Media va axborot savodxonligi pedagogik innovatsiyalar, professional



Yüklə 5,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/117
tarix14.12.2023
ölçüsü5,11 Kb.
#177264
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117
Media va axborot savodxonligi Norbotayeva Dildora Erkin qizi

ARPANET-INTERNET
deb atala boshlandi va juda kuchli, bir-biri 
bilan bog‘langan kompyuterlar va tarmoqlar to‘plamidan iborat tizimga aylandi.
1980-yillar INTERNETning keskin o‘sish davri bo‘ldi. Kompyuterlarning 
markazlashmagan boshqarish tarmog‘i bilan bog‘lanish sxemasi butun dunyoga 
tarqaldi va chet el tarmoqlari tashkilotchilari AQSH tarmog‘iga ulanishga rozi 
bo‘lishdi. INTERNET ning butun dunyoni qamrab olishi quyidagi tarmoqlarning 
qo‘shilishi hisobiga bo‘ldi.
2. Internetning tarkibiy qismlari.
Internet o‘z-o‘zini shakllantiruvchi va 
boshqaruvchi murakkab tizim bo‘lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil 
topgandir: 
• Texnik
Dasturiy
• Information
Internetning texnik tarkibiy qismi xar xil turdagi va tipdagi kompyuterlar, 
aloqa kanallari (telefon, shisha tolali va boshqa turdagi tarmoq kanallari), hamda 
tarmoq texnik vositalari majmuasidan tashkil topgandir. Internetning ushbu texnik 
vositalarining
barchasi doimiy va vaqtinchalik asosda faoliyat ko‘rsatishi mumkin. 


194 
Ulardan ixtiyoriy birining vaqtinchalik ishdan chiqishi Internet tarmog‘ining 
umumiy faoliyatiga aslo ta’sir etmaydi.
Internetning dasturiy ta’minoti (tarkibiy qismi) tarmoqqa ulangan xilma-
xil kompyuterlar va tarmoq vositalarini yagona standart asosida (yagona tilda) 
muloqot qilish, ma’lumotlarni ixtiyoriy aloqa kanali yordamida uzatish darajasida 
qayta ishlash, axborotlarni qidirib topish va saqlash, hamda tarmoqda information 
xavfsizlikni ta’minlash kabi muhim vazifalarni amalga oshiruvchi dasturlar 
majmuasidan iboratdir.
3.
 
Internetning 
information 
va 
communication 
funksiyalari. 
Internetning information tarkibiy qismi Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan turli 
elektron hujjat, grafik rasm, audio yozuv, video tasvir va xokazo ko‘rinishdagi 
axborotlar majmuasidan tashkil topgandir. Ushbu tarkibiy qismning muhim 
xususiyatlaridan biri, u butun tarmoq bo‘ylab taqsimlanishi mumkin. Masalan, 
shaxsiy kompyuteringizda o‘qiyotgan elektron darsligingizning matni bir 
manbadan, rasmlari va tovushi ikkinchi manbadan, video tasvir va izohlari esa 
uchinchi manbadan yig‘ilishi mumkin. Shunday qilib, tarmog‘dagi elektron 
hujjatni o‘zaro moslashuvchan giper bog‘lanishlar orqali bir necha manbalar 
majmuasi ko‘rinishida tashkil etish mumkin ekan. Natijada millionlab o‘zaro
bog‘langan elektron hujjatlar majmuasidan tashkil topgan information muhit hosil 
bo‘ladi. 
Bir qarashda internetning texnik tarkibiy qismi bilan information tarkibi 
o‘zaro o‘xshashdek tuyladi. Chunki ikkala holda ham biz birni ko‘plik usulda 


195 
tashkil etilgan ob’ektlar borligiga duch kelamiz. Aslida bunday emas. Texnik 
nuqtai nazardan internetda mavjud bo‘lgan ixtiyoriy kompyuter ko‘plab 
(millionlab) kompyuterlar bilan bog‘langan bo‘ladi. 

Yüklə 5,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin