Media savodxonlik va axborot madaniyati



Yüklə 37,65 Kb.
səhifə8/13
tarix23.03.2023
ölçüsü37,65 Kb.
#89225
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Media savodxonlik 1-seminar mashg\'uloti

Media savodxonlik – mass-mediani qabul qilish va uning faoliyatini baholash bo‘yicha ko‘nikmalar va malakalar majmuini bildiradi. Demokratik jamiyatda medianing roli va funktsiyalarini tushunish. Shuningdek mediasavodxonlik:

  • Media o‘z funktsiyalarini amalga oshirishi mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarni tushunish;

  • Media kontentini uning funktsiyalari nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tanqidiy baholash;

  • Media vosiasida o‘z fikrini bayon etish va demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun o‘zaro hamkorlik qilish;

  • Foydalanuvchi kontentini yaratish uchun kerak bo‘ladigan ko‘nikmalar(shu jumladan, AKT bilan ishlash ko‘nikmalari)ni faollashtirish kabilarni ham ifodalaydi.

Media savodxonlik media funktsiyalarini tushunish, mazkur funktsiyalarni amalga oshirish sifatini baholash va o‘z-o‘zini ifoda etish, shuningdek, ijtimoiy jarayonlarda ishtirok etish uchun medialar bilan ratsional hamkorlikka kirishishga urg‘u beradi. Media savodxonlik ham, axborot savodxonligi ham yoshlarda media va axborot makonida foydalanilayotgan texnologiyalardan qat'iy nazar o‘zaro hamkorlik qilish ko‘nikmalarini ongli ravishda shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Ushbu bir biriga bog‘liq bo‘lgan sohani turlicha tushuntirib beruvchi ikkita ilmiy maktab mavjud:

  • Birinchi maktab vakillari axborot savodxonligini katta tadqiqotlar sohasi sifatida ko‘rishadi;

  • Ikkinchi maktab namoyondalari esa axborot savodxonligi media savodxonlikning tarkibida bo‘lib, u ancha keng soha ekanligini ilgari suradilar.

Ammo YUNESKOning xalqaro ekspertlar guruhi nafaqat media va boshqa axborot xizmatlarining bir biridan farqi, balki ularning o‘zaro aloqadorlik nuqtalarini ham aniqlagan.
MAS ya’ni media va axborot savodxonligi tarkibini quyidagi asosiy tushunchalar tashkil etadi:

  • Media savodxonlik;

  • Axborot savodxonligi;

  • O‘z fikrini erkin bayon etish savodxonligi

  • Kutubxona savodxonligi;

  • Yangiliklar savodxonligi;

  • Kompyuter savodxonligi;

  • Internet-savodxonligi;

  • Raqamli texnologiyalar sohasidagi savodxonlik;

  • Kinosavodxonlik;

  • Elektron o‘yinlardan foydalanish savodxonligi;

  • Televizion savodxonlik, reklama sohasidagi savodxonlik.


Yüklə 37,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin