Ayiruv a’zolari tizimi Ayiruv tizimining solishtirma fiziologik tahlili. Buyrak, tuzilishi va ayiruv faoliyati.
Nefron, SHumlyanskiy tanasi va uning tuzilishi. Buyrak yo‘llari.
Buyrakda qon aylanishning o‘ziga xos xususiyatlari. Olib keluvchi va olib ketuvchi
yo‘llar va ularning SHumlyanskiy tanachalari bilan bog‘liqligi.
Tugunlardagi fil’tratsiya. Birlamchi siydik tarkibi. Reabsorbtsiya. Glyukoza,
aminokislota va boshqa birikmalarning reabsorbtsiyalanish mexanizmlari. Nefronlarda
natriyning tashilishi. Buyrakning har xil qismlaridagi to‘qima suyuqligining osmotik bosimi.
Siydik yig‘ilishi va tarkibi.
Buyrak faoliyati va tuz tarkibi doimiyligining gormonal boshqarilishi. Renin-angeotenzin
tizim. Al’dosteron. Antidiuretik gormon. Siydik qovug‘i va siydik ajralishi. Oliguriya va anuriya.
Siydik chiqarish mexanizmi. Qo‘shimcha ajratish a’zolari.
Ter bezlarining ayiruv faoliyati. Ter bezlari. Ter tarkibi va uni buyraklarni ayiruv
faoliyati buzilishida o‘zgarishi. Ter ajralishini boshqarilishi.
Jigar va o‘pkaning ekskretor faoliyati. Me’da-ichak traktining ayruv faoliyati
Modda va energiya almashinuvi Modda va energiya almashinuvi hayot kechirishning eng asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Modda almashinuvi bosqichlari. Modda va energiya almashinuvini o‘rganish. Modda
almashinuvi xillari: azot, karbonsuv, lipid, oqsil almashinuvlari, energetik va suv almashinuvi,
natriy, kaliy, kal’tsiy va fosfor almashinuvi.
Vitaminlar va ularning modda almashinuvidagi ahamiyati. Organizmda vitaminlarni
yetishmasligi.
Asosiy almashinuv. Asosiy almashinuvni tana yuzasiga bog‘liqligi to‘g‘risida. Rubner
qoidasi. Nafas olish koeffitsienti va uning axamiyati.
Markaziy asab tizimini boshqaruv ta’siri natijasida asosiy almashinuvni kecha-kunduz,
fasl va ekologik tebranishlar natijasida o‘zgarishi.
Modda va energiya almashinuvini o‘rganishning o‘smirlar, mehnat fiziologiyasi va
jismoniy tarbiya uchun ahamiyati. Ovqatlanish normasini tuzish. Oqsil optimumi muammolari.