Mediasavodxonlik va axborot madaniyati evalyutsiyasi hamda jamiyatdagi ahamiyati


Marshall Maklyuen (Kanada) o‘tgan



Yüklə 334,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix14.09.2023
ölçüsü334,87 Kb.
#143337
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
1-mavzu

Marshall Maklyuen (Kanada) o‘tgan 
asrning 70-yillarida “Har bir yangi axborot vositasi o‘sha zamon kishilarini imtihondan, 
sinovdan o‘tkazadi”, deganida, hali kompyuter, internet, mobil telefon odamzod xayoliga 
kelmagan edi. Lekin ushbu dono bashorat naqadar to‘g‘riligini bugungi hayot, turmush 
tarzi har qadam, har lahzada ko‘rsatmoqda, isbotlamoqda. 
Taraqqiy topgan davlatlarda axborot madaniyati (infoetika, mediaetika, mediata’lim va 
hokazo) alohida fan, alohida muammo, alohida pedagogika, alohida siyosat darajasiga chiqdi. 
Ilmiy markazlar, olimu mutaxassislar ushbu muammolar tevaragida ixtisoslashgan holda, yuz 
berayotgan holatni o‘rganishmoqda, tahliliy asarlar yaratishyapti. 
Bu bejiz emas. -Amerikalik 
olim E. Toffler “Uchinchi to‘lqin” asarida “Insoniyat ortda qoldirgan yo‘l uch bosqichdan 
iborat”,
degan fikrni ilgari suradi. Ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat hamda hozirgi axborot 
tamaddunlari. Tabiiy savol tug‘iladi: xo‘sh, keyin-chi? Insoniyat to‘rtinchi to‘lqin davrini ham 
boshdan kechiradimi? Unga qanday nom beriladi? Taraqqiyot shiddati bashariyatni qayerlarga olib 
boradi? O‘zimiz yaratgan, erishgan va erishayotgan taraqqiyot cho‘qqilarida omon qolish hamda 
yashash epini topa bilamizmi?
Sog‘lom aql-idrok va mantiqdan kelib chiqilsa, hozirdanoq to‘rtinchi to‘lqin axborot odobi, 
madaniyati tamadduni, deb nomlanishi birdan-bir to‘g‘ri hamda oqilona chora ekanligini 
ko‘rsatadi. Ha, endilikda odamlarning, oilalarning, milliy qadriyatlarning — insoniyatning rivoji, 
farog‘ati va istiqboli mazkur xaloskor madaniyatga bevosita bog‘liq bo‘lib qoladi.
4.Axborot olish va foydalanish metodlari. 


Globallashayotgan jamiyatda axborot hatto xalqlararo va davlatlararo munosabatlarda katta 
ahamiyat kasb etadi. Ya'ni u jahon hamjamiyati hayotida ham ijobiy, ham salbiy kuch sifatida 
namoyon bo'lishi mumkin. Shu ma'noda texnikaviy-texnologik sohada katta imkoniyatga ega 
bo'lgan mamlakatlar qulay s haroitga ega bo'ladilar. Bu esa hatto mamlakatlar o'rtasida yoshlarni 
buzg'unchi yoki bunyodkor shaxs sifatida shakllantirishda manfaat jihatidan o'ziga tegishli qilib 
tarbiyalash istagini oshiradi va bu mamlakatlararo mafkuraviy kurash shaklini ham namoyon etadi. 
Shunga ko'ra ko'pgina davlatlarda globallashuvga qarshi harakatlar yuzaga kelmoqda, ular yagona 
jahon uyg'unlashgan axborot maydonini tuzishni rad etmoqdalar. Shu o'rinda axborot manbalari 
masalasi chuqurroq tahlil qilinadigan bo'lsa, uni uch toifaga ajratish mumkin. Tajribali 
foydalanuvchi turli xil axborot manbalarining bir nechtasini tanlaydi va zaruratga ko'ra ulardan 
foydalanadi.
Birlamchi manbalar — bu asl manbalar bo'lib, ular axborotning izohlanishini nazarda tutmaydi. 
Bu tadqiqot hisobotlari, prays-varaqlar, nutq matnlari, elektron xabarlar, amaliy san'at asarlari, 
qo'lyozmalar, fotosuratlar, kundaliklar, shaxsiy maktublar, og'zaki hikoya, intervyu yoki 
diplomatik hujjatlar bo'lishi mumkin. Aksariyat holatlarda va ma'lum vaziyatlarda imkon qadar 
birlamchi axborot manbalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ikkilamchi manbalar axborotni yetkazib beruvchilardir. Bu holatda axborot o'zgarishi, tahlil 
qilinishi yoki umumlashtirilishi mumkin (masalan, ilmiy kitoblar, jurnallar, tanqidiy tahlil yoki 
ma'lumotlar talqini). Foydalanishga tavsiya etiladigan birlamchi manbalar ikkilamchi manbalarga 
nisbatan har doim ham o'zida nufuzli yoki xolis axborotni saqlamaydi. Axborotni sub'yektiv 
baholash holatlarini, tekshirilgan ikkilamchi manbalardan foydalanib bartaraf etish mumkin. 
Ikkilamchi manba muayyan soha yoki ma'lum vaziyatdan kelib chiqqan holda belgilanishi 
mumkin. Uchlamchi manbalar - bu tashkil etilgan va o'zida birlamchi hamda ikkilamchi 
manbalardagi axborotni qayta ishlab, o'zida mujassamlagan (masalan, referatlar, bibliografiya, 
turli qo'llanmalar, ensikpopediyalar, ko'rsatkichlar, xronologik jadvallar, ma'lumotlar bazasi va 
hokazo) manbalardir. Axborotga bo'lgan ehtiyoj — ma'lum foydalanuvchi (yoki foydalanuvchilar 
guruhi)ning ma'lum mavzuga oid ma'lumotga bo'lgan ehtiyojidir. Axborot manbasini baholashda 
avvalo inson undan axborotni nima maqsadda olayotganini aniqlashi zarur. Mazkur jarayon 
ishonchli axborot manbalarini aniqlashga yordam beradi. 

Yüklə 334,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin