Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. |
MEDIATOR team
Faktor I (fibrinogen) –
tabiatda globulinda eruvchi oqsil, molekular ogʻirligi 340 000 Da va jigarda
sintezlanadi. Unda 6 polipeptid zanjir boʻlib, plazmadagi konsentratsiyasi 0,3g/dL. Trombin taʼsirida fibrinogen
fibringa aylanadi.
Faktor II (protrombin) –
trombinning inaktiv prekursori
Faktor III (tromboplastin)
– toʻqima faktori yoki toʻqima tromboplastinlari deyiladi. Protrombin aktivatori
shakllanishi tashqi yoʻlida ajraladi.
Faktor IV
(kalsiy) – Koagulatsiya uchun asosiy element.
Faktor V
(labil foktor) – U shuningdek, proakselerin deyiladi. Oqsil tabiatli bu modda protrombin aktivatori
hosil boʻlishi va protrombinning trombinga aylanishida qatnashadi. V omil qon ivish vaqtida sarflanadi,
shuning uchun qon zardobida boʻlmaydi. Uning tugʻma yetishmovchiligi gemofiliyaga sabab boʻlishi mumkin.
Faktor VII
(stabl faktor yoki
autoprotrombin-1
)
Bu faktor jigarda vitamin K yordamida sintezlanadi. U tashqi yoʻldan X faktor aktivlanishi uchun zarur
hisoblanadi. Bu omil qon ivish vaqtida sarflanmaydi, shuning uchun plazmada topiladi. VII faktor
yetishmovchiligi kamdan-kam hollarda uchraydi, ammo tez-tez
kumarin
kabi antikoagulant dorilar berish,
dozani oshirish qon ketishlarga sabab boʻlishi mumkin.
Faktor VIII (antigemofilik globulin) –
jigarda sintezlanadigan betta-2 globulin oqsili hisoblanadi. U X faktor
aktivlanishi uchun zarur, shuningdek, protrombin aktivatorining ichki yoʻldan aktivlanishini taʼminlaydi. U qon
ivishida sarflanadi, shuning uchun qonda topilmaydi. Uning nasliy yetishmovchiligi
klassik gemofiliya
(gemofiliya A). Agar kasallik meros qilib olinsa qon ivish vaqti oshib ketadi.
Faktor IX (Kristmas faktor) –
tromboplastik komponent (PTC) yoki autoprotrombin 2 deyiladi. U K
vitaminiga bogʻliq holda jigarda sintezlanadi. U Ca ishtirokida aktiv faktor XI yordamida faollashadi va ichki
yoʻldan protrombin aktivatori shakllanishi uchun zarur. Uning nasliy yetishmovchiligi yoki yoʻqligi
gemofiliya
B
ga sabab boʻladi va gemofiliya A ga oʻxshaydi. Bu kasallik dastlab Kristmas degan bemorda aniqlanganligi
sabab Kristmas faktori deb nomlangan.
Dostları ilə paylaş: