MEDIATOR team Tashqi aktivator tizim quyidagi agentlar orqali boshqariladi :
1.
Toʻqima plazminogen aktivatori (TPA) – shuningdek, vaskular plazminogen aktivatori deb nomlanadi hamda
vaskular endoteliydan ajraladi. Tomir devoridan TPA ning ajralishi trombotsitlardan serotinin hamda adrenalin
ajralishiga bogʻliq hisoblanadi. Qachonki jismoniy yoki ruhiy stress yoki jismoniy mashqlarda simpatik
stimulatsiya hisobidan adrenalin ajralishi yuzaga keladi, bu vaqtda TPA ham kuchli tarzda ajraladi va fibrinni
olib tashlaydi. Bundan maqsad qon aylanishini yaxshilash boʻlsada, agar shunday vaziyatlarda qon ketishi
yuzaga kelsa uning ivishini ham qiyinlashtiradi. Masalan zoʻravonlik bilan oʻlim kuzatilganda yoki jang
maydonida oʻlgan odamning qoni suyuq boʻlishi stress vaqtidagi (
adrenalinning kuchli ajralishi, natijada TPA ajralishi bilan bogʻliq ) fibrinoliz hisobidan boʻladi. Shuningdek, TPA ajralishini stimullovchi yana bir jarayon
– fibrinning oʻzidir.
!!! TPA hozirda ishlab chiqarilishi mumkin boʻlib, klinikada qoʻllaniladi. Miokard infarkti boshlanganidan koʻp oʻtmay bemorlarga berilsa koronar arteriyalardagi quyqalarni lizisga uchratadi. 2.
Urokinaza tipidagi plazminogen aktivatori (UPA)
UPA bir qancha toʻqimalarining endotelial hujayralaridan, buyrak va oʻsma hujayralaridan topilgan. UPA
buyrak hujayralaridan ajralib TPA singari litik holatni keltirib chiqaradi.
!!! Bakterial enzimlar hisoblangan streptokinaza va stafilokinaza TPA va UPA ga oʻxshash. Ular ham miokard infarktidagi tromblarni lizis qilishda tibbiyotda qoʻllaniladi. Ichki plazminogen aktivator tizimi Ivish mexanizmini boshlaydigan kontakt faktorlar (XIIa va kallikrein) shuningdek, plazminogenni faollashtirish
orqali trombning parchalanishi (lizisi)ni ragʻbatlantiradi.