Maxsus ta’LIm vazirligi


Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish choralari va sub’ektlari



Yüklə 268,88 Kb.
səhifə41/91
tarix27.03.2023
ölçüsü268,88 Kb.
#90518
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
kriminologiya modul

4. Oilada sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish choralari va sub’ektlari.
Oilada, oilaga qarshi sodir etiladigan jinoyatlarning nazariy negizini oila kriminologiyasi ishlab chiqadigan oilani kriminologik tuzatish kontseptsiyasi tashkil etadi. U jinoiy xulq-atvor sabablariga qarshi oila imkoniyatlaridan foydalanish chora-tadbirlari tizimini nazarda tutadi59.Oilaviy munosabatlarga kriminologik tuzatish kiritish umumiy (profilaktik) choralar tizimidan iborat, chunki oilaga ta’sir ko’rsatish yo’li bilan nafaqat oiladagi jinoyatlarning, balki boshqa barcha jinoiy qilmishlarning ham oldini olish mumkin.
Shaxsning jinoiy moyilliklariiko’pincha oilada shakllanadi. Shu bois oiladagi jinoyatlarning oldini olish borasidagi maxsus choralar haqida gapirishdan oldin quyidagi choratadbirlarni amalga oshirish zarurligini qayd etish lozim:
- oila a’zolariga oilaning salbiy ta’siriga barham berish uchun shart-sharoit yaratish;
- muayyan nizolarni hal qilish;
- oilaning ijobiy imkoniyatlaridan foydalanish;
- oila institutidagi qarama-qarshiliklarga chek qo’yish.
Bu chora-tadbirlar jinoyatchilikning umumiy darajasi pasayishiga imkoniyat yaratadi.
Oiladagi jinoyatlarning oldini olish choralarini bir necha guruhga ajratish mumkin:
1) Oiladagi kriminogen ta’sir o’choqlarini aniqlash choralari.Bu guruhga beqaror oilalarni, ilgari sudlanganlar hamda huquqbuzarlar yashaydigan oilalarni, oilalardagi salbiy ta’sir manbalarini, janjal chiqqan oilalarni, bolalarning nazoratsizlik holatlarini aniqlash choralari kiradi.Bu choralar oilaviy barqarorlik, ilgari sudlanganlarning oilaviy holati, maktabda darslarga qatnamayotgan bolalar haqidagi ma’lumotlar yig’ish va umumlashtirish yo’li bilan amalga oshirilishi mumkin.
2) Beqaror oilalarni hisobga olish va ularni surunkali nazorat qilishni ta’minlovchi choralar. Bunday oilalar har bir tumanda yagona organda to’planishi, ushbu axborot beqaror oilalarga yordam ko’rsatishga qodir organlarga yuborilishi, zarur choralar ko’rilishi ustidan nazorat olib borish lozim.
3) Oilani qo’llab-quvvatlash choralari. Oilaviy hayotni rag’batlantirish, oilalarga moddiy va turar joy muammolarini yechishda ko’maklashish, oilali shaxslarni ish bilan ta’minlash masalalarini hal qilish kerak. Bu maqsadga erishish uchun sog’lom oila turmush tarzini targ’ib qilish, bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash lozim.
Davlatimiz siyosatining asosiy vazifalaridan biri aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazishni islohotlarning ilk bosqichida faol ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida qayd etganligi bejiz emas. Bunda O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan bo’lishi kerakligi ta’kidlandi.
Bu masalani biz 2017 yil 7 fevralda Prezident Sh.Mirziyoevning “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyaisini qabul qilish to’g’risida”gi PF 4947 sonli Farmonda 2017-2021 yillarga belgilangan 5 ta ustuvor yo’nalish bo’yicha davlat dasturlari har bir yilda qabul qilindi.Prezidentning tashabbusis bilan “Sektorlarga bo’lib aholi muammolari hal etish” tizimi, Ayollar va yoshlarnini muammolarini o’rganish bo’yicha yangi tashkil etilgan tizimlar “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va boshqa tadbirlar aynan oilalarni qo’llab quvvatlash, aholining bandligi ta’minlash va huquqbuzarlik, hamda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ijtimoiy mavjudlikning yangi tizimidan asosan bolalar va kam ta’minlangan oilalar foydalanadi.1994 yilning oktyabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi – farmonga binoan ayni mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Bola boquvchi onalarga nafaqa to’lanadi. Bunda to’lanayotgan nafaqaning miqdori ko’paytirilishidan tashqari, uning muddati ham uzaytirildi. Onalarga nisbatan ijtimoiy adolat tiklandi va bu narsa ko’pgina oilalar uchun muhim madad bo’ldi. Shunday qilib, bunday choralar oilani qo’llab-quvvatlash maqsadida ko’rilishi lozim. Bu oilada ziddiyatlarni yumshatishga yordam beradi va natijada mazkur sohada jinoyatlar soni kamayishiga imkoniyat yaratiladi.
4) Bolalar nazoratsizligining oldini olish chora-tadbirlari. Oilada bolalar tarbiyasiga ko’proq e’tibor berish, ular nima bilan shug’ullanayotganligini nazorat qilish, ota-ona va bolalar o’rtasida yaqin aloqalar o’rnatish lozim.
5) Oilaviy dam olish jabhasini rivojlantirish choralari. Oilaviy dam olishni tashkil etishning har xil shakllarini rivojlantirish: dam olish uylari, madaniyat saroylari, sport maktablari, madaniyat va istirohat bog’lari ishini tiklash kerak.
6) Oiladagi munosabatlarga psixologik tuzatish kiritish choralari.
Oiladagi munosabatlarni sog’lomlashtirishga, oila a’zolari o’rtasidagi muammolarni bartaraf etishga ko’maklashuvchi maxsus xizmatlar tashkil etish lozim.
7) Oilaga kriminologik ta’sir ko’rsatish choralarini muttasil takomillashtirish choralari – respublika va mahalliy darajalarda oilani muhofaza qilish va barqarorlashtirish, unga har xil madad ko’rsatishni ta’minlash yuzasidan tavsiyalar berishdan iborat. Buning uchun oilaga ijobiy ta’sir ko’rsatish yuzasidan takliflarni umumlashtirish, tahlil qilish va tizimga solish, har bir tumanda oilaga va yosh avlodga ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqish uchun mutaxassislarning keng doirasi (psixologlar, pedagoglar va h.k.)dan tashkil topgan maxsus maslahat komissiyalari tuzish lozim.
Ko’rsatib o’tilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish turli organlar: ichki ishlar boshqarma va bo’limlari, ijtimoiy ta’minot bo’limlari, aholini ish bilan ta’minlash organlari, turar joy-kommunal xizmat muassasalari, Xalq ta’lim vazirligi,Sog’liqni saqlash vazirligining bo’limlari va boshqarmalari,voyaga yetmaganlar bilan ishlovchi komissiyalar va hokazolar zimmasiga yuklanishi mumkin. Negizini mahallalarning fuqarolar yig’inlari tashkil etuvchi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari ham oila jabhasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Oiladagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida davlat miqyosida «Oilani rejalashtirish», «Onalik va bolalikni muhofaza qilish», «Tarbiyasi og’ir o’smir», «Otalar va bolalar» kabi maqsadli dasturlar qabul qilish mumkin. Bu dasturlarga oila siyosatining ustuvor yo’nalishlarini aks ettiruvchi eng muhim qoidalar, chunonchi:
- oilani qadriyat sifatida barqaror etish;
- oila hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- oilalarga maxsus yordam ko’rsatish tizimlarini tashkil etish;
- oilani rejalashtirish dasturlarini amalga oshirish;
- onalik va bolalikni ijtimoiy va tibbiy himoya qilish;
- oila a’zolari o’rtasida yaxshi aloqalar o’rnatilishiga ko’maklashish;
- oilada zo’rlik ishlatilishining oldini olish kiritilishi lozim.
Turmush shart-sharoitlarini hisobga olib, oila to’g’risidagi qonun hujjatlarini rivojlantirish kerak. Nihoyat, oiladagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida bolalarga bog’cha yoshidan boshlab oilada zo’rlik ishlatishga qarshi psixologik immunitetni singdirish, kattayu kichikka hurmat ruhida tarbiyalash, stressli vaziyatlarda o’z emotsiyalarini nazorat qilishni o’rgatish lozim.


Yüklə 268,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin