Mediator team Fiziologiya Klinika



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/38
tarix27.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#198681
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38
Trombotsitlar va qon ivishi

umumiy yoʻlga
 oʻtadi. 
 
Protrombin

Protrombin (faktor II) – plazma oqsili (a2 globulin) quyidagi xususiyatlarga ega:



□■
Normada sirkulatsiyadagi qonda boʻladi va trombinning inaktiv prekursori hisoblanadi.

□■
Molekular ogʻirligi 69 000 Da 

□■
U jigarda vitamin K ishtirokida sintezlanadi (Jigarda sintezlanuvchi VII, IX va X faktorlar sintezi ham K 
vitaminiga bogʻliq)

□■
Katta odamlarda uning qondagi konsentratsiyasi 40mg/dl, jigar kasalliklarida uning miqdori kamayadi.
 
Protrombinning trombinga aylanishi
Protrombin aktivatori tomonidan Ca
2+
ishtirokida amalga oshadi. (
Bunda α- β- va γ-trombinlar hosil boʻladi, 
ularning eng faol qismi – α-trombin
) Bu jarohatlangan sohada trombotsitlar laxtasi shakllanganda, ular 
yuzasida sodir boʻladi. Trombin hosil boʻlishi bevosita protrombin aktivatori miqdoriga proporsional, bu esa 
oʻz navbatida tomir devori yoki qon travmasiga proporsional.
 

 
Trombin
Trombin proteolitik ferment boʻlib, molekular massasi 34 000 Da, bu protrombinning yarmi. Ishlangan trombin 
soni ehtiyojdan ortiqcha boʻladi. Faqat 1ml qon ivishida hosil boʻlgan trombin 3L qonning koagulyatsiyasi 
uchun yetarli hisoblanadi.
Trombinning vazifalari
□■ 
Fibrinogendan fibrin hosil boʻlishini taʼminlaydi.
□■ 
Ijobiy feedback roli: VIII, V va XIII faktorlarni aktivlash orqali protrombin aktivatori hosil boʻlishini 
tezlashtiradi. Fermentlar faollashishining kaskad mexanizmi shunday ishlaydiki, kam miqdorda XII faollashsa 
ham koʻproq miqdorda protrombin aktivatorini aktivlaydi. Shu tarzda trombinning oʻzi protrombindan trombin 
hosil boʻlishini stimullashi mumkin (
amplifikatsiya effekti
). 
□■ 
U shuningdek, protein-C ni aktivlaydi (antikoagulant) 


Zebo Iskandarova. Aziza Zaynutdinova. Mirmuhsin Axtamov
. | 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin