Mehnat unumdorligi statistikasi



Yüklə 216,9 Kb.
səhifə6/6
tarix20.01.2023
ölçüsü216,9 Kb.
#79814
1   2   3   4   5   6
stat-msm

Tarkibiy siljish indekslari ham shu ikki usulda yuqorida ko‘rgan sababga ko‘ra turlicha bo‘ladi. Har xil sarf birliklariga nisbatan hisoblangan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik. Mehnat sarfi birligi kishi/soat, kishi/kun, kishi/oy va kishi/yil demakdir. Demak, mehnat unumdorligining darajasi: o‘rtacha soatlik, o‘rtacha kunlik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha yillik va hokazo bo‘lishi mumkin.

Mehnat unumdorligini bir qancha mehnat sarfi birliklariga hisoblash mehnat unumdorligini o‘rganish jarayonini boyitadi va mehnat unumdorligining o‘zgarishiga ish vaqtidan foydalanish darajasi ta’sirini ko‘rsatib beradi

  •  

Mehnat unumdorligi statistikasining eng muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshirish rezerv va imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.

Mehnat unumdorligi statistikasining eng muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshirish rezerv va imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.

Mehnat unumdorligi rezervlari – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini yanada yaxshilashning u yoki bu omili hisobiga foydalanilmagan imkoniyatlarining yig‘indisidir.Ular butun iqtisodiyot yoki tarmoq va sohalardagi hamda korxona ichidagi rezervlardan iborat.

Mehnat unumdorligini oshirishdagi korxona yoki firma ichidagi rezervlarni o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish bozor iqtisodiyoti sharoitida juda muhimdir. Shuning uchun korxona ki firma iidagi rezervlarni quyidagilarga ajratamiz.

Mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi texnologiya va nau xaularni ishlab chiqarishga tadbiq qilish;

b) eskirgan texnika va asbob uskunalarni yangilash,ularni modernizatsiya qilish;

v) tovar va xizmatlarni xaridorlar talabiga mos holda ishlab chiqarish;

g) ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishni takomillashtirish.

Yuqorida qayd etilgan omillar jahon miqyosida yuz berayotgan moliyaviy iqtisodiy inqiroz sharoitida ,ularning ahamiyati yanada ortdi.

Mehnat unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi eng muhim ko‘rsatkich hisoblanadi, u to‘g‘ri va teskari ko‘rsatkichlar yordamida baholanadi. To‘g‘ri mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi – vaqt birligida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini ifodalaydi. Teskari mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi, mehnat talabchanligi – mahsulot birligiga sarf etilgan ish vaqti birligini ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichlar orasida teskari bog‘liqlik mavjud.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


Yüklə 216,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin