Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish mundarija


-jadval Mehnat unumdorligini o’lchash uslublari



Yüklə 195,22 Kb.
səhifə5/7
tarix16.06.2023
ölçüsü195,22 Kb.
#131104
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat sig\'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish

2-jadval Mehnat unumdorligini o’lchash uslublari

Ishlab chiqarish hajmlari va mehnat unumdorligini o’lchashning qiymat usuli birmuncha murakkab ishlab chiqarish hajmlarinihisoblashda eng maqbul usulni muayyan shart sharoitlardan kelib chiqib tanlash mumkin. Ishlab chiqarish hajmlarini o’lchashning eng ko’p qo’llanadigan usuli yalpi, tovar va sotilgan mahsulotlar ko’rsatkichlaridir. Bu xil ulgurji narxlarda “zavod usuli” bo’yicha hisoblangan yalpi mahsulot Tovar mahsulotdan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarini o’lchash bilan, sotilgan mahsulot Tovar mahsulotdan sotish uchun mo’ljallangan, lekin sotilmagan Tovar qoldiqlari summasi bilan farq qiladi. Shunday qilib, mahsulot ishlab chiqarish normasi yalpi mahsulot bo’yicha aniqlanganda eng aniq natijalar kelib chiqqanday tuyuladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida unumdorlikni sotilgan mahsulot hajmi bo’yicha hisoblash ancha muhimroqdir, chunki tugallanmagan ishlab chiqarishning ko’payishi va sotilmagan mahsulot qoldiqlarining to’planib qolishi ijobiy iqtisodiy ahamiyatga ega emas. Yalpi tovar va sotilgan msatkichlarini mahsulot ishlab chiqarish hajmlarni va normalarini o’lchashning kamchiligi shundan iboratki, ulgurji
narxlar barcha moddiy xarajatlarning qiymatini o’z ichiga oladi. Vatanimiz tajribasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning hajm ko’rsatkichlari faqat jonli mehnat bilan bog’liq bo’lganligi sababli foydalanilayotgan materiallar sig’imining va qiymat ko’rsatkichlar faqat jonli mehnat bilan bog’liq bo’lganligi sababli foydalanilayotgan materiallar qiymat ko’rsatkichlarini o’zgarishiga duchor bo’lmoqda. Moddiy xarajatlarning har qanday ko’payishi (hoh u ancha qimmatbaho material bo’lsin) yoki boshqa korxonalar bilan kooperatsiya bo’yicha mahsulot yetqazib berish va sotish bo’lsin, baribir mehnat unumdorligini olib boorish tasavvurini beradi. Material sig’imining kamayishi esa – mazkur ko’rsatkichning pasayishi tasavvurini uyg’otadi.
Mehnat unumdorligini o’lchashda material sig’imini o’zgarishi ishlab chiqarilayotgan mahsulotning hajm ko’rsatkichiga va mahsulot ishlab chiqarish normasiga salbiy ta’sir ko’rsatishiga barham berish uchun qo’shimcha o’lchov usullaridan foydalaniladi: shartli sof, normali sof mahsulot bo’yicha va ishlov berishdagi normative qiymat usullari tatbiq etiladi. Bu usullarni qo’llash material sig’imi o’zgarishlarining salbiy ta’sirining to’liq yoki qisman barham toptiradi.Shunga qaramay ularning har biri o’z kamchiligiga ega bo’lib, haqiqatda ulardan birortasi ham bozor iqtisodiyoti talablariga to’liq javob bermaydi. Mehnat unumdorligini qiymat usulida aniqlash uchun foydalanilagan shartli sof mahsulot ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan xom-ashyo, butlovchi ashyolar, energiya, yoqilg’I va hokazolarga qilingan bevosita xarajatlarni chegirib tashlanadi. Shu bilan birga bu ko’rsatkichlardan ish haqi asosiy fondlarning eskirishi va foyda chegirilmaydi. Bu yerda moddiy xarajatlar o’zgarishi barham toptiriladi, lekin foydaning salmog’I va amortizatsiyaning salmog’i ortadi. Ularning o’zgarishi esa mahsulot ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligi ko’rsatkichlarini birmuncha sohtalashtirishi mumkin. Mehnat unumdorligi aniqlashda foydalanilgan sof mahsulot ko’rsatkichida yalpi mahsulot qiymatidan barcha moddiy xarajatlarni, shu jumladan amortizatsiya ajratmalarini ham chiqarib tashlash yo’li bilan hisoblasb chiqadi. Xarajatlarni va mehnat unumdorligini hisoblashda avvalgi mehnat xarajatlarining sohtalashtiruvchi ta’siri to’la-to’kis barham toptiriladi, lekin foydaning salmog’I jiddiy ravishda ortadi. Shuning uchun turli mahsulot xillarining turlicha foyda berish sharoitida aynan foyda sof mahsulot va mehnat unumdorligini ko’rsatkichlarini sohtalashtirishda asosiy rol o’ynaydi. Shuni aytish kifoyaki, foydaning turlichaligi bizning mamlakat iqtisodiyoti uchun sho’rolar hukmronligi davrida markazlashgan rejalashtirish doirasida rivojlanib kelgan edi. Unda foyda va qiymatining o’rtacha normasi bo’yicha mavjud bo’lgan tenglamaga amal qilmas edi. Ko’pgina xorijiy mamlakatlarda olingan foyda darajasi muhim farqlar yo’qligi tufayli sof mahsulot usulini mahsulot hajmlari va mehnat unumdorligini aniqlash uchun batamom maqbul deb hisoblaydilar. Lekin hatto bozor iqtisodiyoti qaror topgan mamlakatlarda ham sof mahsulot ko’rsatkichi Tovar yoki yalpi mahsulot ko’rsatkichlariga nisbatan narxlarning tebranib turishi ancha ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat unumdorligini aniqlashda foydalaniladigan normatisv sof mahsulot ko’rsatkichi sof mahsulot ko’rsatkichdan farqli o’laroq normative ish haqqini va unga qo’shib yozilgan haqqa, shuningdek o’rtacha tarmoq foydasini o’z ichiga oladi. Shuning hisobiga mahsulot har xil turlarining turlicha foyda keltirishiga barhamberadi. Ushbu usulni qo’llanish tajribasida muayyan qiyinchiliklar va kamchiliklar vujudga keladi. Birinchidan, mahsulotlarning barcha turlariga ulgurji narxlar tizimiga parallel ravishda ish haqining yaxlit normativlari tizimini yaratishzarurati paydo bo’ladi. Ommaviy ishlab chiqarishda bu narsa qiyinchilik tug’dirmasa ham, donalik va kichik seriyali ishlab chiqarish va ulardagi mahsulot nomenklaturasining tez-tez o’zgarib turishi sharoitida jiddiy qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Ikkinchidan, normative sof mahsulot asosini tashkil etuvchi ish haqi normativlarini oshirishga moyillik paydo bo’ldi. Bu esa mehnat sarflashning nisbatan ko’payishiga demak, mehnat unumdorligini oshirish sur’atlarining sekinlashuviga olib keldi. Uchinchidan, ununmdorlikning normative sof mahsulot ko’rsatkichi korxonalar ishining pirovard moliyaviy natijalar bilan zaif bog’langan: mahsulot ishlab chiqarish normasi va mehnat unumdorligi hajmlari ko’rsatkichiga ega bo’lish mumkin. Lekin moddiy resurslaming ortiqeha sarflanishi tufayli foydaga ega bo'lmasligi mumkin. Bitta ana shu sababning o'ziyoq normativ sof mahsulot ko'rsatkichidan, asosiy usul sifatida foydalanishni maqsadga muvofiq qilib qo'yadi. Unda faqat tahlil qilish maqsadlarida keng foydalanish mumkin bo'ladi.

Yüklə 195,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin