oqquray, qashqarbeda, afsonak, astragal, burchoq, beda kabi turkumlarining turlari
o‘sadi. Bu oilaning madaniy o‘simliklari - mosh, no‘xat, loviya, soya va yasmiq alohida ahamiyatga ega. 2. Kurtak payvand qanday qilinadi ? Payvandlardan eng ko(p tarqalgani kurtak payvanddir. Payvandlash uchun kesib
olinadigan kurtaMi qalam cha payvandust deyiladi. Payvand qilish uchun o‘stirilgan
urug‘ko‘chat payvandtag deyiladi. Payvandlash uchun kur-
taklari tinim davrida bo‘lgan
bir yillik, quyoshda toblangan novdalar kesib olinadi. Payvandlash uchun dastlab
payvandtag po‘stlog‘i o‘tkir pichoq bilan «T» harfi shaklida kesiladi. Kesilgan joy
po‘stlog‘i asta-sekin keriladi. Ulanadigan kurtak biroz po‘stloq va yog‘ochligi bilan
birga kesib olinadi va pay- vandtagdagi ochilgan po‘stloq orasiga joylanadi, so‘ngra
yuqoridan pastga qarab chipta bilan o‘rab bog‘lanadi. Pay- vand qilingan kurtaklaming
tutgan-tutmaganligi 6-10 kun- da bilinadi. Kurtagidan payvandlash, asosan, avgust
oyida o‘tkaziladi.
3. Urug‘ tarkibida organik moddalar borligi qanday jarayon orqali aniqlanadi? 30-BILET 1. Namatakning tuzilishi va ahamiyati haqida tushuntirib bering? Bu turdagi o’simliklar ra’nodoshlar oilasiga mansub bo’lib, gulqo‘rg‘oni murakkab,
to‘g‘ri, ko‘pincha 5 a’zoli. Gultojbargi 5 ta, qo‘shilmagan. Changchilari ko‘p.
Urug‘chisi bitta yoki ko‘p. Mevalari bir danakli (shaftoli, oЈrik), ko‘p danakli (malina,
olma, nok) mevalar. Bu oilaga
tobulg‘i, olcha, na’matak, olma, olxo‘ri, bodom, nok,
shaftoli, kamxastak, gilos, qulupnay, maymunjo
kabi turkumlar kiradi. Mazkur oilaga
kiruvchi tur va turkumlaming ko‘pligi tufayli ulaming gul tuzilishini yagona formula va
diagramma bilan ifodalab bo‘lmaydi. Tog‘ va to‘qaylarda na’matak turkumiga mansub
turlar o‘sadi. Ulardan biri oddiy na’matak (ra’no)dir. U bo‘yi 2-3 m ga yetadigan,
poyasi ko‘p, tikanli, sershox buta. Barglari murakkab, toq patsimon, 5-9 yaproqchali.
Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti, gulkosacha va
gultoji 5 tadan. Gulda juda ko‘p changchi va urug‘chilari bor.
O‘zbekistonda bu
turkumga mansub 13 tur o‘simlik o‘sadi. Na’matak madaniy atirgullaming yowoyi turi