Trombning oldini olish Tromb shakllanishi yoki kattalashishini oldini olish uchun quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
□■ Trombositlar adgeziyasini oldini oladigan dorilar : aspirin, dextran, dipiridamol
□■ Antikoagulantlar : geparin va dikumarol singari
□■ Oyoq mushaklarining vaqti vaqti bilan
kompressiyasi yoki elektrik stimulatsiyasi: postoperatsion vena
tromblari shakllanishini oldini olishda dori vositalariga yordam tariqasida qoʻllaniladi.
Antigemostatik mexanizmlar Qonning “in vivo” usulda ivishini antigemostatik faktorlar balansga solib turadi
□■ Trombotsitlar agregatsiyasiga qarshi faktorlar
□■ Koagulatsiyaga qarshi faktorlar (sirkulator antikoagulantlar)
□■ Fibrinoliz faktorlari (
fibrinolitik mexanizm )
A. Trombotsitlar agregatsiyasini oldini oluvchi Prostasiklin
Prostasiklinlar
tromboksan-A2 shakllanishini ingibirlash orqali trombotsitlar agregatsiyasini oldini oladigan
endogen faktor hisoblanadi. Odatda,
tromboksan-A2 va
prostasiklinlar ( asosan, prostaglandin I2 ) orasida
balans mavjud boʻlib, laxta tarqalishining oldini oladi yaʼni trombotsit laxtasi lokalizatsiyasini saqlaydi.
Shuningdek,
aspirin ham tromboksan-A2 shakllanishi ingibirlaydi. Shu sababli tromb shakllanishi oldini oladi.
Bu xususiyati bilan aspirin miokard infarkti va insult bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʻl keladi.
B. Sirkulator antikoagulantlar Organizm sirkulatsiyasi tarkibidagi tabiiy antikoagulantlar organizm antikoagulant mexanizmini tashkil qiladi
va ularga: