Mehnat sig'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish mundarija


Mehnat unumdorligi o'zgarishining omillari



Yüklə 195,22 Kb.
səhifə6/7
tarix16.06.2023
ölçüsü195,22 Kb.
#131104
1   2   3   4   5   6   7
Mehnat sig\'imini hisobga olgan holda mahsulot ishlab chiqarish

2.2. Mehnat unumdorligi o'zgarishining omillari


Mehnat unumdorligi - rivojlanib boruvchi ko'rsatkichdir. U ko'pgina sabablar va ominar ta siridajloimiy ravishda o'zgarib turadi. Ulardan bir xil lari mehnat unumdorligi oshishiga yordam bersa, boshqalari uni pasaytirishga sabab bo lishi mumkin. Bundan tashqaris mehnat unumdorligi darajasi va o'sishiga mehnat jarayoni kechadigan sharoit ham ta’sir korsatishi mumkin. Shart-sharoitlar qulay bo'lsa, u yoki bu omilning ta'sir etishini kuchaytiradi yoki noqulay bo'Isa, bu ta’siri zaiflashtiradi. Masalan, tabiiy iqlim sharoitlari qishloq xo'jaligidagi mehnat natijalariga va uning unumdorligiga jiddiy ravishda ta'sir ko'rsatadi. Ishlab chiqarish vositalarining mulkchilik shakllari bilan bog’liq bo'lgan ijtimoiy shart-sharoitlar, shuningdek, ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog'liq bo'lgan shart-sharoitlar boshqa teng sharoitda ham mehnat unumdorligiga jiddiy ravishda ta'sir ko’rsatishi mumkin.
Korxonada mehnat unumdorligining oshishi quyidagi tarzda namoyon bo'ladi:
1. Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning sifati o'zgarmagan holda hajmi oshishi;
2. Vaqt birligi mobaynida yaratiladigan mahsulotning hajmi o'zgarmagan holda sifati oshishi;
3. Ishlab chiqariladigan mahsult birligiga mehnat sarfining qisqarishi;
4. Mahsulot tannarhida mehnat sarflari ulushi kamayishi;
5. Tovarlar ishlab chiqarilishi va aylanishi vaqti qisqarishi;
Foyda massasi va me'yori oshishi tarzida namoyon bo'ladi.
Mehnat unumdorligi darajasi va uning dinamikasiga ko'pgina omillar ta'sir qiladi.
Omillar deb mehnat unumdorligining o'zgarishiga ta'sir ko'rsatadigan harakatlantiruvchi kuchlar yoki sabablarga aytiladi.Ulardan ayrimlari mehnat unumdorligining ortishiga yordam bersa, boshqalari unumdorlikning pasayishiga sabab bo’lishi mumkin. Omillarning birinchi guruhiga mehnat vositalarining samarasini ortishi, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatkashlar ijtimoiy guruhlari sharoitining yaxshilanishi bilan bog’liq bo’lgan barcha tadbirlar kiradi; ikkinchi guruhi - tabiiy sharoitlaming noqulay ta'sir ko’rsatishi, ishlab chiqarish va mehnami tashkil etishdagi kamchiliklar, ijtimoiy sharoitdagi salbiy elementlaming ta'sir ko'rsatishikiradi.
Ayrim korxona yoki tashkilot darajasidagi omillarni qarab chiqqanda, ulaming hammasini ichki va tashqi omillarga bo’lish mumkin.
Ichki omillarga korxonaning texnika bilan qurollanish darajasini, qo'llanilayotgan texnologiyaning samaradorligi, mehnat va ishlab chiqarishning energiya bilan ta'minlanishi darajasi, tatbiq etilayotgan rag'batlantirish tizimlarining ta'sirchanligi, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, kadrlar tarkibining yaxshilanishi kabi korxonani rahbarlariga bog’liq bo'lgan barcha narsalar kiradi. Tashqi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: davlat buyurtmalari va bozordagi talab hamda takliflarning o'zgarishi munosabati bilan mahsulot xillari va ularning sermehnatlik darajasming о’zgarishi; jamiyat va mintaqalarning ijtimoiy-iqitisodiy о’zgarishlari; mehnatni kooperatsiyalashuv darajasi, moddiy texnika ta'minoti tabiiy shart-sharoitlar va hokazolar. Barcha omillarni o'z ichki mazmuni va mohiyatiga ko'ra, uchta guruhga bo'lish mumkin: moddiy- texnika, tashkiliyvaijtimoiy-iqtisodiy. Mehnat unumdorligini oshirishning moddiy asosi fan, texnika va texnologiyani rivojlantirish, ularning yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishdir. Shuning uchun ham moddiy- tcxnika omillari guruhini, odatda, yetakchi va qolgan barcha omillarni belgilovchi guruh deb qaraladi.
Mehnat unumdorliginioshirishning moddiy-texnika omillariga fan-texnika taraqqiyotini uzluksiz rivojllantirish asosidamehnatning texnika vaenergiya bilan ta'minlanishini oshirish kiradi. Ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta'siri shu narsa bilan bog'liqki, fan-texnika taraqqiyotining avj olishi, ishlab chiqarish (texnika, texnologiya) moddiy asosining ta’minlashuvi va xilma-xil, ko’p hollarda esa ancha murakkab tashkiliy tadbirlarning amalga oshirilishi o’z-o’zidan sodir bo'lmaydi, balki faqat ijtimoiy ishlab chiqarish ishtirokchilari bo'lgan insonlarning faol mehnat faoliyati natijasidagina sodir bo'ladi. Bu mehnat faoliyatining harakatlantiruvchi kuchi - muayyan natijani qo’lga кiritishga bo'lgan qiziqishdir. U o'z navbatida ishlab chiqarish ishtirokchilari bo'lgan insonlarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi. Buiulan tashqari, ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat qatnashchilari muayyan mehnat faoliyati natijasini qo’lga kiritishga intilishi bilan bir qatorda yetarli darajadagi mehnat qobiliyatiga, ishbilarmonlik va shijoatkorlik kabi zarur shaxsiy sifatlarga ega bo'lishlari, shuningdek, tadbirkor va hushyor bo’lishlari lozim.
Mehnat unumdorligiga ta'sir ko rsatuvchi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy omillarga quyidagilar kiradi:
- mehnat natijalaridan moddiy va ma'naviy manfaatdorlik;
- hodimlaming malaka darajasi, ularning kasbiy tayyorgarligi sifati va
umumiy madaniy-texnikaviy saviyasi;
- mehnatga munosabat va mehnat intizomi darajasi;
-mehnat jamoalari o’z-o’zini boshqarishining rivojlanishi.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralari (imkoniyattari) - texnika va texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqansh, mehnat va boshqaruvni tashkil etishni
yaxshilash hisobiga mehnat unumdorligini oshirishning barcha omillaridan yanada to'laroq foydalanish imkoniyatidir. Zahiralar mehnat unumdorligini oshirish omillari bilan chambarchas bog’liqdir.Agar biror omilni imkonivat sifati da olib qaraydigan bo'lsak, u holda bu omil bilan bog’liq bo'lgan zahiradan foydalanish imkoniyatning voqelikka aylanish jarayoni hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish zahiralarining bir necha tasniflari mavjud bo'lib, ulaming hammasi ikkita katta guruhga bo'linadi: jonli mehnatdan (ish kuchidan) foydalanishni yaxshilash zahiralari va asosiy va aylanma fondlardan yanada samaraliroq foydalanish zahiralari. Birinchi guruhga mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlari, ishlovchilarning mehnat qilish qobiliyatini oshirish, kadrlar tarkibi va ulami joy-joyiga qo'yish, uzluksiz ishlash uchun tashkiliy shart-sharoitlar yaratib berish, shuningdek, hodimlaming mehnat natijalaridan moddiy va ma'naviy manfaatdorligini oshirishni ta'minlash bilan bog’liq masalalar kindladi. lkkinchi guruh asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashinalar, mexanizmlar, apparatlar va shu kabilar)dan yaxshiroq foydalanishi zahiralarini, shuningdek, xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar, yoqilg’i, energiya va boshqa aylanma fondlardan yanada tejamli va to’liq foydalanishni o’z ichiga oladi.
Zahiralar foydalanish imkoniyatlari belgilari bo'yicha zahiralarigavanobud bo’lish (bekorga sarflash)zahiralarigabo'linadi.
Zahiralar tushunchasiga ishlab chiqarishda ish vaqtining bekor sarf bo'lishi ham kiradi.Bularsmena ichida va kun mobaynida bekor turishlar, ishga kechikib kelish va rejada ko'zda tutilmagan ishga kelmay qolishlaming barchasidir; mehnatning ishlab chiqarish bilan bog’liq bo'lmagan holda sarflanishi - mehnat qurollari va mehnat ashyolaridan oqilona foydalanmaslik hamda belgilangan texnologiya jarayonlarining buzilishi oqibatida mehnatning rejadagidan tashqari ortiqcha sarflanishidir.
Mehnat unumini tahlil etishdan maqsad uning bajarilishiga baho berish hamda o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni miqdor jihatdan hisoblashdan iboratdir. Ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish korxonasida bir xodimning mehnat unumi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun quyidagi jadval ma’lumotlaridan foydalanamiz.
Buning uchun korxonada bir xodimning mehnat unumi va uning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarning xisobini amalga oshiramiz.



Yüklə 195,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin