213
barobar tezlashishi, ijobiy ma’lumotlar bilan bir
qatorda salbiy xarakterdagi
axborotning ko‘payishi media savodxonlikka ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi.
An’anaviy tarzda media savodxonlik shaxsning adabiya sirlarni tahlil eta olish va
sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo‘lgan. Bugun media savodxonlik –
axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir.
Media savodxon inson o‘ziga bu axborotni kim va nima maqsadda
yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to‘g‘ri
xulosa
chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondashishi lozim. Mazkur savollar
nafaqatsiz oilangiz davrasida televizor ko‘rayotganda,
mashinada radio
eshitayotganda yoki internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har
qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerak.
Bugungi axboriy muhitni tushunishda media savodxonlik muhim ahamiyat kasb
etadi. Xo‘sh, media savodxonlik nima uchun kerak?
Avvalo:
- Huquqiy demokratik jamiyatimizning to‘laqonli , faol fuqarosi sifatida
amalga
oshirilayotgan islohotlar mazmun - mohiyatini tushunish;
- OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralash
ko‘nikmalarini shakllantirish;
- Axborot orqali inson ongini boshqarishga yo‘l qo‘ymaslik va har qanday
vaziyatda to‘g‘ri qaror
qabul qilish;
- Insonning vizual obrazlar ta‘siri ostida ijobiy yoki salbiy tomonga
o‘zgarishlarini tahlil eta olish va vizual xabarlar ostida beriladigan ko‘rinmas
ma‘lumotlarni “o‘qiy olishi”;
- OAV orqali beriladigan matnli kommunikatsiyalar mohiyatini tahlil etishi;
-
Axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadlarda uzatilayapti, kimning
manfaatlarini o‘zida aks ettirayapti, degan savollarga javob topa
olish uchun
zarurdir.
Media savodxonlik tushunchasi borasida turli fikrlar mavjud bo‘lib,
AQShning Jamiyat xususidagi xalqaro ensiklopediyasida qayd etilishicha, “Media
savodxonlik — inson jamiyatdagi fuqaro sifatidagi ma’suliyatini his qilgan holda
214
faol va savodli bo‘lishi, media matnlarni qabul qila olishi, yaratishi, tahlil eta olishi
va baholashi, zamonaviy mediani ijtimoiy-madaniy va siyosiy mazmunini tushuna
olishi demakdir”. Media savodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari
va kamchiliklarini tushungan holda ular tomonidan
tarqatilayotgan axborotni
saralay bilishi va zarurini qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘lsa, asosiy
vazifasi insonlar tomonidan istemol qilinadigan har qanday axborotning
manipulyativ kuchini anglagan holda undan chegaralanishdir.
Shuningdek,
odamlarga OAV hamda fuqarolik jurnalistika ro‘lini tushunishga yordam berishdir.
Dostları ilə paylaş: