qonning koagulatsiya jarayonini kechiktiradigan yoki oldini oladigan moddalar hisoblanadi. “In vitro” usulda
qon ivishini oldini olish uchun Ca
2+
ni bogʻlaydigan moddalar yordam beradi. (
Na sitrat yoki oksalat, Na edetat (EDTA) ).
“In vivo” usulda esa trombozni quyidagicha ingibirlash mumkin:
□■ ivish faktorlariga antogonistlik qilish (geparin)
□■ fibrinogenni destruksiyaga uchratish
□■ II, VII, IX va X faktorlari sintezini ingibirlash (vitamin-K antogonistlari)
Antikoagulantlarni ichki va tashqi turlarga boʻlish mumkin:
A. Endogen antikoagulantlar – qon tarkibida tabiiy ravishda mavjud boʻladi.
□■ Geparin
□■ Antitrombin III
□■ Protein-C
B. ekzogen antikoagulantlar – tashqaridan organizmga kiritiladi yoki in vitro qoʻllaniladi
□■ Geparin va uning hosilalari
□■ Ca sekvestrlari
□■ Vitamin-K antogonistlari
□■ Defibrinatsiya qiluvchi moddalar
1. Geparin Tabiiy antikoagulant hisoblangan geparin sintez qilinishi ham mumkin. U koagulatsiya jarayonini “in vitro”
hamda “in vivo” yoʻllarda ham ingibirlashi mumkin.
Geparin hayvon toʻqimalaridan tayyorlanadi, sintezlangan Geparin uzoqroq hayot davomiyligiga ega (4-5soat).
U asosan Xa, IXa, trombin kabilarni ingibirlaydi. Bu effekt trombotsitlar tromboplastin vaqti (PTT-plates
tromboplastin time) va trombin vaqti (TT-trombin time) uzayishiga olib keladi.
Klinikada qoʻllanilishi : tez taʼsir koʻrsatishi sababli
□■ Pulmonar emboliya va trombozlarni davolashda