Mehnat sig\'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish
1.2 Mehnat sig’imining tahlili.
Mehnat sig‘imi - bu detallar, uzellar, yarimfabrikatlar, mahsulot ishlab chiqarish uchun ish vaqti sarfi hisoblanadi. Ishlab chiqarishni texnik takomillashtirish, ilmiy-texnik taraqqiyot, ishni tashkil qilishning ilg‘or usullarini joriy qilish yo‘li bilan erishilgan mahsulotning mehnat sig‘imini kamaytirish evaziga mehnat unumdorligi o‘sishining yuqori ulushiga erishiladi.
Mahsulotning mehnat sig‘imi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari o‘rtasida teskari mutanosiblik mavjud - mehnat sig‘imi kamayganda ishlab chiqarish o‘sadi va aksincha.
Mehnat sig‘imi qisqarishi hisobiga mehnat unumdorligining ortish foizi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:
Fm =100*A 100 -A Bu yerda Fm - mehnat unumdorligining o‘sish foizi;
A - ishlab chiqarilgan mahsulot mehnat sig‘imining kamayish foizi.
Mahsulot birligi ishlab chiqarish uchun mehnat sig‘imining qisqarishi ishchilarning o‘rtacha soatlik ishlab chiqarishi miqdoriga ham bevosita ta’sir qiladi. Mehnat sig‘imi o‘zgarishining ishchilarning mehnat unumdorligiga ta’sirini 1000 so‘mlik mahsulot hisobida solishtirma mehnat sig‘imi ko‘rsatkichidan foydalangan holda kuzatish mumkin.
Jadvalda keltirilgan ma’lumotlar shundan darak beradiki, solishtirma mehnat sig‘imi o‘tgan yilga nisbatan 21,9 % ga (100- 78,10), rejaga nisbatan esa 13,64 % (100 - 86,36) kamaygan. Ushbu omil hisobiga asosan soatlik ishlab chiqarish o‘sishi ta’minlangan, u esa mehnat sarfi darajasi va me’yorlarning bajarilish darajasiga bog‘liq bo‘ladi.
Mehnat sig‘imi qisqarishi hisobiga soatlik ishlab chiqarishni 15,8
% (100*13 64) ga oshirish rejalashtirilgan.
100-13,64
Me’yorlarning bajarilish darajasi avvalgidek o‘zgarmasdan qoldi, o‘rtacha soatlik ishlab chiqarish ortishiga esa butunlay mehnat sig‘imi qisqarishi evaziga erishildi.
1-jadval Mehnat sig‘imining mehnat unumdorligiga ta’siri