Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalami hal qilish maqsadida qo‘llanadi



Yüklə 161,04 Kb.
səhifə5/10
tarix07.06.2023
ölçüsü161,04 Kb.
#126167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
DTIY

ISHONCHNOM A
Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat. Ishonchnomalar o‘z mazmuniga ko‘ra, mol-mulkni boshqarish, pul va moddiy-buyum boyliklarini olish, sud hamda notarial idoralarda, shuningdek, boshqa davlat va nodavlat idoralarda ish olib borish va boshqa ishlami amalga oshirishni ifodalaydi. 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 134-moddasida ishonchnomaga quyidagicha ta’rif berilgan: «Bir shaxs (ishonch bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxs (ishonchli vakil)ga uchinchi shaxslar oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat ishonchnoma hisoblanadi. Ishonchli vakil o‘ziga ishonchnoma bilan berilgan vakolatlar doirasida ish olib boradi». Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat berish kirn tomonidan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi. Rasmiy (xizmat sohasidagi) ishonchnomalar davlat muassasalari, kasaba uyushmasi, fermer xo‘jaligi, jamoat tashkilotlari muayyan lavozimli shaxsga uning muayyan tashkilot tomonidan ish yuritishga vakil qilinganini bildirish uchun beriladi. Bunday ishonchnomalar muassasa rahbari tomonidan imzolanishi va muhr bilan tasdiqlanishi kerak. Ayrim hollarda ishonchnoma qonun talabiga ko‘ra notarial tasdiqdan o‘tishi zarur bo‘ladi. Mazmun hamda vakolatning ko‘lamiga ko‘ra, ishonchnomalar bir martalik, maxsus va umumiy turlarga bo‘linadi. 269 Ma lumot-axborot hujjatlari Bir martalik ishonchnoma muayyan bir ishni amalga oshirish, vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki qimmat buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr davomida bir qancha bir turdagi vazifalami bajarish vakolatini beruvchi ishonchnomalar maxsus ishonchnomalar deyiladi (masalan, 2019-yil davomida sud-hakamlik idoralarida korxona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). Umumiy ishonchnoma muikni boshqarish bilan aloqador turli-tuman ishlami amalga oshirish huquqini beradi. Rasmiy ishonchnomalarda ulaming amal qilish (o‘z kuchini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir necha kundan bir necha yilgacha bo‘lgan (lekin uch yildan ortiq boim agan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilmagan bo‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil davomida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas. Ishonchnoma berilgan shaxs o‘z vakolatidagi harakatlami shaxsan amalga oshirishi shart. Mabodo ishonchnoma berilgan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga to‘g‘ri kelib qolsa, u harakatlami amalga oshirishni boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin. Boshqa shaxsga o‘tkazi:>h bo‘yicha ishonchnomaning amal qilish muddati uning berilishiga asos boigan asosiy ishonchnoi.ianing amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak. Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi tasdiqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarida ishonchnomaning barcha zaruriy qismlarini to‘g‘ri va aniq rasmiylashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o‘rin va ko‘rsatmalar mavjud. Bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan chog‘da ishonchnomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomoniga ishonchnoma beruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri qo‘yiladi. 270 Ishonchnoma Moddiy-buyum boyliklarini olish uchun ishonchnomalami rasmiylashtirish va berish borasida alohida qoidalar belgilangan. Bunday ishonchnomalar belgilangan shakldagi bosma ish qog‘ozlarida korxona rahbari va bosh hisobchisining imzosi bilan rasmiylashtirilib, faqat shu korxona xodimlariga berilishi mumkin. Rasmiy ishonchnomaning zaruriy qismlari: 1. Ishonchnoma beruvchi muassasaning nomi. 2. Ishonchnoma tartib raqami va berilgan vaqti (sanasi). 3. Ishonchnoma berilayotgan (ishonch bildirilayotgan) shaxsning lavozimi va to iiq nomi (ismi, otaismi, familiyasi). 4. Qimmatdor buyumlar olinadigan (beradigan) muassasaning nomi. 5. Ishonchnomaning beri 1 ish sababi. 6. Ishonchnomaning amal qilish muddati. 7. Ishonchnoma berilayotgan shaxs imzosining namunasi. 8. Moddiy-buyum boyliklarini oluvchining shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjatning nomi (pasport, guvohnoma). Ishonchnomaning zaruriy qismlari aniq, buzilmasdan, tuzatishlarsiz rasmiylashtirilishi kerak. Aks holda, moddiy buyum boyliklarini berish ruxsat etilmaydi, bunday ishonchnomalami rasmiylashtirish, berish va qayd etish tartibiga rioya qilish, shuningdek, ulardan foydalanish yuzasidan nazorat etish korxona bosh (katta) hisobchisining vazifasidir. Ishonchnomalaming ikkinchi turi sh a x s i y, ya’ni ayrim shaxs tomonidan boshqa bir shaxsga muayyan ishni bajarish uchun ishonch bildirib berilgan yozma hujjatdir. Muayyan tashkilotdan pul yoki qimmatdor buyum, zaruriy hujjatlar olish, avtomobilni boshqarish, oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirish, mulkni boshqarish va boshqa xususiy ishlami bajarish uchun ishonch bildiriladi. Shaxsiy ishonchnomalaming eng ko‘p tarqalgani pul (maosh, nafaqa va boshqalar) olish uchun yozilgan ishonchnomadir. Bunday yozma vakolat ba’zan vakolat beruvchining 271 Ma ‘lumot-axborot hujjatlari talabi, xohishi bilan notarial tasdiqlanishi ham mumkin, lekin uni majburiy notarial tasdiqdan o‘tkazish shart emas. Ishonch bildiruvchi shaxsning imzosi u ishlayotgan yoki o ‘qiyotgan joy rahbariyati, u yotib davolanayotgan tibbiy muassasa ma’muriyati, harbiy qism qo‘mondonligi va shu kabilar tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Shaxsiy ishonchnoma erkin usulda, odatda, qo‘lda yoziladi, lekin unda, albatta, quyidagi zaruriy qismlar bo‘lmog‘i kerak: 1. Hujjatning nomi (Ishonchnoma). 2. Ishonch bildiruvchining to‘liq nomi (ismi, otaismi, familiyasi). 3. Ishonchli shaxs (ishonchnoma berilgan shaxs)ning to‘liq nomi. 4. Ishonchnoma mazmuni (topshirilgan vazifalami aniq ko‘rsatish). 5. Topshirilgan vazifalar amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muassasaning nomi. 6. Ishonch bildiruvchining imzosi. 7. Berilgan (yozilgan) vaqti. 8. Ishonch bildiruvchining imzosini tasdiqlagan shaxsning lavozimi va imzosi. 9. Ishonch bildiruvchining imzosi tasdiqlangan sana va yumaloq muhr. Ishonchnoma yozishda quyidagilarga e’tibor berish kerak: ishonchnomaning zaruriy qismlari mazkur tartibda bo‘lishi ham mumkin, shuningdek, uning 3-raqamli qismi 5-raqamli qismidan so‘ng yozilishi ham mumkin; zarur hollarda ishonch bildirgan shaxsning lavozimi, yashash joyi, ishonchnoma berilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport) m a’lumotlari ham ishonchnomada aks etishi mumkin; agar ishonchli vakil olishi kerak bo‘lgan pul yoki qimmatdor buyum miqdori aniq bo‘lsa, ular aw al raqam bilan, keyin qavs ichida so‘z bilan yozib ko‘rsatilishi mumkin; 7-raqamli va 8-raqamli qismlari orasida tasdiqlovchining «....ning imzosini tasdiqlayman» degan qaydi joy oladi. 272 Ishonchnoma Shaxsiy ishonchnomalarda ham ulaming amal qilish muddati ko‘rsatiladi. Muddat bevosita {«...gacha amal qiladi» deb) yoki bilvosita («... yilningyanvar oyi maoshini olish uchun...» deb) ko‘rsatiladi. Nafaqa olish uchun berilgan ishonchnomaning amal qilish muddati, odatda, uch oygacha bo‘ladi. Agar ishonchnoma beruvchi va berilgan shaxslaming har ikkalasi bir muassasada ishlasa (o‘qisa), pul yoki qimmatdor buyumlami ishonchnoma bilan olishda ishonch bildirilgan kishining shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport, guvohnoma) ko‘rsatilishi shart emas. Boshqa barcha holatlarda ishonchnoma ko‘rsatuvchi o‘z pasporti yoki uning о4mini bosuvchi hujjatni ham ko‘rsatishi shart. Tasdiqlanishiga ko‘ra shaxsiy ishonchnomalar oddiy va notarial turlarga bo‘linadi. Odatda, ish haqi, nafaqa, stipendiya, pochta jo ‘natmalarini olish uchun yozilgan oddiy ishonchnomalar uni yozgan shaxs ishlovchi yoki ta’lim oluvchi muassasa, o‘quv yurti rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. Notarial ishonchnomalar notarial idoralar, ular bo‘lmagan joylarda shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari, oqsoqollari tomonidan tasdiqlanadigan ishonchnomalardir. Bularga notarial idoralar rasmiylashtiradigan xilma-xil shartnomalami (masalan, turaijoyni hadya qilish, sotish, merosni o ‘tkazib berish, mulkm boshqarish, yengil avtomobildan foydalanish, merosga haqdorlik huquqi haqidagi guvohnoma olish kabilar) amalga oshirish uchun yozilgan ishonchnomalar kiradi. Shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan notarial rasmiylashtirilayotgan hujjatlarga 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi aks ettirilgan, shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar yig‘inlarining nomlari qayd etilgan muhr qo‘yiladi. Notarial ishonchnomalaming oddiylaridan yana bir farqi shundaki, ularda hujjat nomidan keyin uning tuzilgan joyi va sanasi ko‘rsatiladi


Yüklə 161,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin