Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. |
MEDIATOR team
!!!
Protamin
– geparin effektini neytrallash uchun qoʻllaniladigan asosiy antidot sifatida qoʻllaniladi. Chunki
u geparin bilan qaytmas kompleks hosil qiladi.
Danaparoid
– choʻchqaning ichak shilliq qavati hujayralaridan ajratilgan geparin boʻlmagan glikozaminglikan
aralashmasi. (84% geparin 12% dermatan sulfat va 4% xondroitin sulfat). U asosan antitrombin bilan Xa
faktorni ingibirlaydi, ammo PPT ni uzaytirmaydi.
Lepirudin
– zulukning soʻlak bezlaridan ajraladigan girudinning hosilasi. U bevosita trombinni ingibirlaydi.
2.
Ca sekvestrlari yoki dekalsifikatsiya qiluvchi moddalar
“In vitro” usulida qonning ivishini oldini olishni
qondan Ca
2+
ni olib tashlash orqali amalga oshirish mumkin. Bu agentlar 2turda boʻlishi mumkin:
□■
Ca bilan erimaydigan tuzlarni hosil qiluvchi moddalar: Na sitrat va Na oksalat
□■
etilendiaminattetraatsetat kislata (EDTA) kabi Ca bogʻlaydigan xelatorlar
3. Vitamin-K antogonistlari
Bu moddalar oral yoʻl bilan qoʻllaniladi va koagulatsiyani “in vivo” oldini oladi. Bu moddalar jigardagi K
vitamin retseptorlari bilan bogʻlanadi va K vitaminining fiziologik funksiyalari amalga oshishini oldini oladi.
Shunday qilib, ushbu moddalar K-vitaminiga bogʻliq VII, IX va X faktorlarni sintezini ingibirlaydi. Bularga
kumarin hosilalari (dikumarol), warfarin, fenindion va nikumalon kiradi.
Dostları ilə paylaş: