Fanning vazifasi:
talabalarda global axborot makonida mavjud axborotlarni tushunish, baholash, tahlil qilish salohiyatini rivojlantirish, hamda ularda axborot etikasi va tanqidiy tafakkurni shakllantirish;
ommaviy axborot vositalari va media makonga xos: «raqamli», «kompyuter», «vizual», «texnologik», «kommunikatsion» va, albatta, «media» va «axborot» kabi tushunchalarni talaba yoshlarga mazmuni, maqsad va vazifalarini anglagan holda foydalanish madaniyatini shakllantirish;
talabalarda media savodxonlik va axborot madaniyatini rivojlantirish;
axborotni tahlil qilish savodxonligini oshirish;
talabalarda axborot xuruji, tahdid va boshqa turdagi xavfsizlikka qarshi media savodxonlikka oid ma'naviy-madaniy immunitetni shakllantirish;
kelgusida media savodxonlik va axborot madaniyatini pedagogik faoliyatida qo‘llashga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;
media savodxonlik va axborot madaniyati sohasida yetakchi mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga doir nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat
“Media savodxonlik va axborot madaniyati” fanining asosiy kategoriyalari (fanning tushunchalari): “media”, “axborot”, “MAS”, “media savodxonlik”, “axborot savodxonligi”, “axborot madaniyati”, “kommunikatsiya”, “informatsiya”, “infoetika”, “media kontent”, “OAV”, “matbuot”, “jurnalistika”, “axborot maydoni”, “axborotlashgan jamiyat”, “kibernetika”, axborot turlari: siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, diniy, rasmiy, norasmiy, ilmiy va h.k., “global axborot maydoni”, “axborot xavfsizligi”, “axborot xuruji”, “axborot inqilobi”, “axborot inqirozi”, “Internet va ijtimoiy tarmoqlar”, “axborot almashinuvi”, “Virtual olam”, “globallashuv”, “axborot resursi”, “axborot ehtiyoji”, “axborot texnologiyalari”, “kommunikatsion texnik vositalar”, “axborot xizmatlari” va h.k. tushunchalar hisoblanadi.
Media va axborot savodxonligi – «soyabon», ya'ni bir tushuncha mazmunida ikki ma'no birlashgan atama sifatida YUNESKO tomonidan tavsiya etilgan. Uning mohiyatini anglash uchun har bir tushuncha o‘zagini bilish zarur.
Dostları ilə paylaş: |