Mediator team Fiziologiya Klinika


Virxov tromb shakllanishi uchun 3 faktorni aytgan (



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

Virxov tromb shakllanishi uchun 3 faktorni aytgan (
Virxov triadasi
)
1. Endoteliyning jarohatlanishi

Yuqorida jarohatlanmagan endoteliy qanday qilib qon ivishini oldini olishi haqida koʻrib chiqdik. Endoteliy 
quyidagi holatlarda jarohatlanishi mumkin: ateroskleroz, gipertenziya, arterial kasalliklar, tizimli kasalliklar, 
qandli diabet, giperxolesterinemiya vahokazo.
 
2. Qon oqimidagi oʻzgarishlar
Odatda operatsiya oʻtqazgan (tomir jarohatlari) bemorlarda yoki yotib qolgan bemorlarda (muskullar 
kontraksiyasi hisobiga). 
3. Qonning giperkoagulatsion xususiyati
□■
fibrinogen, protrombin, VIa,VIIa va Xa faktorlar kabilarning oshishi
□■
trombotsitlar soni va ularning adgezivlik xususiyati oshishi
□■
antitrombin III va fibrinogen parchalanish mahsulotlari kabi koagulatsion ingibitorlarning kamayishi 
Trombogenezdagi hodisalar ketma-ketligi
Trom hosil boʻlishiga olib keladigan hodisalar ketma ketligi quyidagilardan iborat:

1. Trombotsitlar adgeziyasi

Endoteliyga trombotsitlar adgeziyasi trombogenezning birinchi qadami hisoblanadi. Trombotsitlar massasi 
boshqa trombotsitlar kelib birikishi hisobiga oshadi. Harakatdagi leykotsitlar xuddi pashshalar yopishqoq 
pashsha qogʻozga yopishgandek trombotsitlarga yopishadi.
 
2. Koagulatsiya sistemasining aktivlanishi
Trombotsitlar 
tromboplastinlarni 
ajratadi va ular esa koagulatsiya sistemasini faollaydi. Shu tarzda fibrin 
filamentlari barcha qismga tarqaladi. Trombotsitlar adgezion kompleksi boshqa bir kompleks bilan fibrin 
filamentlari orqali bogʻlanadi. 
3. Fibrin tarmogʻida RBC va WBC lar chalkashishi
sodir boʻladi va oxirida tromb deb ataladigan qattiq ivigan mahsulot hosil boʻladi. Qizil hujayralar parchalanadi 
va gemoglobinni yoʻqotadi, shu sababli hosil boʻlganiga maʼlum vaqt oʻtgan tromb sargʻish-yashil rangda, unga 
yangi qoʻshilgan tromb esa qizgʻish rangda boʻladi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin