Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

MEDIATOR team
 
Tashqi aktivator tizim quyidagi agentlar orqali boshqariladi

1.
Toʻqima plazminogen aktivatori (TPA)
– shuningdek, vaskular plazminogen aktivatori deb nomlanadi hamda 
vaskular endoteliydan ajraladi. Tomir devoridan TPA ning ajralishi trombotsitlardan serotinin hamda adrenalin 
ajralishiga bogʻliq hisoblanadi. Qachonki jismoniy yoki ruhiy stress yoki jismoniy mashqlarda simpatik 
stimulatsiya hisobidan adrenalin ajralishi yuzaga keladi, bu vaqtda TPA ham kuchli tarzda ajraladi va fibrinni 
olib tashlaydi. Bundan maqsad qon aylanishini yaxshilash boʻlsada, agar shunday vaziyatlarda qon ketishi 
yuzaga kelsa uning ivishini ham qiyinlashtiradi. Masalan zoʻravonlik bilan oʻlim kuzatilganda yoki jang 
maydonida oʻlgan odamning qoni suyuq boʻlishi stress vaqtidagi (
adrenalinning kuchli ajralishi, natijada TPA 
ajralishi bilan bogʻliq
) fibrinoliz hisobidan boʻladi. Shuningdek, TPA ajralishini stimullovchi yana bir jarayon 
– fibrinning oʻzidir. 
!!!
TPA hozirda ishlab chiqarilishi mumkin boʻlib, klinikada qoʻllaniladi. Miokard infarkti boshlanganidan 
koʻp oʻtmay bemorlarga berilsa koronar arteriyalardagi quyqalarni lizisga uchratadi. 
2. 
Urokinaza tipidagi plazminogen aktivatori
(UPA)
UPA bir qancha toʻqimalarining endotelial hujayralaridan, buyrak va oʻsma hujayralaridan topilgan. UPA 
buyrak hujayralaridan ajralib TPA singari litik holatni keltirib chiqaradi.
!!!
Bakterial enzimlar hisoblangan streptokinaza va stafilokinaza TPA va UPA ga oʻxshash. Ular ham miokard 
infarktidagi tromblarni lizis qilishda tibbiyotda qoʻllaniladi.
 
Ichki plazminogen aktivator tizimi
Ivish mexanizmini boshlaydigan kontakt faktorlar (XIIa va kallikrein) shuningdek, plazminogenni faollashtirish 
orqali trombning parchalanishi (lizisi)ni ragʻbatlantiradi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin