Mehnаt shаrtnоmаsini o’zgаrtirish, bekоr qilish tushunchаsi. Хоdim tаshаbbusi bilаn mehnаt shаrtnоmаsini bekоr qilish. Mehnаt shаrtnоmаsini ish beruvchining tаshаbbusigа ko’rа bekоr qilish reja: kirish


Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini oʻzgartirish



Yüklə 54,48 Kb.
səhifə3/4
tarix22.06.2023
ölçüsü54,48 Kb.
#133851
1   2   3   4
mehnat huquqi

3. Xodim talabiga binoan mehnat shartlarini oʻzgartirish
Amaldagi mehnat qonunchiligida muayyan vaziyatlar mavjud boʻlganda mehnatning shartlari xodim talabiga binoan oʻzgartirilishi mumkinligi koʻzda tutilgan. Buning uchun muayyan vaziyatlar mavjud boʻlishi kerak va bular aniq koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
MKning 90-moddasining 1-qismiga muvofiq, mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda nazarda tutilgan hollarda xodim ish beruvchidan mehnat shartlarini oʻzgartirishni talab qilishga haqlidir.
Shunday holatlar MKning 218, 226, 227, 228, 229, 230, 232 va boshqa moddalarida nazarda tutilgan.
Bulardan tashqari, 90 moddada aytilganidek, bunday holatlar boshqa normativ hujjatlarda ham, chunonchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, Farmoyishlarida ham koʻrsatilgan boʻlishi mumkin. Bu esa eslatilgan holatlardan ayrimlari xususida tuxtalib oʻtamiz. MKning 2281-moddasi mazmuniga muvofiq, 3 yoshga toʻlmagan bolalari bor, moliyaviy jihatdan budjet hisobidan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish xaftasining 35 soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi va ish haqi toʻliq miqdorda toʻlanadi. Ushbu misoldan ma’lum boʻladiki, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarga qoʻshimcha imtiyozlar toʻgʻrisida”gi 1999-yil 14-apreldagi qonuni bilan ayrim toifa ayollar uchun ish xaftasining 40 soatlik muddati 35 soatlik qisqartirilgan muddat qilib belgilandi. Shu munosabat bilan mehnat shartnomasining ish vaqti muddatiga tegishli sharti xodim talabiga binoan oʻzgartirilishi shart.
Yuqorida aytib oʻtilganidek, mehnatning shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmonlari, qarorlari, Farmoyishlari asosida ham xodim talabiga binoan oʻzgartirilishi mumkin. Ma’lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilar tarkibining maoshini oshirish toʻgʻrisida” 1999-yil 20-iyuldagi Farmoniga muvofiq, ularning maoshi 1999-yil 1-sentabrdan boshlab Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining razryadlari boʻyicha bir razryadga yuqori koʻtarish xisobiga oshirilishi belgilandi. Demak, xodim endi oʻz maoshining oshirilishini talab qilish, ya’ni mehnatning ish haqi bilan bogʻliq shartini oʻzgartirishni talab qila oladi. Mehnat qonunchiligida aksariyat oshirilgan ijtimoiy himoyaga muxtoj boʻlgan xodim mehnatning shartini oʻzgartirishni talab qilishi mumkin. Masalan, xodimga TMEK tomonidan nogironlik guruhi belgilandi. Xodim ish vaqtini qisqartirish, 30 kalendar kundan iborat mehnat ta’tili berilishini va boshqalar talab qila oladi.
Ayni vaqtda xodimning talab qilish huquqi jamoa kelishuvlarida, shuningdek korxonada qabul qilingan lokal hujjatlarda ham nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Masalan, rafiqalari xomiladorlik va tugʻish otpuskalariga chiqqan vaqtda erlari uchun qisqartirilgan ish kuni yoki ish xaftasi belgilash jamoa shartnomasida nazarda tutilgan boʻlishi mumkin. Xodimning mehnat shartlarini oʻzgartirish haqidagi arizasi berilgan kundan e’tiboran 3 kundan kechiktirmay ish beruvchi tomonidan koʻrib chiqilishi lozim. Xodimning bu talablari rad etilgan taqdirda, ish beruvchi unga rad etishning sababini ma’lum qilishi kerak. Xodimning talablarini rad etish sabablarini unga ma’lum qilmaslik xususida shikoya qilish uchun toʻsiq boʻla olmaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mehnat shartnomasida shartlashib olinmagan ish joyini oʻzgartirish mehnat shartlarini oʻzgartirish deb hisoblanmaydi va bu haqda xodim bilan kelishish talab qilinmaydi (MKning 91-moddasi).Chunki ish joyi mehnat shartnomasining zarur sharti hisoblanib, MKning 73-moddasida koʻrsatilganidek, mehnat shartnomasi tuzish chogʻida xodim bilan ish beruvchi tomonidan aniq kelishib olinadi. Ushbu moddaning mazmuniga koʻra, mehnat shartnomasida kelgusida xodim mehnat qilishi lozim boʻlgan aniq bir korxona yoxud uning alohida tarkibiy boʻlinmasi, ya’ni filiali, uchastkasi, vakolatxonasi va h.k.lar koʻrsatib qoʻyiladi. Ammo ish joyini oʻzgartirish deganda hamma vaqt korxonaning oʻzgarganligini tushunish kerak emas. Chunki bunday holda mehnat shartnomasi, albatta bekor boʻladi. Mehnat shartnomasida shartlashib olingan ish joyi oʻzgartirilganda esa asosan korxona tarkibiy boʻlinmasining (boʻlim, sex, uchastka, filial, va h.k.lar) oʻzgarganligini tushuniladi. Muhimi, ish joyi oʻzgartirilganda mehnat shartnomasining boshqa barcha shartlari saqlanib qoladi. Binobarin, bu xususla yuridik adabiyotlarda aynan bir xil fikr mavjud boʻlib, uning mazmuni shundan iboratki, mehnat shartnomasida korxonanning muayyan tarkibiy boʻlinmasi, mexanizm yoki agregatda ishlash qayd etilmagan boʻlsa, ish beruvchi xodim bilan kelishmasdan turib, unga shartnomada shartlashilgan mutaxassislik, malaka yoxud lavozim boʻyicha korxonaning ajralib chiqmagan boʻlinmasida yoki boshqa mexanizm yoxud agregatda ishlashni topshirishi mumkin. Agar mehnat shartnomasida bu haqda aniq kelishib olinmagan boʻlsa, ish beruvchi xodimning mehnatidan korxonaning tarkibiy boʻlinmasida foydalanishi mumkin boʻladi.


Yüklə 54,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin