Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish mundarija



Yüklə 195,22 Kb.
səhifə2/7
tarix16.06.2023
ölçüsü195,22 Kb.
#131104
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat sig\'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish




I.Bob.Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish

1.1.Samaradorlik korxona ishlab chiqarish faoliyatini muhim o’lchov birligidir


Ishlab chiqarish samaradorligi har bir korxona faoliyatining eng asosiy vazifasi hisoblanadi. U xo’jalik yuritishning sifat va miqdor ko’rsatkichlarini, shuningdek, buyumlashgan va jonli mehnat xarajatlari hamda olingan natijalar o’rtasidagi munosabatni ifodalaydi.
“Samara”, “samaradorlik”, “ ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” kabi tushunchalarning orasidagi farqni anglab olish zarur.
Samara – bu, ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ish, xizmat), foyda va daromad hajmini oshirish, mahsulot tannarxini kamaytirish, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarishni kamaytirish yoki umuman, yo’q qilish bilan bog’liq bo’lgan korxona faoliyatining ijobiy natijalaridir. Bu yutuqlar natural shaklda ishlab chiqarish samarasini, pul shaklida esa iqtisodiy samarani tavsiflaydi.
Samaradorlik, avvalo, korxona faoliyatining sifat jihatlarini tavsiflovchi tushunchadir. U “samara” toifasidan kelib chiqadi hamda unga qaraganda murakkab va kompleks tavsifga ega.
Samaradorlik chora sifatida ko’plab texnik, iqtisodiy, loyiha va xo’jalik qarorlarini avvaldan belgilab beradi. Korxona o’zining xo’jalik, ilmiy-texnik va investitsion siyosatini belgilashda samaradorlikdan kelib chiqadi.
Iqtisodiy samaradorlik samaradorlikka qaraganda bir muncha tor ma’noni anglatadi. U qabul qilinayotgan qarorlarning xo’jalik yuritishda maqsadga muvofiqligini tavsiflaydi hamda barcha hollarda samaraning unga erishish uchun ketgan xarajatlar(ishlab chiqarish resurslari)ga nisbati sifatida aniqlanadi. Xarajatlar qanchalik kam bo’lsa (mahsulot sifatiga ta’sir qilmagan holda), samara shunchalik ortadi, demak, iqtisodiy samaradorlik ham ortadi.
Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ishlab chiqarish samaradorligini mehnat sharoitlarini, uning ijodkorlik mazmunini boyitish, aqliy va jismoniy mehnat o’rtasidagi farqni yo’qotishni inobatga olgan holda tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bir
vaqtning o’zida, ishlab chiqarish samaradorligini kuchaytirish, korxonaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi, shaxsning har tomonlama rivojlanishi va uning barcha qobiliyatlaridan foydalanishning sabab va natijasi hisoblanadi. Bevosita ijtimoiy samara, xodimlarning bilim va malakasi, tajriba va madaniyatining o’sishi, aholi sog’lig’ining yaxshilanishi va umr ko’rishining uzayishida aks ettiriladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi ijtimoiy samaradorlikka nisbatan birlamchi hisoblanadi: iqtisodiy yutuqlar korxonaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga yordamlashadi. Masalan, foydaning o’sishi, jamg’armalarning ortishi korxonaga ijtimoiy vazifalar doirasini kengaytirish va ularni hal qilish imkonini beradi.
Biroq samaradorlik va uning asosiy ko’rsatkichi - foyda (daromad) o’z-o’zidan, avtomatik ravishda yuzaga kelmaydi. Turli korxonalarda samaradorlikka erishish uchun mavjud ishlab chiqarish quvvatlari va boshqa xususiyatlardan kelib chiqqan holda, turli vosita va yo’llardan foydalaniladi. Bunda vaqt omili, ya’ni samaradorlikka qisqa yoki uzoq muddatlarda erishishni mo’ljallash, asosiy rollardan birini o’ynaydi. Masalan, korxona olayotgan foydasini qisqa vaqt mobaynida mahsulot sifatini yaxshilashni mablag’ bilan ta’minlash, ishlab chiqarishni qayta qurollantirish va modernizatsiya qilish, xodimlar malakasini oshirishga ajratilayotgan mablag’larni kamaytirish yo’li bilan ko’paytirishi mumkin. Uzoq muddatli rejalarda esa bu, foydaning kamayishiga va hattoki korxonaning bozordagi o’rnini yo’qotishi natijasida bankrotga uchrashiga olib kelishi mumkin.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqadiki, samara va samaradorlik qotib qolgan kategoriyalar qatoriga kirmaydi hamda faqatgina pul ko’rinishida o’lchanmaydi. Samaradorlik va sifatli mehnat tufayli korxona birinchidan, o’zining iqtisodiy barqarorligi va bozordagi raqobatchilikka bardosh berishini ta’minlaydi, ikkinchidan, o’z imidjini yaxshilaydi va hamkorlar bilan aloqalarini mustahkamlaydi, uchinchidan, xodimlarning iqtisodiy va ijtimoiy ahvolini yaxshilaydi. Demak, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yo’llarini qidirish, xarajat va natijalarni to’g’ri solishtirish, mulkchilik shakli, qaysi tarmoqqa tegishliligi, hududiy joylashishi va faoliyat turidan qat’i nazar, har bir korxona uchun muhim vazifa hisoblanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish – korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani echish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog’liq bo’ladi:
-bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta’minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini tanlash;
-iste’molchilar talabini qondirishga yo’naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish;
-aylanma vositalarni tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zahiralarini yaratish.
Xo’jalik samaradorligini oshirish omillarining yuqorida sanab o’tilgan har biri, faoliyat yuritishning turli shakl va ko’rinishlari yordamida, ishlab chiqarish samaradorligi asosida yotuvchi xarajatlar va resurslarning o’zaro aloqasini inobatga olgan holda amalga oshiriladi
Bu erda:
R - rentabellik, xo’jalik faoliyatining natijasini foyda shaklida ko’rsatadi va
foizlarda o’lchanadi;
P - korxonaning balans foydasi;
A - avanslangan kapital(asosiy va aylanma).
Nisbatning kattalashishi mehnat, moliya, texnologiya va moddiy resurslaridan
unumliroq foydalanishni anglatadi. Chunki aynan ular ishlab chiqarish hajmi va xarajatlari, mahsulot bahosiga ta’sir o’tkazadi. Xo’jalik faoliyati minimal xarajatlar bilan yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan joylarda samaraliroq bo’ladi.
Korxona rentabelligini aniqlashda ba’zida korxona olgan umumiy foyda emas, balki mahsulot tannarxini pasaytirish hisobiga olinuvchi foyda ulushidan foydalaniladi. Bunday yondashuv korxonani ishlab chiqarish mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan tejamkorlik bilan ratsional tarzda foydalanish, natijada esa mahsulot ishlab chiqarishga sarflanuvchi barcha xarajatlarni kamaytirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar sari chorlaydi.
Korxona samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar tarkibida mehnat unumdorligi ko’rsatkichi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki boshqa samaradorlik ko’rsatkichlari aynan ana shu ko’rsatkich darajasiga bog’liq.
Mehnat unumdorligining yuqori darajasini ta’minlash xarajatlargni kamaytirish imkoniyatlarini vujudga keltiradi . Shunday ekan, keyingi bo’limlarda mehnat unumdorli tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar va uni lshirish imkoniyatlari haqida fikr yuritiladi.



Yüklə 195,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin