Mehnat muhofazasi tushunchasi va uni ta`minlashning huquqiy vositalari


Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini muhofazalashga



Yüklə 117,5 Kb.
səhifə3/8
tarix18.12.2023
ölçüsü117,5 Kb.
#184012
1   2   3   4   5   6   7   8
3. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini muhofazalashga
taalluqli maxsus qoidalar.
Xotin-qizlar mehnatini muhofazalash


O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 78-moddasiga muvofiq homilador ayollar va uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollarni, ularning homiladorligini yoki yosh bolasi borligini vaj qilib ishga qabul qilmaslik, ishga qabul qilishni g`ayriqonuniy rad etish deb baholanadi. Ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etgan taqdirda xodimning talabi bilan uch kun ichida ishga qabul qilishni rad qilish asoslarini ko`rsatib yozma javob berishga majbur. Ushbu yozma javob asosida, fuqaro mazkur masala xususida sudga murojaat qilishga haqli. Basharti sudda ish ko`rish davomida ish beruvchi ayol homiladorligi yoki uch yoshga to`lmagan bolasi borligi tufayli ishga qabul qilishdan bosh tortganligi ma`lum bo`lsa, ishga qabul qilishni g`ayriqonuniy ravishda rad etishda aybdor bo`lgan mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilishiga sabab bo`lishi mumkin (Jinoyat Kodeksining 148-moddasining 2-qismi).
Mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlari yosh bolali ayollarni ishga joylashish huquqlarini qo`shimcha kafolatlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 84-moddasida homilador ayollar, uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar dastlabki sinov muddati qo`llanilmagan holda, ya`ni hech bir sinov yoki boshqa qandaydir shartlarsiz ishga qabul qilinishlari shartligi haqidagi qoida nazarda tutilgan. Ayollar bilan mehnat munosabati davom etayotgan davrda ularni boshqa ishga ko`chirish umumiy asoslarda amalga oshiriladi. Shu bilan birga O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 226-227-moddalariga muvofiq, tibbiy xulosaga muvofiq homilador ayollarning ishlab chiqarish normalari, xizmat ko`rsatish normalari kamaytirilishi yoki ularning avvalgi ishlaridagi o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda yengilroq yoxud noqulay ishlab chiqarish omillari ta`siridan holi bo`lgan ishga o`tkazilishi lozim.
Homilador ayolga boshqa yengilroq ish berish masalasi hal etilgunga qadar u ana shu sabablarga ko`ra ishga chiqmagan barcha ish kunlari uchun o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda ishdan ozod qilinadilar. Shuningdek, ikki yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar avvalgi ishini bajarish imkoniga ega bo`lmagan taqdirda bolasi ikki yoshga to`lgunga qadar avvalgi ishidagi o`rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa yengilroq ishga o`tkazilishi lozim.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 237-moddasida aytilishicha: «Homilador ayollar va uch yoshga to`lmagan bolasi bor ayollar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilishga yo`l qo`yilmaydi, korxonaning butunlay tugatilishi hollari bundan mustasno, bunday hollarda mehnat shartnomasi ularni, albatta ishga joylashtirish sharti bilan bekor qilinadi». Mazkur ayollarni ishga joylashtirishni tugatilayotgan korxonaning huquqiy vorisi amalga oshiradi, huquqiy vorislari bo`lmagan taqdirda esa, mahalliy mehnat bo`limlari ularga ma`qul keladigan ish topishda va ishga joylashtirish davrida qonun hujjatlarida belgilangan tegishli ijtimoiy to`lovlar bilan yordam ko`rsatishga majburdir.
Davlatimiz tomonidan kelajagimiz tayanchi bo`lgan yosh avlodni, ular tarbiyasi bilan mashg`ul bo`lgan onalar va barcha xotin-qizlarni ishlab chiqarish jarayonida himoyalashga qaratilgan ulkan ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, «Ayollarni ijtimoiy himoyalash», «Nogironlarni mehnatga qaytarish» davlat dasturlarining ro`yobga chiqarila boshlanishi bilan bir necha minglab ish joylari sog`lomlashuviga, qulay va xavfsiz mehnat sharoitlari yaratilishiga erishildi. Ammo xalq xo`jaligining ayrim tarmoqlarida, ijara, fermer va jamoa xo`jaliklarida mehnatni muhofaza qilish talablarini pisand qilmaslik, ayollarga berilgan kafolatlardan foydalanilishiga to`sqinlik qilish, ular mehnatidan noqulay va xavfli ishlarda foydalanish hollari uchrab turibdi, bu esa ayollar salomatligiga, bolalar parvarishi va tarbiyasiga salbiy ta`sir qilmoqda1.
Korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasiga oid asosiy talablar hamda qoidalar O`zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (13-bob, 211-233-moddalarda), O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi «Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida»gi Qonunda, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarida, tarmoq vazirliklari va idoralar tomonidan ishlab chiqilib, tasdiqlanadigan mehnatni muhofaza qilishga oid standartlar, korxonalarda tuzilgan jamoa shartnomalari, tarmoq jamoa kelishuvlari, ichki mehnat tartibi qoidalarida va boshqa me`yoriy hujjatlarda nazarda tutilgan.
Xotin-qizlar mehnatini muhofaza qilishga oid qo`shimcha talablar Mehnat kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasida aytilishicha, «Mehnat sharoiti noqulay ishlarda ayollar mehnatining qo`llanishi taqiqlanadi, yer ostidagi ba`zi ishlar (jismoniy bo`lmagan ishlar) bundan mustasnodir».
O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2000 yil 5 anvardan 865-tartib raqami dalan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan ayollar mehnatining qo`llanilishi to`liq yoki qisman taqiqlangan, noqulay mehnat sharoitiga ega bo`lgan ishlar ro`yxatida ayollar ishlashi mumkin bo`lmagan yoki cheklangan kasblar, ishlar ish joylari doirasi belgilangan.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasi, 2-qismida aytilishicha, «Ayollarning ular uchun mumkin bo`lgan normadan ortiq yukni ko`tarishlari va tashishlari man etiladi».
O`zbekiston Respublikasi Davlat sanitariya Bosh shifokori tomonidan 1996 yil 19 martda tasdiqlangan «Yuklarni qo`lda ko`tarish, tashishda ayollar uchun yo`l qo`yilishi mumkin bo`lgan og`irlikning sanitariya me`yorlari»da mazkur sanitariya me`yorlari va qoidalari mulkchilikning barcha shakllaridagi korxona, tashkilot va birlashmalar uchun majburiy bajarilishi shartligi qayd etilgan. Ushbu sanitariya me`yorlarining belgilanishidan ko`zlangan asosiy maqsad – ayollar uchun eng maqbul mehnat sharoitlarini yaratish, reproduktiv funksiya (bola tug`ish)ning buzilishi va ayol salomatligiga putur yetishiga yo`l qo`ymaslikdan iboratdir.
Ushbu sanitariya me`yorlariga ko`ra xotin-qizlar tashishi va ko`tarishi mumkin bo`lgan og`irlik me`yorlari 1-jadvalda belgilangan.
16, 18 yoshdagi o`smir qizlar uchun qo`lda ko`tariladigan va bir joydan ikkinchi joyga tashiladigan yuk massasi 7 kgdan, 14, 15 yoshli qiz bolalar uchun esa 3,5 kgdan oshmasligi lozim.
16, 18 yoshdagi o`smir qizlarning bir g`ildirakli, 2,3 va 4 g`ildirakli aravachalarda yuklarni tashish normalari belgilab qo`yilgan bo`lib, bu sohadagi eng ko`p yuk miqdorlari 2-jadvalda ko`rsatilgan.
Voyaga yetgan xotin-qizlar uchun og`ir yukni bir joydan boshqa joyga olishga yo`l qo`yiladigan me`yorlar.
1-жадвал



Т/р

Yüklə 117,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin