Mbaza. Uz imtihon javoblar


 To‘g‘ri va qiyshiq gullarga ta’rif bering



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/39
tarix04.01.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#78396
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
6 sinf botanika imtihon javoblari

2. To‘g‘ri va qiyshiq gullarga ta’rif bering.
Gullar to‘g‘ri va qiyshiq gullarga bo‘linadi. Agar gul qo‘rg‘on ikkitadan ortiq teng 
bo‘lakka ajralsa, u to‘g‘ri gul deyiladi (47-rasm). Masalan, olma, behi, shaftoli, g‘o‘za 
va
na’matak. Agar gul faqat teng ikki bo‘lakka ajralsa yoki umuman teng bo‘lakka 
ajralmasa, u qiyshiq gul deyiladi. Bunga nastarin, gladiolus, kiyiko‘t, marmarak
isfarak, bi- nafsha, loviya, beda, angishvonagul, parpi, rayhon, burchoq va 
boshqalaming gullari kiradi 
3. Madaniy o‘simliklarning ko‘payish usullari haqida ma’lumot bering. 
O‘simliklarni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan 
va hozirgacha undan foydalanib keladi. Juda ko‘p madaniy o‘simliklar ildizi, novdasi va 
barglaridan ko‘paytiriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qoraqat, malina, jiyda, atirgul 
hamda issiqxonalarda o‘stiriladigan o‘simliklaming aksariyati qalamcha (novda) sidan 
ko‘paytiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayyorlanadi. Ular 45-50 sm 
uzunlikda bo‘ladi. Tayyor qalamchalami bog‘-bog‘ qilib nam chuqurga ko‘mib 
qo‘yiladi. Bahor kelishi bilan ulami olib dalalarga ekiladi. 


MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR 
 
 
26-BILET 
1. Yopiq urug‘li o‘simliklarning o‘ziga xos xususiyati haqida tushuncha bering?
Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o‘simliklaming asosiy qismini yopiq urug‘li 
o‘simliklar tashkil qiladi. Yopiq urug‘lilar o‘simliklar olamining boshqa guruhlariga 
qaraganda har taraflama ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o‘simliklardir. Haqiqiy gul 
esa yopiq urug‘lilardan boshqa o‘simlik guruhlarining hech birida bo‘lmaydi. Haqiqiy 
gul 
gulqo‘rg‘on, changchi va urug‘chidan tashkil topgan. Yopiq urug‘li o‘simliklarda 
urug‘kurtak ochiq urug‘lilardagiga o‘xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda 
emas, balki urug‘chining tugunchasi ichida, tuguncha devoir bilan o‘ralgan holda 
yetishadi. 
Changlanish va urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtakdan urug‘, tugunchadan esa meva 
hosil bo‘ladi. Demak, yopiq urug‘lilaming urug‘i meva ichida yetishadi. Shuning uchun 
ham bu o‘simliklar yopiq urug ‘Ular deb ataladi Yer yuzida ochiq urug‘li o‘simliklming 
700 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Ochiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi daraxt va 
butalardan tashkil topgan. Ular urug‘laridan ko‘payadi. Ochiq urug‘li o‘simliklaming 
urug‘lari gulli o‘simliklamikiga o‘xshash meva ichida yopiq holda emas, balki 
qubbalaming tangachalarida ochiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq 
urug‘li o‘simliklar deyiladi. Ochiq urug‘li o‘simliklarga misol qilib archa, saur, 
qarag‘ay va qoraqarag‘ay, sekvoyadendron kabi o‘simliklami keltirish mumkin. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin