189
12-Mavzu: Yoshlar va virtual dunyo.
Reja:
1.
Virtual olam tushunchasi.
2.
Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv sabablari.
3.
Virtual olamda yoshlarga tahdid soladigan eng katta xatarlardan asosiylari.
1. Virtual olam tushunchasi.
Virtual olam - bu inson tomonidan kompyuter
texnologiyalaridan foydalangan holda yaratilgan dunyo.
Virtual olam reallikning
so‘ngi texnologiyalari sizga xayoliy dunyoga to‘liq sho‘ng‘ish uchun ko‘zoynak va
dubulg‘a yaratishga imkon beradi. Ular sizga haqiqiy hayotdan butunlay
uzoqlashishga imkon beradi. Yangi texnologiyalar haqida bilib,
odamlar virtual
olamga shoshilishmoqda, ammo ular virtual haqiqatning psixologik ta’siri xavfli
bo‘lishi mumkinligini unutishadi. Bugungi kunda
hayot muammolaridan qochib,
boshqa dunyoga tushib ketishingizga imkon beradigan ko‘plab qurilmalar mavjud.
Virtual haqiqat tizimining rivojlanishi shu darajaga yetdiki, odam tom ma’noda
ikkinchi dunyoda yashaydi, o‘zini virtual olamga to‘liq singdiradi.
2. Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv sabablari.
Yoshlar hayotida virtual olamga kirish yoki virtuallashuv
sabablaridan asosiysi
ota-onalarning farzandiga bo‘lgan e’tiborning yo‘qligi va bolaning o‘zini yolg‘iz
his qilishidan kelib chiqadi. Ota-onalar farzandi jim o‘tirsin yoki meni bezovta
qilmasin deb, unga uyali telefon yoki kompyuter olib berishadi va bolasi shu bilan
band bo‘lib, bizni tez-tez bezovta qilavermasin deydigan ota-onalar juda ko‘payib
ketgan. Bolalar esa yaqinlaridan ko‘rmagan e’tiborni o‘zgalardan qidira boshlaydi
va internetga, ya’ni virtual olamga kiradi. U yerda esa
turli xil notanish insonlar
bilan tanishish, o‘yinlar, ajoyib kinolarni ko‘rish hamda tur xildagi musiqalar
tinglash, online ishlash va ko‘plab imkoniyatlar mavjud.
Virtual olamda yoshlar
yangi do‘stlar topishi yoki turli xildagi ajoyib o‘yinlar o‘ynab o‘zini band qilishi
mumkin. Lekin borgan sari internetga tobe bo‘lib, ya’ni virtual olamning asiriga
aylanib qoladi. Tanganing ham ikki tomoni bo‘lganidek,
virtual dunyoning ham
190
ijobiy va salbiy omillari mavjud. Virtuallashuv yoshlar hayotida shu darajada jadal
sur’atda ommalashyaptiki, virtual olamning asiriga aylangan inson huddi
o‘rgimchak to‘riga tushgan hashorotga o‘xshab
u yerdan qutulib chiqishi
amrimahol bo‘lib qoldi. Xa to‘g‘ri, internet butun dunyoni qamrab olgan
o‘rgimchak to‘riga o‘xshaydi va buning domiga tushgan insonlarning ko‘pchiligini
afsuski yoshlar tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: