□■ Normada sirkulatsiyadagi qonda boʻladi va trombinning inaktiv prekursori hisoblanadi.
□■ Molekular ogʻirligi 69 000 Da
□■ U jigarda vitamin K ishtirokida sintezlanadi (Jigarda sintezlanuvchi VII, IX va X faktorlar sintezi ham K
vitaminiga bogʻliq)
□■ Katta odamlarda uning qondagi konsentratsiyasi 40mg/dl, jigar kasalliklarida uning miqdori kamayadi.
Protrombinning trombinga aylanishi Protrombin aktivatori tomonidan Ca
2+
ishtirokida amalga oshadi. (
Bunda α- β- va γ-trombinlar hosil boʻladi, ularning eng faol qismi – α-trombin ) Bu jarohatlangan sohada trombotsitlar laxtasi shakllanganda, ular
yuzasida sodir boʻladi. Trombin hosil boʻlishi bevosita protrombin aktivatori miqdoriga proporsional, bu esa
oʻz navbatida tomir devori yoki qon travmasiga proporsional.
Trombin Trombin proteolitik ferment boʻlib, molekular massasi 34 000 Da, bu protrombinning yarmi. Ishlangan trombin
soni ehtiyojdan ortiqcha boʻladi. Faqat 1ml qon ivishida hosil boʻlgan trombin 3L qonning koagulyatsiyasi
uchun yetarli hisoblanadi.
Trombinning vazifalari □■ Fibrinogendan fibrin hosil boʻlishini taʼminlaydi.
□■ Ijobiy feedback roli: VIII, V va XIII faktorlarni aktivlash orqali protrombin aktivatori hosil boʻlishini
tezlashtiradi. Fermentlar faollashishining kaskad mexanizmi shunday ishlaydiki, kam miqdorda XII faollashsa
ham koʻproq miqdorda protrombin aktivatorini aktivlaydi. Shu tarzda trombinning oʻzi protrombindan trombin
hosil boʻlishini stimullashi mumkin (
amplifikatsiya effekti ).
□■ U shuningdek, protein-C ni aktivlaydi (antikoagulant)