Meday textile”: Жаҳон бозорига кириш


O’zbekiston Respublikasida to’qimachilik tarmog’ining holati



Yüklə 192,27 Kb.
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü192,27 Kb.
#185418
1   2   3   4
NAZIRJONOV A

O’zbekiston Respublikasida to’qimachilik tarmog’ining holati
O’zbekiston Ruspublikasi dunyodagi yirik paxta ishlab chiqaruvchi mamlakat bo’lishiga qaramasdan, o’zida ishlab chiqarilayotgan paxtaning atigi 17 % ini qayta ishlaydi. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, bu yerda tayyor mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq muammolar mavjud, ya’ni mamlakat oldida turgan asosiy vazifa mamlakatda ishlab chiqariladigan mahsulot turlarini ko’paytirish va sifatini yaxshilashdir.
Mamlakat sanoat tarmog’ini tahlil qilib shuni aytish mumkinki, mamlakatda juda moslashuvchan sanoat korxonalari oz miqdorda mavjud bo’lib, asosan u gilam ishlab chiqarishdan iboat. Hozirda mamlakatda shunday korxonalardan 84 ta mavjud bo’lib, bu korxonalar yigirilgan ipni turli asortimentdagi mahsulotlarga aylantirib berishyapti. O’zbekistonda paxta yigirish va uni tayyor mahsulotga aylantirish o’rtasida nisbat birmuncha farq qilishini quyidagi jadvaldan ko’rish mumkinki.









1-Jadval

Paxta tolasi va xomashyosini ishlab chiqarish darajasi




Mamlakatlar

Paxta tolasi %

Paxta xomashyosi %




O’zbekiston

7

1




Pokiston

8

7




Hindiston

12

9




AQSH

21

10




Xitoy

23

29




Boshqa mamlakatlar

29

44




Jami

100

100





18.2 mln. tonna

17.9 mln.tonna






Taklif va talab bozori. Aytib o’tganmizdek, mamlakatda asosan 84 ta to’quv va 53 taga yaqin tikish korxonalari mavjud bo’lib, ular tayyor mahsulot yaratmoqda.

O’zbekiston Respublikasida iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish, natural ko’rinishda.





Nomi

2000

2001

2002

2003

2004

Paxta tolasidan matolar (mln. Kv.m)

445.4

424.9

314.1

303.5

295

Jundan to’qilgan matolar (ming kv. m)

589

422

285

1716

1871

Paypoq ishlab chiqarish (mln. juft)

68.6

62.9

25.1

20.5

19.3

Trikotaj mahsulotlari (mln. dona)

46.2

48.9

45.6

44.6

44.2

Jadvaldan ko’rinadiki, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish keyingi yillarda pasaygan, sababi mamlakatda mavjud bo’lgan sanoat korxonalaridagi texnik jihozlar ham ma’naviy, ham jismonan eskirgan. Bu korxonalarga “Malika” (Toshkent sh.), “Semurg’”, “Oltinko’l” (Andijon v.), “Zilola-teks” (Jizzax sh.), “I. Fozilov” (Buxoro sh) va boshqalarni kirtish mumkin. Bu korxonalardagi mahsulot sifati juda past hisoblanadi, bular nafaqat tashqi bozor uchun balki, ichki bozor uchun ham yaroqsizdir. “Gurlan”, “Kashteks”kab yangi, zamonaviy korxonalarning soni oz bo’lib, ulr butun mamlakat talabini qondira olmaydi.


To’qimachilik mahsulotlarining assortimenti turfa xil bo’lib, bularga: ichki kiyimlar, futbolka, mayka, sport kiyimlari va boshqalarni kiritish mumkin. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, har bir inson yiliga o’rtacha 12 dona turli to’qimachilik mahsulotini iste’mol qilar ekan. Agar respublikamizda 50 mln. dan ortiq to’qimachilik mahsuloti ishlab chiqarilishini hisobga olsak, unda 25 mln. ga yaqin aholi uchun jon boshiga 2 donadan to’qimachilik mahsuloti to’g’ri kelishi ma’lum bo’ladi. SHunga ko’ra mamlakatda to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 6-7 martagacha oshirish mumkin.
Jahon bozoridagi holatni qaraydigan bo’lsak: AQSH 58,79 mlrd. AQSH dollarlik sanoat mahsuloti, Xitoy va Meksika mos ravishda 14,78 va 3,69 AQSH dollarilik mahsulotlari bilan eng yuqori o’rinlarni egallab turibdi.



Yüklə 192,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin