Aktiv Protein C (APC) VIIIa va Va faktorlarini inaktivatsiyalash yoʻli bilan qon ivish mexanizmini ingibitsiya qiladi. U shuningdek,
plazmin hosil boʻlishiga yordam berish orqali fibrinolizni kuchaytiradi.
C. Fibrinolitik mexanizm Fibrinoliz fibrinning erishiga olib keluvchi jarayonlar yigʻindisini anglatadi. Fibrinolitik sistemaning muhim
komponenti
plazmin yoki
fibrinolizin deb nomlanadi, ular qonda inaktiv holatda boʻlganda plazminogen yoki
profibrinolizin deb nomlanadi. Fibrinolitik yoki plazmin tizimi qon laxtalarini lizisi amalga oshiradi va
toʻqimalarni qon ivish mahsulotlaridan sekinlik bilan tozalaydi. U shuningdek, qon ivishi natijasida yopilib
qolgan tomirlarning qayta ochilishini taʼminlaydi. Ayniqsa periferiyalardagi kichik qon tomirlar ochilishini
taʼminlaydi, agar plazmin sistemasi yoʻq boʻlganda, bu tomirlar okklyuziyaga uchrab ketardi.
Plazminogen plazminogen jigar tomonidan sintezlanadigan
betta globulin oqsili hisoblanadi. Strukturaviy jihatdan odam
plazminogeni 560ta aminokislatadan iborat ogʻir zanjir va 241ta aminokislatadan tuzilgan yengil zanjirdan
tuzilgan. Ogʻir zanjir amino terminali disulfit bogʻlar bilan bogʻlangan 5ta halqadan (ilmoqdan) iborat. Ushbu
ilmoqlar
kringlar deb nomlanadi. Kringlar – fibrin va boshqa ivish faktorlari hamda protrombinni bogʻlash
saytlari hisoblanadi.
Plazmin Plazminogendan hosil boʻluvchi kuchli proteaza hisoblanadi. U fibrin va fibrinogenni (
shuningdek, V, VIII, XII – faktorlarni va protrombinni ) lizisga uchratadi va trombin ingibitoridek fibrin parchalanish mahsulotlari
(FDP)ni hosil qiladi. Tanada 2ta plazminogen aktivator tizim mavjud:
ichki va tashqi Tashqi plazminogen aktivator tizimi
Bu yoʻl asosiy plazminogen aktivator yoʻlidek tuyuladi, chunki uning yoʻqolishida spontan fibrin choʻkmasi
paydo boʻladi. Jarohatlarning tuzalishi kechikadi, oʻsishda defektlar yuzaga keladi, bundan anglash mumkinki
plazminogen faqatgina lizisda qatnashmaskan, u shuningdek, hujayralar harakati va ovulatsiyada muhim rol
oʻynaydi.