Mazkur uslubiy qo’llanmada Microsoft Office amaliy dasturi tarkibiga kiruvchi excel elektron jadvali imkoniyatlari, unda ishlashning zaruriy ma’lumotlari keltirilgan



Yüklə 0,8 Mb.
səhifə18/33
tarix16.02.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#84629
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
elektron jadvalini organish

MALUMOTLARNI FORMATLASH
Formatlash deganda malumotlarga tashqi ko’rinish berish tushuniladi. EXCEL kataklarni va ulardagi malumotlarni formatlash bo’yicha boy imkoniyatlarga ega. Biz yuqorida sonli malumotlarni formatlash usullarini ko’rgan edik. Formatlashni bosh menyu buyruqlari, uskunalar paneli, klaviatura tugmalari yordamida bajarish mumkin.


Ustun kengligini o’zgartirish.
Ustun kengligi o’lchov birligi standart shrift bilan belgilanadi. EXCELda optimal kenglik 8,43 simvol qilib o’rnatilgan. Standart simvol shrift o’lchovining 10 qiymatiga to’g’ri keladi. Bu qiymatni Shirina stolbsta oynasida o’zgartirish mumkin. Oyna Format-stolbest/shirina buyrug’i orqali chaqiriladi. qiymat o’zgarganda kataklar kengligi ham o’zgaradi. Agar bir necha ustunlar kengligini birdaniga o’zgartirmokchi bo’lsak, ularni ajratib olib Format buyrug’ini qo’llaymiz.
Ustun kengligini sichqoncha orqali ham o’zgartirish mumkin. Sichqoncha kursorini kerakli ustun sarlavhasi chegarasiga keltirganda u ikki tomonlama yo’nalishli kesma ko’rinishini oladi. Endi chap tugmani bosgan holda sichqonchani o’ng yoki chapga siljitib ustun kengligini o’zgartirish mumkin.


Satr balandligini o’zgartirish


Satr balandligi unga kiritilayotgan malumotga bog’liq. Satrdagi turli kataklarda malumotlar turli shriftlarda yozilsa, ekranda ayrim simvollar uchi qirqilib ko’rinishi mumkin. Optimal balandlikni Format-stroka/avtopodbor vыsotы buyrug’i orqali o’rnatish mumkin.
Balandlikning aniq qiymati Format-stroka/vыsota buyrug’i orqali o’rnatiladi.
Satr balandligini sichqoncha orqali ham o’zgartirish mumkin. Sichqoncha kursorini kerakli satr sarlavhasi chegarasiga keltirganda u ikki tomonlama yo’nalishli kesma ko’rinishini oladi. Endi chap tugmani bosgan holda sichqonchani past yoki yuqoriga siljitib satr balandligini o’zgartirish mumkin.


Katakdagi malumotlarni tekislash.
Odatda, matnlar katakning chap tarafidan, sonli qiymatlar esa o’ng tarafidan tekislanadi. Katakdagi yozuv chegaralarini turli tartibda tekislash rejimlarini o’rnatish mumkin. Buning uchun kerakli kataklar ajratilib uskunalar panelidagi turli tomonli formatlash piktogrammalaridan keraklisi tanlanadi. Bu ishni bosh menyuning Format-yacheyki/vыravnivanie buyrug’i yordamida ham bajarish mumkin.



Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin