MA’LUMOTNOMA Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlami bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. M a’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor, xususiy va yuridik shaxslar hamda oddiy kishilaming ko‘rsatmasi, talabi yoki iltimosiga ko‘ra tuziladi hamda biron-bir masalada iltimosni qondiradigan axborot va ma’lumotlami o‘zida aks ettiradi. M a’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Xizmat m a’lumotnomasi - muassasa faoliyatiga doir voqea-hodisalami rasmiy ravishda axborot xususiyatiga ega bo‘lgan xilma-xil ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, zarur hollarda esa raqamli jadvallar ko‘rinishida tayyorlanadi. Taqdim etilayotgan ma’lumotlar ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyat, xodim (shtat)lar soni, topshiriqlaming bajarilishi, moddiy tovar boyliklarining saqlanishi, mehnat intizomining ahvoli haqida va boshqa xilma-xil masalalar to‘g‘risida hozirlanadi. Xizmat m a’lumotnomasi, o‘z navbatida, ikkiga - ichki xizmat va tashqi xizmat ma’lumotnomalariga bo‘linadi. Ichki xizmat ma ’lumotnomasi - muassasa ichki ishlari, xo‘jalik faoliyati, biror tarkibiy bo‘linma yoki ayrim xodimning ishi, faoliyati haqida tayyorlanib, shu muassasa rahbariga yo‘llanadi. Bunday ma’lumotnomalar bevosita tuzuvchi (bo‘linma boshlig‘i, kadrlar bo‘limi boshlig‘i, ish yurituvchi, oddiy xodim va boshqalar) tomonidan imzolanadi va oddiy qog‘oz varag‘iga qo‘lda yozilishi ham mumkin. Tashqi xizmat ma lumotnomasi - muayyan muassasa nomidan yuqori idora yoki mansabdor shaxslarga, ular ko‘rsatmasiga, talabiga muvofiq 289 Ma ’lumot-axborot hujjatlari tayyorlanib jo ‘natiladi hamda xos ish qog‘oziga yoki maxsus bosma ish qog‘oziga yoziladi va muassasa rahbari tomonidan imzolanadi. Har qanday xizmat m a’lumotnomasi boshqa biron-bir hujjatni guvohlantirish yoki muayyan qaror qabul qilish uchun asos bo‘ladi. M a’lumotnoma sanasi u imzolangan va yo‘llangan kuni qo‘yiladi, chunki u jo ‘natma hujjatlar daftarida yoki elektron tarzda dasturga qayd etiladi. Xizmat m a’lumotnomasiga matn mazmunini ochib beruvchi sarlavha qo‘yiladi. Masalan, «Korxona m a’muriy-boshqaruv xodimlari soni haqida». M a’lumotnomada qayd etilayotgan xabarlar taalluqli bo‘lgan sana alohida ajratilib, asosiy matn oldidan yoziladi. Masalan: «2019-yil l-iyundagi holatga ko ‘ra (muvofiq)» yoki «2019-yil 1-yanvardan 1-sentyabrgacha bo'lgan davr uchun» kabi. Ushbu m a’lumotlami matn sarlavhasi tarkibiga kiritib yuborish ham mumkin. Rasmiy xizmat ma’lumotnomasida bosma ish qog‘ozidagi yozuvlardan tashqari, yana quyidagi zaruriy qismlar bo‘ladi: 1. Hujjat jo ‘natiladigan yuqori idora yoki mansabdor shaxsning nomi (bosma ish qog‘ozining yarmidan o‘ng tomonga yoziladi). 2. Hujjat nomi (Ma’lumotnoma). 3. M a’ lumotnoma matniga sarlavha (xatboshidan yoziladi). 4. Asosiy matn (ma’lumotnoma mazmuni). 5. Mansabdor shaxs (tuzuvchi yoki korxona rahbari) imzosi (elektron raqamli imzo va QR kodi). Moliyaviy masalalami aks ettiruvchi rasmiy ma’lumotnomalarda bosh (katta) hisobchining imzosi va muhri bo'iadi. 1-, 2-ilovalarda ichki xizmat ma’lumotnomasi namunalari keltirildi.