Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

Aktiv Protein C (APC)
VIIIa va Va faktorlarini inaktivatsiyalash yoʻli bilan qon ivish mexanizmini ingibitsiya qiladi. U shuningdek, 
plazmin hosil boʻlishiga yordam berish orqali fibrinolizni kuchaytiradi.
 
C. Fibrinolitik mexanizm
Fibrinoliz fibrinning erishiga olib keluvchi jarayonlar yigʻindisini anglatadi. Fibrinolitik sistemaning muhim 
komponenti 
plazmin
yoki 
fibrinolizin
deb nomlanadi, ular qonda inaktiv holatda boʻlganda plazminogen yoki 
profibrinolizin deb nomlanadi. Fibrinolitik yoki plazmin tizimi qon laxtalarini lizisi amalga oshiradi va 
toʻqimalarni qon ivish mahsulotlaridan sekinlik bilan tozalaydi. U shuningdek, qon ivishi natijasida yopilib 
qolgan tomirlarning qayta ochilishini taʼminlaydi. Ayniqsa periferiyalardagi kichik qon tomirlar ochilishini 
taʼminlaydi, agar plazmin sistemasi yoʻq boʻlganda, bu tomirlar okklyuziyaga uchrab ketardi. 
 
Plazminogen
plazminogen jigar tomonidan sintezlanadigan 
betta globulin
oqsili hisoblanadi. Strukturaviy jihatdan odam 
plazminogeni 560ta aminokislatadan iborat ogʻir zanjir va 241ta aminokislatadan tuzilgan yengil zanjirdan 
tuzilgan. Ogʻir zanjir amino terminali disulfit bogʻlar bilan bogʻlangan 5ta halqadan (ilmoqdan) iborat. Ushbu 
ilmoqlar 
kringlar
deb nomlanadi. Kringlar – fibrin va boshqa ivish faktorlari hamda protrombinni bogʻlash 
saytlari hisoblanadi.
Plazmin 
Plazminogendan hosil boʻluvchi kuchli proteaza hisoblanadi. U fibrin va fibrinogenni (
shuningdek, V, VIII, XII 
– faktorlarni va protrombinni
) lizisga uchratadi va trombin ingibitoridek fibrin parchalanish mahsulotlari 
(FDP)ni hosil qiladi. Tanada 2ta plazminogen aktivator tizim mavjud: 
ichki va tashqi 
Tashqi plazminogen aktivator tizimi

Bu yoʻl asosiy plazminogen aktivator yoʻlidek tuyuladi, chunki uning yoʻqolishida spontan fibrin choʻkmasi


paydo boʻladi. Jarohatlarning tuzalishi kechikadi, oʻsishda defektlar yuzaga keladi, bundan anglash mumkinki 
plazminogen faqatgina lizisda qatnashmaskan, u shuningdek, hujayralar harakati va ovulatsiyada muhim rol 
oʻynaydi.
 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin