MBAZA.UZ IMTIHON JAVOBLAR
1. Piyoz pardasidan preparat tayyorlang. Buning uchun uni qu rigan po‘stidan tozalang
va etli po‘stidan bir bo‘lak kesib oling. Qisqich bilan po‘stdan yupqa shaffof pardani
ajratib olib, uni bu- yum oynasi ustidagi suv tomchisiga qo‘ying va
ustini qopla-
gich oyna bilan yoping. 2. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopda ko‘ring.
Botanikadan tutgan daftaringizga piyoz pardasi hujayralarining tuzilishini chizing va
tarkibiy qismlari nomini yozing. 3. Chigit tukla- ridan preparat tayyorlang.
Buning
uchun namlangan chigit tuklaridan ajratib oling va uni buyum oynasidagi suv
tomchisiga qo‘ying. Tuklami nina bilan to‘g‘rilang va
ustini qoplagich oyna bilan
yoping. 4. Tayyor bo‘lgan preparatni mikroskopda ko‘ring. Unda ko‘ringan
hujayraning rasmini chizing va tarkibiy qismlari no mini yozing.
27-BILET
1. Ko‘p hujayrali yashil suvo‘tlarning jinsiy ko‘payishini tushuntirib bering?
Ulotriks jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishida ulotriks hujayrasi 4
yoki 8 ta hujayrachalarga bo‘linadi. Yosh hujayrachalar ona hujayra qobig‘ini yorib,
suvga chiqadi. Ular 4 dona xivchini yordamida suvda suza boshlaydi. Bu hujayralar
zoosporalar deb ataladi. Oradan bir qancha vaqt o‘tgach, zoosporalar harakatdan
to‘xtab, suv tagidagi narsalarga yopishadi va ko‘ndalangiga ikkiga bo‘linadi.
Pastki
qismida rizoid hosil bo‘ladi; ustki qis- mi esa xromatoforli bo‘lib, suvo‘tning vegetativ
hujayrasini hosil qiladi. Vegetativ hujayraning o‘sib, ko‘p marta ko‘n- dalangiga
bo‘linishi natijasida ulotriksning ipi hosil bo‘ladi. Ulotriksning jinsiy kocpayishida teng
kattalikdagi ikki xivchinli izogametalar hosil bo‘ladi. Ular suvda
suzib
yuradi, bir-birlari bilan juft-juft bo‘lib qo‘shilib, zigota hosil qiladi. Zigota qalin po‘st
bilan qoplanadi va tinim davri tu- gagach to‘rtta hujayraga bo‘linadi. To‘rtta
hujayraning ham- masi o‘sib, ulotriksning yangi ipiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: