Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari Ishsizlikning ijtimoiy oqibatlari ham mamlakat iqtisodyotiga sezilarli ta`sir o`tkazishi mumkin. Uzoq davom etgan surunkali ishsizlik millatning sog`lomligiga putur yetkazadi. Ishsizlik o`sishining muqarrar oqibati bo`lib mamlakatdagi jinoyatchilarning o`sishi va ijtimoiy keskinlik darajasining kuchayishi hisoblanadi Respublikaning jami mehnat resurslari 18,3 mln kishini tashkil etib shundan 99,4 foizi mehnatga layoqatli aholini, qolgan qismi esa ishlayotgan o‘smirlar va pensionerlarni tashkil qilad.Bundan tashqari alohida ko‘rsatib o‘tish joizki, mehnat resurslarining 75,3 foiz qismi yoki 13,8 mln nafari iqtisodiy faol aholi toifasiga, shundan 13,1 mln nafari ish bilan band aholi toifasiga kiradi. Bundan ko‘rinadiki, iqtisodiy faol bo‘lgan aholining ish bilan bandlik darajasi 94,8 foizni tashkil etmoqda. Mehnat resurslari tarkibidagi qolgan 4,5 mln nafari iqtisodiy nofaol aholi bo‘lib, ular jami mehnat resurslarining 24,7 foiz qismini tashkil qiladi. Yuqorida keltirganimizdek, aholining ish bilan bandlik darajasi iqtisodiy faol aholiga nisabatan 94,8 foizni, mehnat resurslariga nisbatan esa 71,4 foizni tashkil etdi.
Iqtisodchilar iqtisodiy o`sish sur`ati, bandlik va mehna unumdorlligi o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikka asoslangan holda sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholi bandligini rag`batlantirish siyosatida bir qancha modellarni ajratishadi.
AQSH modeli Anglosaksoniya modeli Skandinaviya Kontinental yoki nemis modeli Yaponiya modeli
Iqtisodchilar iqtisodiy o`sish sur`ati, bandlik va mehna unumdorlligi o`rtasidagi o`zaro aloqadorlikka asoslangan holda sanoati rivojlangan mamlakatlarda aholi bandligini rag`batlantirish siyosatida bir qancha modellarni ajratishadi.
Amerika modeli asosini ijtimoiy-mehnat munosabatlarining subsidiya ko`rinishi, xodimning shaxsiy yutuqqa erishishi o`zini namoyon qilishi tashkil etadi. Ushbu model mehnat bozori markazlashmaganligi hamda bandlik va ijtimoiy ta`minotning qonuniyligi :
Ish beruvchi tomonidan yollanma ishchiga nisbatan nazorat yuqori darajadaligi
Ishchilarning yuqori darajadagi jug`rofiy va kasbiy mobilligi
Nisbatan yuqori darajadagi ishsizlik bilan xarakterlanadi.