MAVZU: Elektromagnit to’lqinlar shkalasi. Yorug’likni tavsiflovchi kattaliklar va ularning birliklari. Yorug’lik interferentsiyasi. Kogerent to’lqinlar.
Yorug’likning yupqa plastinkalardan qaytishdagi interferentsiyasi. Interferentsiya asboblari va ularni kimyoda qo’llanilishi. Yorug’lik difraktsiyasi.
Ma’lumki, jismlarga yorug’lik nuri tushganda ular ko’zga ko’rinadilar. Bu yorug’lik nurlarini yorug’lik manbalari sochadi. Qizigan metall va ko’mir, gaz alangalarini yorug’lik manbalari sifatida qarash mumkin. YOrug’lik elektr razryadlar
jarayonida ham sochiladi, shuningdek ko’p moddalar yorug’lik, rentgen va boshqa nurlar ta’sirida lyuminessensiya sababli nurlanadilar.
Yorug’lik chiqarish jarayonini o’rganish shuni ko’rsatdiki, yorug’likni elementar manbalari - atomlar, molekulalar va elektronlardir. Agar atom yoki molekulaga ma’lum energiya berilsa, u uyg’ongan holatga o’tadi va bunday atom yoki molekula ma’lum chastotali yorug’lik to’lqinini chiqarish qobiliyatiga ega bo’lib qoladi. Atom yoki molekulani uyg’onish darajasiga qarab u har xil chastotali yorug’lik to’lqinini chiqaradi. SHu sababli atom va molekulaning nur sochish sohasi infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha sohada yotadi. SHuninng uchun keng ma’noda yorug’lik infraqizil, ko’zga ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar to’plamidir. Bu nurlanishlarning tabiatini o’rganadigan fanga optika deyiladi va nurlanishlar spektriga optik spektr deyiladi.
Optikaning rivojlanish jarayonida yorug’lik tabiati haqida ikki qarama-qarshi nazariya vujudga kelgan. Birinchi nazariyaga ko’ra, yorug’lik tabiati to’lqin xarakterga ega. Bu sohada birinchi bo’lib Robert Guk, Xristian Gyuygens, Tomas YUng, Arago, Koshi, Frenel kabi olimlar ko’plab ish qildilar. Keyinchalik ularning ishlari ingliz olimi Maksvell tomonidan ishlab chikilgan elektromagnit nazariyaga asos bo’ldi va yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra
yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, elektr vektori E va yorug’likning
tarqalish tezligi s o’zaro perpendikulyardir. YOrug’likning to’lqin nazariyasi asosida yorug’lik interferensiyasi, yorug’lik difraksiyasi, yorug’likning qutblanishi bilan bog’langan barcha hodisalar to’g’ri tushuntiriladi.
Yorug’likning to’lqin nazariyasi bilan bir qatorda yorug’likning kvant nazariyasi ham rivojlandi. Bu sohada I.Nyutonning g’oyalari va ishlari katta ahamiyatga ega. I.Nyuton o’zi kuzatgan yorug’lik dispersiyasi va boshqa hodisalarni tushuntirishda yorug’lik juda kichik zarralar — korpuskulalar oqimidan iborat degan g’oya asosida tushuntirgan edi. Bu nazariya keyinchalik yanada rivojlantirildi va u asosda XX asrda yorug’likning foton yoki kvant nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra yorug’lik elementar zarralar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi, absolyut qopa jism qonunlari fotoeffekt, Kompton effekti shu nazariya asosida tushuntirildi. YOrug’likning foton nazariyasi kvant mexanikasi asosida vujudga keldi. SHu sababli yorug’likni foton nazariyasi yana yorug’likning kvant nazariyasi deb ham ataladi.
Oddiy sharoitlarda fazoda bir vaqtning o’zida juda ko’plab yorug’lik to’lqinlari tarqaladi. Bu to’lqinlar har xil manbalardan chiqayotgan yoki har xil predmetlar yuzalaridan qaytayotgan va sochilayotgan bo’lishi mumkin. Kundalik hayotdagi tajribalardan bilamizki, juda ko’plab tarqalayotgan yorug’lik to’lqinlari bir-biriga xalaqit bermay fazoda tarqaladi, shu sababli biz predmetlarni ko’rganda ularni o’zini bo’zilmagan holda ko’ramiz. YOrug’lik to’lqinlarini bunday tarqalishiga sabab sho’ki, yorug’lik elektromagnit to’lqinlarning muhitga ta’siri shu muhitda boshqa elektr va magnit maydonlarning borligidan qat’iy nazar ro’y beradi. Bundan har xil elektromagnit to’lqinlarning elektr va magnit maydonlari bo’shlikda tarqalganda o’zlarini kuchlanganliklarini, harakat yo’nalishini va boshqa xarakteristikalarini
o’zgartirmaydilar degan xulosaga kelamiz. Bu xaqikatda shunday ro’y beradi. Buni superpozitsiya prinsipi deb ataladi. Superpozitsiya prinsipi bajarilganda fazoda bir vaqtda tarqalayotgan elektromagnit to’lqinlarning ye va N kuchlanganliklari o’zaro algebraik ravishda qo’shiladilar, lekin ikki yorug’lik to’lqinining tebranishlarining fazalar ayirmasi vaqt bo’yicha o’zgarmas bo’lsa, bu prinsip bajarilmaydi. Bu to’lqinlarni kogerent to’lqinlar deyiladi. Kogerent to’lqinlar qo’shilganda fazoning bir qismida yorug’likni kuchayishi ya’ni maksimumi, boshqa qismlarida yorug’likni susayishi, ya’ni minimumi kuzatiladi. Bunday hodisaga yorug’lik to’lqinlarining interferensiyasi deyiladi. YOrug’lik interferensiyasi faqat kogerent yorug’lik to’lqinlari qo’shilganda ro’y beradi.
Kogerent to’lqinlarni kogerent manbalar sochadi. Ammo tabiatdagi barcha yorug’lik manbalari o’zaro kogerent bo’lmaydi. SHu sababli birinchi marta yorug’lik interferensiyasini kuzatish uchun sun’iy usuldan foydalanganlar, ya’ni bir manbadan chiqayotgan yorug’likni ko’zgu, linza yordamida yoki boshqa usulda ikkiga ajratib, so’ng uchrattirganlar. Bunday usuldan Frenel, YUng, Lloyf, Bete, R. Pol kabi olimlar foydalanganlar. Misol tariqasida YUng sxemasini ko’ramiz. T.YUng bir tirqishdan tarqalayotgan yorug’lik yo’liga ikki tirqishli to’siq qo’ydi. Natijada to’siqdan so’ng yorug’lik ikki mustaqil dasta sifatida tarqaladi. Bu ikki yorug’lik bir manbadan chiqayotgan bo’lgani uchun o’zaro kogerent bo’ladi va ekranda interferensiya maksimumlari va minimumlari kuzatiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki
kogerent yorug’lik to’lqinlarining optikaviy yo’llari farqi juft sonli
2
to’lqin
o’zunligiga teng bo’lsa
2k k (2.1)
2
interferensiya maksimumi kuzatiladi. Yozilgan (2.1) shart interferensiya maksimumlari sharti deyiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki kogerent yorug’lik
to’lqinlarining optikaviy yo’llari farqi toq sonli
2
to’lqin o’zunligiga teng bo’lsa
(2k 1) (2.2)
2
interferensiya minimumlari kuzatiladi. YOzilgan (2.2) ifoda interferensiya minimumlari sharti deyiladi.
Interferensiya hodisasini hayotda biz uchratib turamiz. Masalan, suv yuzidagi yupqa yog’ yoki moy qatlamlariga yorug’lik tushganda ularning tovlanishini ko’ramiz. Bu hodisaga optikada yupka plastinkalar rangi deb
nom berilgan. Bunday rangli tovlanishlar sovun pufaklarida juda yupqa neft pardalarida, eski shisha yoki metallar sirtida ham kuzatiladi. Agar yupqa shaffof plyonkani yoritsak, unda ham shunday hodisani ko’ramiz. Buning sababi shundaki, yorug’lik yupqa plastinkaning ikki sirtidan qaytganda yorug’lik to’lqini ikki kogerent dastani vujudga keltiradi. Bu dastalar o’zaro uchrashib interferensiyani beradi. Bunda
hosil bo’lgan interferension manzaralar lokallangan manzaralar deyiladi. CHunki ular faqat parda sirtiga yaqin sohada kuzatiladi. Interferensiya hodisasi aniq o’lchashlarda, fizik tajribalarda, sanoatda, texnikada va yana juda ko’p sohalarda keng qo’llaniladi. Interferensiya hodisasiga asoslanib ishlovchi maxsus optik asboblar - interferometrlar yasalgan.
MAVZU Golografiya to’g’risida tushuncha. Yorug’likning qutblanishi. Yorug’likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Yorug’likning yutilishi va dispersiya. Buger qonuni. Dispersiyaning elementar
Yorug’likni fazoda tarqalishini kuzatib yorug’lik to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi degan xulosaga kelamiz. Hakikatdan ham, biror teshikdan yorug’lik o’tsa, u uzun nur konusini hosil qiladi. Agar shu teshikni yana kichraytirsak, u holda yorug’lik teshikdan sfera bo’ylab tarqaluvchan bo’ladi. Bu hodisani birinchi bo’lib italyan olimi Grimaldi kuzatgan va uni yorug’lik difraksiyasi deb atagan. Umuman, yorug’lik difraksiyasi deb yorug’likni tor teshiklardan va to’siq chetidan o’tganda to’g’ri chiziqli tarqalishining bo’zilishiga aytiladi. Gyuygens yorug’likni tarqalish jarayonini tushuntirish uchun bir prinsipni bayon etdi. Bu prinsipni ma’nosi shunday: yorug’lik to’lqini kelib tebratgan har bir nuqta o’z navbatida manba bo’lib elementar yorug’lik to’lqinlarini tarqatadi. Gyuygens prinsipini kamchiligi shundaki, elementar to’lqinlarni qo’shganda ularni fazalarini hisobga olmaydi, holbuki bu to’lqinlarning fazalari har xil bo’ladi. Bu kamchilikni Frenel to’ldirdi va elementar to’lqinlarni fazalarini hisobga oldi. Natijada Gyuygens-Frenel prinsipi vujudga keldi, uni ma’nosi shunday: chegaralangan yorug’lik to’lqinlari fronti tarqalganda hamma nuqtalardan chiqayotgan elementar to’lqinlar interferensiya natijasida bir-biri bilan qo’shilishib ketgan fazoning qismida qorong’ulik kuzatiladi.
Frenel yorug’lik difraksiyasini tushuntirish uchun o’tayotgan to’lqin frontini elementar to’lqinlar manbai bo’lgan zonalarga ajratdi va ularning biror nuqtadagi ta’sirini ko’rib chiqdi. Optikada bu zonalarni Frenel zonalari deb ataladi. Frenel shu usul bilan yorug’likni to’g’ri chiziq bo’ylab tarqalishini ham tushuntirdi. Difraksion hodisalar o’z xarakteriga qarab ikki sinfga bo’linadi. Birinchi sinfga kuzatuvchi nuqta ekran ( to’siq )dan ma’lum masofada joylashgan holdagi difraksion hodisalar kiradi. Bu xil difraksion hodisalar birinchi marta Frenel tomonidan o’rganilgan bo’lgani uchun Frenel difraksiyasi deyiladi. Ikkinchi sinfga ekran (to’siq) kuzatuvchi nuqtadan cheksiz masofada bo’lgan hol, ya’ni parallel nurlardagi difraksion hodisalar kiradi. Bu xil difraksion hodisalarni birinchi marta Fraungofer o’rgangan. SHu sababli bunday difraksiyalarni Fraungofer difraksiyasi deyiladi.
Frenel difraksiyasini doiraviy teshikdan yorug’lik o’tganda ko’ramiz. Doiraviy teshikni Frenel zonalariga bo’lamiz. Masalan, doiraviy teshikda 3 ta zona joylashgan. A nuqtada difraksion manzarani kuzatamiz. Bunda umumiy qoida shunday: agar doiraviy teshikda juft zonalar joylashsa, A nuqtada ( markazda ) qorong’ulik bo’ladi. Agar doiraviy teshikda toq zonalar joylashsa, A nuqtada ( markazda ) yorug’lik
bo’ladi. Biz ko’rayotgan holda doiraviy teshikda 3ta zona joylashgani uchun A nuqtada yorug’lik bo’ladi.
Difraksiya hodisasiga asoslanib maxsus asboblar yasalgan. SHunday qurilmalardan birini difraksion panjara deyiladi. Difraksion panjara deb, bir-biridan teng masofalarda turgan ko’p tirqishlardan tuzilgan asbobga aytiladi. Difraksion panjaradagi parallel joylashgan tirqishlardan yorug’lik o’tganda Fraungofer difraksiyasi kuzatiladi. Difraksion panjaradagi bitta tirqishning eni b bo’lsa, ikki tirqish orasidagi to’siq eni a bo’lsa, ularning yig’indisiga difraksion panjara doimiysi yoki davri d deyiladi. Tirqishlar soni N va panjara doimiysi d o’zaro shunday bog’langan:
|