jinoyatlarining 17% ga yaqini, bosqinchilik hujumlarining 19% turar joyga kirib sodir etilgan. O’tkazilgan tadqiqot natijalari mamlakatimizda jazoni o’tagan shaxslar tomonidan zo’rlik ishlatib talonchilik qilish 24%ni, bosqinchilik qilish - 26%, tamagirlik niyatida odam o’ldirish – 26%, tovlamachilik – 27% ni tashkil etganligidan dalolat beradi. 1970-1975 yillarda axloq tuzatish-mehnat muassasalarida ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o’tagan mahkumlarni maxsus ro’yxatga olish natijalariga ko’ra talonchilar va bosqinchilar barcha retsidivistlarning 10% dan ko’prog’ini tashkil etgan68 bo’lsa, hozirda bu ko’rsatkich O’zbekistonda 12,5% ni tashkil qiladi.
Jinoyatlar sodir etishda huquqni muhofaza qilish organlarining xodimlari va fuqarolar birgalikda ishtirok etganligi aniqlandi. Bunday holatlar Qoraqalpog’iston Respublikasi, Andijon, Farg’ona viloyatlari va boshqa viloyatlarda aniqlandi. Masalan, Qoraqalpog’istonda Qo’ng’irot tuman IIB xodimlari Izbosarov va Nisonboev jinoyatchilar bilan til biriktirib harakat qilgan. Qoraqalpog’iston IIVning iqtisodiy jinoyatlar bo’yicha xodimi Aymonov ham jinoyat sodir etgan. Qoraqalpog’iston IIV jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig’ining o’rinbosari Tatlimurodov o’z ukalari va bir nechta tanishlari bilan birga uyushgan guruh tashkil qilgan va uning faoliyatida faol ishtirok etgan. Ular odam o’ldirgan, nomusga tegish, talonchilik kabi jinoyatlar bilan shug’ullangan, jabrlanuvchilarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo’lib, izlarni yashirishga harakat qilgan. Boshqa bir holatda Nukus shahar prokuraturasining prokuror yordamchisi Seitnazarov reketchilar bilan birga tovlamachilik jinoyatlari sodir etgan.Tamagirlik niyatida zo’rlik ishlatib sodir etilgan jinoyatlardan jabrlanganlar asosan erkaklar bo’lgan – 87%, ayollar soni atigi 13% ni tashkil etgan. 40 dan ortiq shunday qilmishlar chet el fuqarolari: qo’shma korxonalarning xodimlari,tijoratchilar, turistlar va boshqa shaxslarga nisbatan sodiretilgan69.
Dostları ilə paylaş: |