Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

□■ Protrombin
□■ VII, IX va X faktorlar
□■ Sirkulatsiyadagi antikoagulant oqsil (
protein C
)
K vitamini yetishmovchiligi

hollarida protrombin yetishmovchiligi, qon ivish vaqti uzayishi va jiddiy gemorragiyalar kuzatilishi mumkin.

Sabablari: yuqorida aytilganidek ovqat tarkibida yetishmovchiligiga deyarli bogʻliq emas, demak, K-vitamin 
yetishmovchiligi quyidagi klinik hollarda kuzatiladi:
 
1. 
Mexanik sariqlik hollarida
(sabab oʻt ichakka yetib bormaganligi uchun vit-K ning absorbsiyasi buziladi).
2. 
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda
ham vit-K yetishmovchiligi kuzatiladi (sabab, ichak normal mikroflorasi hali 
yetarli darajada shakllanmagan boʻladi. Shu sababli, yangi tugʻilgan chaqaloqlarga K vitaminini muntazam 
berish tavsiya etiladi).
3. 
Surunkali diareyada
: Bu holatda anormal mikroflora hisobiga vit-K sintezida buzilish va/yoki 
absorbsiyasidagi yetishmovchilik sabab boʻlishi mumkin. Bu holat yogʻlar absorbsiyasidagi defekt tufayli ham 
boʻlishi mumkin. (sprueda)
4. 
Antibiotiklar zararli taʼsiri hisobiga
. Sabab esa antibiotiklar (asosan, keng spektrga ega sefalosparinlar) 
normal mikroflorani ham nobut qilishidir.



Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 
MEDIATOR team
 
Jigarning roli
Koagulatsiya mexanizmida jigar quyidagi muhim vazifalarni bajaradi:

1. Prokoagulantlar sintezi: V, VII, IX, X faktorlar, protrombin va fibrinogen sintezlanadi.

2. Aktivlangan prokoagulantlarni olib tashlash. Jigar shuningdek, aktivlangan prokoagulantlarni qondan olib 
tashlaydi.

3. Antikoagulantlar sintezi: Jigar shunindek, geparin, antitrombin III va C-oqsil kabi antikoagulantlarni 


sintezlaydi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin