Mazkur tushunchalar o‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Ularning ko‘pchiligi turli xil bahslarga sabab bo‘lib, u yoki bu foydalanuvchilar hamjamiyatining kasbiy konteksti yoki madaniy amaliyotiga qarab turlicha qo‘llanib kelinmoqda. Masalan, jurnalistikada media savodxonlik yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan deyarli barcha tushunchalarni qamrab oladi:
Media savodxonlik;
O‘z fikrini erkin bayon etish;
Kutubxona savodxonligi;
Yangiliklar (axborot) savodxonligi;
Internet-savodxonlik;
Raqamli texnologiyalar sohasidagi (shu bilan birgalikda kompьyuter) savodxonlik (jumladan, elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi);
Televizion (kino, reklama sohasidagi) savodxonlik.
Global miqyosda barcha tashkilotlar mediata'lim (MT) atamasidan foydalanadi. Ko‘pchilik tushunchasida u ham media savodxonlik hamda axborot savodxonligini o‘z ichiga oladi. Turli platformalar konvergentsiyasi sharoitida ushbu ikki yondashuv uyg‘unligiga intilgan holda YUNESKO MAS atamasini ilgari suradi.
MAS jamiyatning barcha a’zolarini, talabalarni va bo‘lajak jurnalistlarni kelgusida foydalana olishi uchun keng bilimlar bilan qurollantiradi;
MAS demokratik jamiyatda media va axborot kanallarining faoliyati haqida muhim bilimlar beradi, media va axborot xizmatlarining funktsiyalari doirasidagi faoliyatini baholash uchun zarur bo‘ladigan, ushbu funktsiyalarni amalga oshirish va asosiy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni tushunishni ta'minlaydi;
Media va axborot savodxonligiga ega bo‘lgan jamiyat erkin, mustaqil va turfa fikrli media va ochiq axborot tizimlarini rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Jurnalistika sohasida
MASning afzalliklaridan to‘la-qonli foydalanish uchun quyidagi shart-sharoitlarni ta'minlash zarur: