Mediasavodxonlik va axborot madaniyati fani sillabusi


IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar



Yüklə 153,57 Kb.
səhifə6/6
tarix20.09.2023
ölçüsü153,57 Kb.
#145996
1   2   3   4   5   6
media sillabusi

IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
- tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bilimlari yoki mavzulari ustida ishlash;
- yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarni o‘rganish;
- talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari;
- masofaviy (distansion) ta’lim;
- referatlar yozishni standart talablarga mos ravishda va hisoblash texnikasidan foydalanib mustaqil bajarishni o‘z ichiga oladi.
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tayyorlash va h.k..
Semestrda tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari

Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:

T/r

Mavzular

Soat





Media savodxonlikni rivojlantirish yo’llari

2





Edyuton konsepsiyasi

2





Post haqiqat tushunchasi

2





Filmlar va ommaviy madaniyat

2





Televideniya – ko’ngilochar sanoat sifatida

2





O’yinlar – ijtimoiy faoliyat sifatida

2





Medialarning ijtimoiy mazmuni

2





Media madaniyat va innovatsion pedagogik texnologilar

2





Ijtimoiy media shakllari

2





Ijtimoiy mediada tahdid va xavf-xatarlar

2





Tarmoq odob axloqi. (Infoetika)

2





Axborot matnlar bilan ishlash va media madaniyat

2





Axborot va uning manbalari

2





Axborot turlari va uning ishonchliligi

2





Media muhitda axloqiy tamoyillar

2





Media muhitda bola huquqlari

2





BMTning “Bola huquqlari to’g’risidagi konvensiyasi”

2





Media texnologiyalar kundalik hayotda

2





Ijtimoiy mediani baholash

2





Taqdimot tayyorlash va taqdim etish usul va vositalari

4





Media makonda axborotni taqdim etish

2





Kitob apparati bilan ishlash

2





Texnika madaniyati

2





Reklamaning ijtimoiy mazmun-mohiyati

2





Kompyuter o’yinlari – manqurtlik vositasi

2





Virtual o’yinlarning asoratlari

2





Virtual tutqunlikka qarshi kurash

2





Kiberterrorizm

2





Media savodxonlikni rivojlantirish yo’llari

2







Jami

60




Mustaqil о‘zlashtiriladigan mavzular bо‘yicha talabalar tomonidan loyiha ishi, esse, tezis yoki ilmiy maqola yozish, referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi.




V. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentliklar)
Fаnni о‘zlаshtirish nаtijаsidа tаlаbа:

  • Fanni muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun raqamli texnologiyaning didaktik imkoniyatlari,media axborot va matnlar bilan ishlash texnologiyasiga doir global jarayonlarga analitik va mantiqiy tafakkurning roli haqida bilimga ega bo’lishi;

  • Raqamli media matn va tasvir bilan ishlash,media ta’limni tashkil etishda ta’limiy mazmundagi infografika,broadcast,caption videolarni yaratishga oid dasturiy ta’minotlar,media matnlarni tahlili,analitik va sintetik fikrlash asosida,mushohadaviy tafakkurga asoslangan holda mustaqil qarorlar qabul qilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak;

Media savodxonlik va axborot madaniyati tushunchalarini kasbiy va axboriy faoliyatini amalga oshirishning universal vositasi sifatida foydalanishda konstruktiv, mantiqiy ifoda etish malakalariga ega bo’lishi lozim.
VI. Tа’lim texnologiyalаri vа metodlаri:

  • mа’ruzаlаr;

  • reаl vаziyatgа аsoslаngаn аmаliy ishlаrni bаjаrish;

  • esse, tezis vа mаqolаlаr yozish;

  • vаziyatli topshiriqlаrni (keys-stаdi) yechish;

  • jаrаyonli-yо‘nаltirilgаn tа’lim;

  • muhokаmаlаrdа ishtirok etish;

  • kichik guruhlаrdа ishlаsh;

  • loyihа ishi bаjаrish;

VII. Talabalar bilimini baholash mezonlari va kreditlarni olish uchun talablar
Fanga oid nazariy materiallar ma’ruza mashg‘ulotlarini ma’ruzalarda ishtirok etish va kredit-modul platformasi orqali ma’ruzalarni mustahkamlash hamda belgilangan test savollariga javob berish orqali amalga oshiriladi.
Amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va o‘zlashtirish mashg‘ulotlarga to‘liq ishtirok etish va modul platformasi orqali topshiriqlarni bajarish natijasida nazorat qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzulari modul platformasi orqali berilgan mavzular bo‘yicha topshiriqlarni bajarish ( test, referat va boshqa usullarda) bajariladi.
Fan bo‘yicha talalabalar test usulida oraliq nazorat va og‘zaki (yoki test) usulida yakuniy nazorat topshiradilar.
Talabalar bilimi O‘zbekiston Respublikasi OO‘MTVning 2018 yil 9 avgustdagi 9-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi Nizom” asosida baholanadi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Fan dasturida berilgan baholash mezonlari asosida fanni o‘zlashtirgan talalabalarga tegishli ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasida ushbu fanga ko‘rsatilgan kredit beriladi.
Kreditlаrni olish uchun tаlаblаr:
fаngа oid nаzаriy vа uslubiy tushunchаlаrni tо‘lа о‘zlаshtirish, tаhlil nаtijаlаrini tо‘g‘ri аks ettirа olish, о‘rgаnilаyotgаn jаrаyonlаr hаqidа mustаqil mushohаdа yuritish vа joriy, orаliq nаzorаt shаkllаridа berilgаn vаzifа vа topshiriqlаrni bаjаrish, yakuniy nаzorаt bо‘yichа test yoki yozmа ishni topshirish.


VIII. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari

  1. Аsosiy аdаbiyotlаr

  1. F.Mo’minov, A.Nurmatov, T.Eshbekov va boshqa. Jahon jurnalistikasi tarixi. Darslik. –T.: “Fan va texnologiyalar”, 2008.-328 b

  2. Miralimov Sh, Eshbekov T. Jurnalistika, ma’naviyat, jamiyat.-T.: “O’zbekiston”, 2010

  3. Do’stmuhammad X. Axborot-mo’jiza, joziba, falsafa.-T.: “Yangi asr avlodi”, 2013

  4. Mamatova Ya. Sulaymonova S. O’zbekistonda mediataʼlim istiqbollari. – Toshkent. 2013

  5. Ya. Mamatova, S.Sulaymonova. O’zbekiston mediata’lim taraqqiyoti yo’lida. O’quv qo’llanma., -T.: “Extremum-press”, 2015.- 94 b

  6. F.Mo’minov, T.Eshbekov va boshqa. Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik. Darslik.-T.:JIDU, 2015.-196 b

  7. Yahyo Muhammad Amin. Internetdagi tahdidlardan himoya.Yordamchi o’quv qo’llanma. Movarounnahr, 2016-672 b

Qо‘shimchа аdаbiyotlаr

  1. F.Soliyev Axborot xizmatlari: maqsad, burch va mahorat.//Hurriyat, 2007, 12-dekabr

  2. Axmedov D.Q, Yuldasheva G.Yu. Inson Huquqlari Umumjahon deklaratsiyasiga sharhlar. Toshkent. 2009

  3. UNESCO, 1984. Media education. Paris: UNESCO. R. 8.

  4. Kubey, R. (1998). Obstacles to the Development of Media Education in the United States. Journal of Communication (Winter), pp.58-69

  5. Amirov D.M. Axborot kommunikatsiya texnologiyalari izohli lug’ati. 2010



Аxborot mаnbааlаri
1. http://www.gov.uz- O’zbekiston Respublikasi hukumat portali
2. http://www.lex.uz – O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi
3. Prezident.uz- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti
4. www.press-service.uz.-Prezident matbuot xizmati
5. http://www.edu.uz- O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi sayti
6. http://www.uzedu.uz - O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi sayti
7. www.uza.uz- O’zbekiston Milliy axborot agentligi(O’zA)
8. www.natlib.uz- Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi
9. www.webofscience.com-Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
10. www.scopus.com-Xalqaro ilmiy maqolalar platformas



Yüklə 153,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin